Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.5K photos
1.17K videos
31 files
4.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

Madaniy boyliklarni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish bugungi kun dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ammo respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan ashyolarni saqlanishini ta'minlash bilan bog‘liq mexanizmlar ochiqligicha qolmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha boshlangan harakatlar aholi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bugun O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni talab etadimi? Umuman, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tayyormi?

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari Konstitutsiya darajasida himoya qilinishi kerak!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasini “Nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi” mazmunidagi norma bilan to‘ldirish taklif etiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari

Konstitutsiyaviy islohotlar huquqiy islohotlarning asosi bo‘lib, tamoyillar, normalar va institutlarning konstitutsiyaviy va huquqiy yangilanishini o‘z ichiga oladi.

Dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida qo‘llaniladigan turli xil konstitutsiyaviy modellardan qat'i nazar, konstitutsiyaviy yangilanishning ayrim tendensiyalari umumiy xususiyatga ega, boshqalari esa turli davlatlarning siyosiy va huquqiy tizimlarining rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Uzumchilik uchun subsidiya berishning yana bir turi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

“Snos”larda konpensatsiya to‘lovlari kafolati yuzaga keldi

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Ushbu sohada jismoniy va yuridik shaxslar mulk huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2022-yilning 29-iyun kuni “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun joriy yilning 1-oktabr kunidan kuchga kiradi.

Ushbu qonun bilan nimalar o‘zgaradi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari