Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.8K subscribers
44K photos
2.37K videos
188 files
14.7K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
#Chellenj #Navoiy #9fevral

🏛 So'z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda faol talabalaridan ruboiy chellenj

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Navoiy #9fevral

🏛 So'z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti faol talabalaridan chellenj

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🥰1
Forwarded from TKTIYF | Yoshlar kanali
#YoshlarIttifoqi #35Foizlik

🎓 Talaba yoshlarga kontrakt to’lovlarining 35 foizi to’lab beriladi!

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalar qabul qilinish boshlandi.


🙋 Arizalarni qabul qilish maqsadida boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga murojaat qilishingiz so‘raladi.
📲 Telegram: @Ximiyn

Bizning sahifalarimiz:
✈️ Telegram |📷Instagram |📒 Facebook | 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Andijon davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna chiqishlari namoyish etildi, shoir qalamiga mansub asarlardan parchalar o‘qildi. Shuningdek, uning g‘azal va ruboiylari badiiy ifoda bilan ijro etilib, g‘azallari asosida bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijodkor yoshlar tomonidan kuylanib, tomoshabinlarga yuksak ma’naviy zavq bag‘ishladi.

Mazkur tadbir Alisher Navoiy boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va mumtoz adabiyotga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🎉3🔥2🕊1
Andijon davlat pedagogika institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashishda huquqiy mas’uliyat, ma’naviy tarbiya va ogohlikning muhim jihatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Davra suhbati davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi. Tadbir yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32🎉2
Andijon davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” darslari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” darslari doirasida talabalarning maʼnaviy-axloqiy va fuqarolik ongini mustahkamlash, shuningdek yurtimizning buyuk siymolari merosini chuqur anglashga qaratilgan dars mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.

Bu haftada oʻtkazilgan dars mavzusi “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” deb belgilandi. Ma'ruza darslari davomida talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va faoliyati haqida ilmiy asosda keng maʼlumotlar berildi, ularning adabiyot, siyosat, maʼnaviyat va tarbiya sohalaridagi beqiyos hissalari tahlil qilindi.

Tadbirda Alisher Navoiy shoir sifatida insonparvarlik, adolat, vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surgani, Zahiriddin Muhammad Bobur esa davlatchilik, strategiya va tarixiy tafakkur sohasida izchillik bilan xizmat qilgani taʼkidlandi. Shuningdek, talabalarda boy maʼnaviy merosga hurmat tuygʻusini mustahkamlash hamda milliy oʻzlikni anglash masalalari muhokama qilindi.

Darslar yakunida talabalar ikki buyuk ajdodning ijodidan namunalar oʻqib, ularning shakllantirgan qadriyatlari va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdi. Ushbu tadbir yoshlar tarbiyasida tarixiy va maʼnaviy merosdan foydalanishning muhim omili sifatida baholandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2