Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport bellashuvida talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, epchillik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. O‘yinlar davomida keskin va murosasiz bahslar kuzatilib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.

Musobaqa jarayonlari sport ruhi, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tomoshabinlar esa jamoalarning chiroyli o‘yinlari va yorqin chiqishlaridan zavq oldilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, ajdodlar merosini chuqur anglash hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy ifodalar namoyish etildi.

Ishtirokchilar Sohibqironning boy merosi bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
“Kiberjinoyatga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Kiberjinoyatga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, zamonaviy axborot makonida uchrayotgan kiberxavflar, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga phishing hujumlari, soxta havolalar, zararli dasturlar va moliyaviy firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kiberjinoyatlardan himoyalanishda hushyorlik, raqamli savodxonlik va shaxsiy axborotlarni himoya qilish madaniyatining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Talabalar turar joyida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, profilaktika inspektori B. Qodirov, Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori F. Xusanboyev, shuningdek bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar hamda Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida hushyorlikni oshirish, xavf-xatarlarning oldini olish hamda har bir fuqaroning o‘z xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglash muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3