Forwarded from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#AndijonPaulownia2026 #PavloniaFest
Фестиваль кўтаринки руҳда бўлиб ўтмоқда. Куй-қўшиқлар аҳолига янада хуш кайфият бағишламоқда.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

❤4👍3❤🔥2
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ga tantanali start berildi
Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida Olimpiya sport turlari bo‘yicha uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga rasman start berildi.
Bugun, 6-aprel kuni, Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Administratsiyasi vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sport federatsiyalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti ham faol ishtirok etdi. Xususan, institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ochilish marosimida markaziy studiya orqali onlayn formatda qatnashdi.
Mazkur olimpiada uch bosqichda tashkil etiladi. Jumladan, birinchi bosqich 6-apreldan 20-aprelga qadar oliy ta’lim muassasalari miqyosida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich 1–15-may kunlari hududiy bosqich sifatida tashkil etilib, unda oliy ta’lim muassasalari o‘zaro bellashadi. Yakuniy final bosqichi esa hududiy g‘oliblar ishtirokida 1–10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” nafaqat talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, balki yoshlarning irodasi, jamoaviylik fazilatlari va g‘alabaga intilish ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
Forwarded from Baxtiyor Rasulov | Rasmiy kanal
Assalomu alaykum, aziz talabalar!
Mazkur nufuzli musobaqa doirasida voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, “Aprel–May – sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari orqali badminton, kurash, shaxmat, regbi-7, suv polosi, chim ustida xokkey kabi yo‘nalishlar ham keng qamrab olinmoqda.
Hurmatli talabalar!
Sizlarni ushbu sport tadbirlarida faol qatnashishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda Andijon davlat pedagogika instituti sha’nini munosib himoya qilishga chorlayman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, yuksak g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida yorqin g‘alabalar tilayman!
Hurmat bilan,
Andijon davlat pedagogika instituti rektori
Baxtiyor Rasulov
✅ @BaxtiyorRasulov
Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportni keng ommalashtirish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan muhim tashabbus — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” bugun tantanali ravishda o‘z startini oldi.
Mazkur nufuzli musobaqa doirasida voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, “Aprel–May – sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari orqali badminton, kurash, shaxmat, regbi-7, suv polosi, chim ustida xokkey kabi yo‘nalishlar ham keng qamrab olinmoqda.
Hurmatli talabalar!
Sport — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki insonning iroda kuchini mustahkamlovchi, intizom va qat’iyatni shakllantiruvchi, jamoada ishlash madaniyatini rivojlantiruvchi muhim hayot maktabidir. Ushbu musobaqalar sizlarga o‘z salohiyatingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz bilan sog‘lom raqobat muhitida bellashish va yuksak natijalarga erishish imkonini yaratadi.
Sizlarni ushbu sport tadbirlarida faol qatnashishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda Andijon davlat pedagogika instituti sha’nini munosib himoya qilishga chorlayman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, yuksak g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida yorqin g‘alabalar tilayman!
Hurmat bilan,
Andijon davlat pedagogika instituti rektori
Baxtiyor Rasulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4👨💻1
Andijon xalqaro maydonga aylandi: ADPI talabalari ijodi e’tirof markazida
Bugun 6-aprel kuni Andijon viloyati xalqaro miqyosdagi muhim voqeaga mezbonlik qildi — hududga 45 ta xorijiy davlat elchilari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif nafaqat rasmiy uchrashuvlar, balki Andijonning iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini keng namoyish etish imkoniyatiga aylandi.
Tashrif doirasida mehmonlar Andijon shahridagi Registon maydoniga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Andijon davlat pedagogika institutining ijodkor talabalari tomonidan tayyorlangan san’at asarlari va ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ayniqsa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan, hozirda amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar yuqori baholandi. Ularning badiiy didi, zamonaviy yondashuvi va milliy ruhni aks ettira olgan asarlari xorijiy mehmonlar tomonidan ijobiy e’tirof etildi.
Mazkur tashrif Andijonning nafaqat iqtisodiy, balki ta’lim va madaniyat sohasidagi salohiyatini ham xalqaro maydonda namoyon etib, yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

❤5🔥3