Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.4K photos
1.71K videos
33 files
6.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Uchtepa tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Tizim xodimlari bilan muloqot davomida adliya organlarning qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari hamda adliya boʻlimlariga yuklangan qoʻshimcha vazifalar haqida soʻz yuritilib, bu borada masʼuliyatni yanada oshirish, mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiliklari” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Vazir oʻrinbosari davlat xizmatlari markazida ham boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan ham suhbatlashib, sohani takomillashish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari
Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Uchtepa tumanidagi "Bog‘iston" va "Bog‘obod" mahallasi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng  "mahalla yettiligi" tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni  bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI A.KARIMOV SHAYXONTOHUR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Shayxontohur tumani “Gulobod” mahallasida tashkil qilingan sayyor qabulda tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda A.Karimov dastlab "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order,  ishga joylashish, kommunal soha kabi masalalarda 34 ta murojaatlar kelib tushdi.

Shundan 26 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabul jarayonida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratilib, 20 nafarga yaqin  fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sardobada "Adliya kuni"


Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Gumbaz” qishlog‘i “Fayzliobod” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari