Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.9K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Assalomu alaykum, aziz talabalar!

Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportni keng ommalashtirish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan muhim tashabbus — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” bugun tantanali ravishda o‘z startini oldi.


Mazkur nufuzli musobaqa doirasida voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, “Aprel–May – sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari orqali badminton, kurash, shaxmat, regbi-7, suv polosi, chim ustida xokkey kabi yo‘nalishlar ham keng qamrab olinmoqda.

Hurmatli talabalar!

Sport — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki insonning iroda kuchini mustahkamlovchi, intizom va qat’iyatni shakllantiruvchi, jamoada ishlash madaniyatini rivojlantiruvchi muhim hayot maktabidir. Ushbu musobaqalar sizlarga o‘z salohiyatingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz bilan sog‘lom raqobat muhitida bellashish va yuksak natijalarga erishish imkonini yaratadi.


Sizlarni ushbu sport tadbirlarida faol qatnashishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda Andijon davlat pedagogika instituti sha’nini munosib himoya qilishga chorlayman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, yuksak g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida yorqin g‘alabalar tilayman!

Hurmat bilan,
Andijon davlat pedagogika instituti rektori
Baxtiyor Rasulov

@BaxtiyorRasulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84👨‍💻1
Andijon xalqaro maydonga aylandi: ADPI talabalari ijodi e’tirof markazida

Bugun 6-aprel kuni Andijon viloyati xalqaro miqyosdagi muhim voqeaga mezbonlik qildi — hududga 45 ta xorijiy davlat elchilari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif nafaqat rasmiy uchrashuvlar, balki Andijonning iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini keng namoyish etish imkoniyatiga aylandi.

Tashrif doirasida mehmonlar Andijon shahridagi Registon maydoniga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Andijon davlat pedagogika institutining ijodkor talabalari tomonidan tayyorlangan san’at asarlari va ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ayniqsa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan, hozirda amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar yuqori baholandi. Ularning badiiy didi, zamonaviy yondashuvi va milliy ruhni aks ettira olgan asarlari xorijiy mehmonlar tomonidan ijobiy e’tirof etildi.

Mazkur tashrif Andijonning nafaqat iqtisodiy, balki ta’lim va madaniyat sohasidagi salohiyatini ham xalqaro maydonda namoyon etib, yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport bellashuvida talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, epchillik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. O‘yinlar davomida keskin va murosasiz bahslar kuzatilib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.

Musobaqa jarayonlari sport ruhi, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tomoshabinlar esa jamoalarning chiroyli o‘yinlari va yorqin chiqishlaridan zavq oldilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, ajdodlar merosini chuqur anglash hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy ifodalar namoyish etildi.

Ishtirokchilar Sohibqironning boy merosi bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1