Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.8K photos
1.22K videos
31 files
4.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.

Konferensiyaning 2-kunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazrligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o‘rtasida qonunchilik muammolarini va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

@adliyangiliklari
#podkast

⚡️"Mehnat nizolarini hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat davom etmoqda.


🎙Suhbat spikerlari:

Rizayeva Guzalya Turgunbayevna - O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi qoshidagi sho'ba mudiri;

Rahimqulova Lola Ulug'murodovna - Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi, PhD.

Ovozli chatga ulanish 👉 @huquqiy_gap.

@adliyangiliklari
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo‘lib turibdi.

Markaz shifokorlari Davlat rahbariga sohaga qaratilayotgan e'tibor berayotgan samaralar, yaratilgan sharoitlardan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Prezident yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

@adliyangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida ijod bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg‘ulotlarini kuzatdi.

Kichkintoy Alan Prezidentga orzusini aytib berdi: “Tesla” zavodining boshlig‘i bo‘lishni xohlayman”.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholining muammolarini o‘rganib, vaqtida hal etish imkonini bermoqda. Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Andoqsoy” mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda odamlarni qiynab kelayotgan 70 dan ortiq muammolar adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari vakillari tomonidan tinglandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

⚡️Adliya vazirligidan xalq uchun foydali loyiha: tug‘ilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik bartaraf etiladi

Hozirgi vaqtda tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlar saqlanib qolmoqda.

❗️FHDY organlari xodimlarining fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishishi tug‘ilganlik, nikoh va nikohdan ajralganlikni qayd etishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Fuqarolar tibbiyot muassasalaridan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnomani olib, FHDY bo‘limlariga tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun kelmasliklari natijasida qayd qilinmagan tug‘ilishlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida,l Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

☑️ Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️ tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY bo‘limlarida qayd etish tartibi belgilanmoqda. Bunda tug‘ilganlik holati FHDY bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan QR-kodli ma'lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

▫️ nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun FHDY bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;

▫️ nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda;

▫️ nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning yashash joyidagi oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron tizim orqali xabar berish tartibi joriy etiladi;

▫️ FHDY organi rahbari lavozimiga adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlarni tayinlash mumkinligi belgilanmoqda;

▫️ fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga axborot tizimi orqali so‘rovnoma yuborish va xulosa olish tartibi joriy etilmoqda.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd qilishga, tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga hamda FHDY sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga xizmat qiladi.

📌Qaror loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/63232 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎧 Adliya vazirligidan xalq uchun foydali loyiha: tug‘ilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik bartaraf etiladi

Bu haqda batafsil 👉 audioda

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish sohasida grant takliflari uchun tanlov

Kim ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan milliy nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, agar ularning ustavida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar tanlovning predmetiga mos kelsa.

Arizalar 2022-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.

👉Batafsil
______________

👉На русском

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

13-iyun
▪️ Ilk marotaba “Intellektual mulk haftaligi”ga start berildi. Hafta davomida intellektual mulk muhofazasi va himoyasi bilan bog‘liq mavzular, yangiliklar va muammolar hamda ularning yechimi OAV vakillari bilan muhokama qilindi.

▪️ Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universitet qoshidagi akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

14-iyun
▪️ Adliya vazirligi hamda "O‘zsuvta'minot" AJ o‘zaro hamkorlikda ichimlik suvi bo‘yicha iste'molchilarning eski hisob raqamini kiritish orqali yangi hisob raqamini aniqlash uchun telegram ijtimoiy tarmog‘ida @uzsuvbot ishga tushirildi.

▪️ Xotin-qizlar maslahat guruhlarining salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar o'z ishini boshladi.

15-iyun
▪️ Yana 10 ta DXMda ID-karta olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha onlayn test tanlovi g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi Murodbek Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

16-iyun
▪️ Birinchi xalqaro farmatsevtika forumida intellektual mulk bo‘yicha taqdimot qilindi.

▪️ AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari T. Abdusattarov “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

17-iyun
▪️ “Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan tug‘ilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik bartaraf etishga qaratilgan loyiha ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

▪️ "Mehnat nizolarini hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari T.Abdusattarov boshchiligida Farg‘ona viloyatining chеkka hududida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Shahrixon tumanida 52 ming turar joydan 42 mingtasida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni yo‘qligi aniqlandi.

🔹Jalaquduqlik ayolning uch nafar farzandiga oradan 30 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.

🔹 TATU Samarqand filiali xodimi muntazam mualliflik huquqlarini buzib kelgani aniqlandi.

🔹 “Yosh huquqshunos” tanlovining Samarqand viloyat bosqichi yakunlandi.

🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Andoqsoy” mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda odamlarni qiynab kelayotgan 70 dan ortiq muammolar adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari vakillari tomonidan tinglandi.

🔹 Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

🔹 Farg‘onada yana bir DXM filiali ish boshladi.

🔹 Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov Sirdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹"Madad" NNT Guliston shahar huquqiy maslahat byurosi tomonidan “Sohil” va “Do‘stlik” MFY larida huquqiy targ‘ibot soatlari va sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryoda akademik litsey o‘qituvchisining imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berildi.

🔹 Sirdaryoda yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari hamda yuridik xizmat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnomalar topshirildi.

🔹 Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Do'stlik” mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi.

🔹 Qamashi tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnomasi shu yerning o‘zida egasiga topshirildi.

🔹Qashqadaryoda adliya aralashuvi bilan qabriston nazoratchisi yana ishiga tiklandi.

🔹Urganch shahar DXM da ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

🔹 Xonqa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 67 nafar fuqaroga jami 70 mln so’m oylik ish haqlari to’lab berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ko‘xna Kushon diyori” fermer xo‘jaligining buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot xodimlariga 263 mln so‘mga yaqin mablag‘ undirib berildi.

🔹 Namangan shahar DXMda bepul Wi-Fi zonasi tashkil etildi.

🔹 Uchquduqda o‘qituvchilarga 121 mln so‘mlik pul mablag‘lari undirildi.

🔹 Adliya aralashuvi bilan konimexlik 7 nаfаr fuqаroning ish staji tiklаndi.

@adliyangiliklari