Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.24K videos
31 files
4.81K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri R. Davletov va BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisining ijrochi direktori J.Topping o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil
_______

#Сообщение_юстиции

Состоялась встреча министра юстиции Р. Давлетова с координатором Офиса МПТФ ООН Дж. Топпинг

👉
Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov va Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti I.Kassis o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

18-avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi va O‘zbekiston advokatlar palatasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati.

🕙 18-avgust, 15:00.

Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov e'lon qilinadi.

➡️ Tanlovga materiallar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etilishi mumkin:

▫️badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
▫️tasviriy san'at (portret, peyzaj va boshqa);
▫️media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

☑️ Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Materiallarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.

Tanlovga materiallar 10-sentabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

🎁 Tanlov g‘olibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Qanday holatlar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi?

— Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
▫️ so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
▫️ davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
▫️ loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
▫️ bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
▫️ bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
▫️ loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkilot tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
▫️ binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
▫️ bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
▫️ vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
▫️ obyektlarning taqiqda turganligi;
▫️ bino va inshootlarning ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmaganligi;
▫️ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Eslatma: Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Asos: Hukumatning 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Matbuot anjumani: 6 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Prezidentning 2022-yil 17-martdagi farmoni bilan Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi. Ixchamlashtirilgan tizim faoliyatini xalqqa yanada yaqinroq yetkazish, o‘tgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy tadqiqot
⚡️Yurtimizda deputat ayollar sonini oshirish taklif etilmoqda

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholisining 50 foizini ayollar tashkil etadi. Davlat idoralarida ishlaydiganlarning 10 foizigina rahbar ayollardir.

🔹 Shuningdek, 30 nafar vazirdan 1 nafari, 170 nafar tuman hokimlaridan 6 nafari ayol kishi ekanligi, bu o‘z navbatida, xotin-qizlarning jamoat hayotida va siyosatda kengroq ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlarni yanada jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda.

🔹 “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga ko‘ra Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka va xalq deputatlari mahalliy kengashlari aʼzoligiga nomzodlar umumiy sonining kamida 40 foizini tashkil etishi lozimligi belgilanmoqda. Batafsil...

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga ulaning👇

🌐 Website 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 YouTube
#Adliyadan_javob

Maxsus elektron tizim orqali advokatlik faoliyatini litsenziyalash uchun berilayotgan arizada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

— Arizada quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:
▫️ talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
▫️ jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
▫️ telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa);
▫️ doimiy yashash joyi;
▫️ talabgor amalga oshirmoqchi bo‘lgan ixtisoslik turi.

Eslatma: Talabgor o‘z elektron raqamli imzosidan foydalangan holda litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda ixtisoslik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi.

Asos: Hukumatning 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari