Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.7K photos
1.21K videos
31 files
4.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi rahbariyati jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishda davom etadi

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda endilikda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi, degan mazmunda xabar tarqaldi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil
_____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 Adliya vazirligi shifokorlar va o‘qituvchilar huquqlari himoyasi uchun sudlarga 7 milliarddan ortiq da'vo kiritdi. Toshkent shahrida tashkil etilgan sayyor qabul davomida ham shifokorlarning murojaatlari o‘rganildi.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Madaniy boyliklarni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish bugungi kun dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ammo respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan ashyolarni saqlanishini ta'minlash bilan bog‘liq mexanizmlar ochiqligicha qolmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi faoliyat boshlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Markazning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatish, hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston delegatsiyasi ma'muriy adliya sohasida Fransiya tajribasini o‘rganmoqda

Avval xabar berganimizdek, Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ma'muriy adliya sohasida Fransiya tajribasini o‘rganish uchun mazkur davlatda bo‘lib turishmoqda.

Xizmat safarining navbatdagi ikki kuni davomida delegatsiya a'zolari Fransiya Davlat kengashi, Parij Ma'muriy tribunali va Davlat xizmati milliy institutida bo‘lishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 15-aprel kuni Toshkentda “Yangi Oʻzbekistonda ommaviy xizmatning islohoti: ong va huquqiy siyosatdagi oʻzgarishlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ish boshladi.

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi” nodavlat notijorat tashkiloti, Konrad Adenauer fondining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar vakillari, Germaniya, Qozogʻiston hamda Qirgʻizistondan kelgan ekspertlar ishtirok etmoqdi.

Toshkent va Samarqandda 19-aprelgacha davom etadigan ilmiy-amaliy anjumanda ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba, ilm-fan sohasidagi yangiliklar, huquqiy islohotlar, Oʻzbekistonda demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!

2022-yil 18-aprel kuni soat 15:00 da Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binosining tantanali ochilish marosimida aziz mehmonimiz bo‘lishga taklif etamiz!

🏢Zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan ushbu bino davlat xizmatlarini ko‘rsatishda avvalo xalqimizga, shu jumladan xorijiy mehmonlarga ham xush yoqishi bilan bir qatorda poytaxtimiz jozibasiga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi degan umiddamiz.

📍Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, “Yangi tarnov” MFY.

Mo‘ljal: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Akademik litseyi yonida.

@adliyangiliklari