#Adliya_xabari
Ma'muriy adliya sohasida Fransiya bilan hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda ma'muriy adliya sohasida Yevropa tajribasini o‘rganish uchun Fransiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Huquqiy islohotlar” dasturi doirasida tashkil etilmoqda.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya
Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa tumanlarida ta'lim sohasi xodimlari uchun huquqiy tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirlarda ta'lim tizimi xodimlariga mobil davlat xizmatlari koʻrsatilishi bilan bir qatorda huquqiy maslahatlar berilib, qiziqtirgan qonun hujjatlarning mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan 150 tadan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻrtasida davlat xizmatlarini olish madaniyatini, jumladan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga doir koʻnikmalarini shakllantirish borasida “Davlat xizmatlari hamma uchun” shiori ostida taqdimot ham oʻtkazildi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi
Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
➖2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
➖2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
➖2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
➖2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

❗️Barcha tibbiyot xodimlari diqqatiga!
▫️Huquqiy muammolaringiz bormi?
▫️Bepul huquqiy maslahat kerakmi?
Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkaziladi.
⏰ Sayyor qabul bugun, 14-aprel kuni Toshkent stomatologiya instituti (eski ToshMI) hududida soat 14:00 da boshlanadi.
Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:
▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
▫️Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi.
📢 Sayyor qabulga barcha tibbiyot xodimlarini chorlaymiz!
📍Manzil: Toshkent shahri, 103, Taraqqiyot ko‘chasi. Avtobus: 72, 103, 69. Metro: Mashinasozlar bekati

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Yuridik yordam ko'rsatish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
➖Yoqutxon Yusupova — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko'rsatishni tartibga solish boshqarmasi bosh maslahatchisi;
➖Islomjon Mirzayev — Toshkent shahridagi “Business Lawyers Group” advokatlik firmasi advokati.
⏰Ovozli chat 15-aprel kuni soat 17:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

#Adliya_tahlil
Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarning umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyati tahlil qilindi.
O‘rganish davomida davlat idoralarining statistik va boshqa ma'lumotlari va 2,1 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari tahlil qilindi. Tahlil natijasida sohaga oid bir qator muammolar aniqlandi.
👉Batafsil
___________
👉Читать на русском языке

⚡️Ayni damda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko‘p tarmoqli klinikasi hududida “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi davom etmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ko‘pchilikning e'tiborini tortayapti. Sababi, soat 14:00 ga yaqinlashishi bilanoq odamlar to‘plana boshlashdi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlari sayyor qabul shaklida o‘tkazilayotgan tadbirda faollik ko‘rsatishmoqda.
“Madad” NNT vakillari, FHDYo bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatilib boshlandi. Ko‘plab fuqarolar, xususan, tibbiyot xodimlari o‘z muammolari va savollari bilan ularga murojaat qilishmoqda.

⚡️Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligi yana birinchi o‘rinda
Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"ni aniqlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublikadagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati monitoring qilindi.
Davlat organlarining 2021-yildagi faoliyati yuzasidan "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligining ko‘rsatkichlari 89,22 ball bilan yuqori darajada baholanib, 24 ta vazirlik ichida birinchi o‘rinni egalladi.
Monitoringda jami 24 ta vazirlik, 13 ta davlat qo‘mitalasi va qo‘mitalar, 25 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari(hokimlik)ning 2021-yildagi faoliyati o‘rganildi.
🔎"Ochiqlik indeksi"ni aniqlashda tashkilot va idoralarning quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati baholandi:
▫️Tashkilot rahbarining faoliyati;
▫️Axborot xizmatining faoliyati;
▫️Rasmiy veb-sahifaning faoliyat yuritishi;
▫️Texnologiyalarni joriy etilishi;
▫️So‘rovlarni ko‘rib chiqish;
▫️Kollegial majlislarning ochiqligi.
"Ochiqlik indeksi"da vazirliklar ichida ikkinchi o‘rinni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (87,44 ball), uchinchi o‘rinni esa Innovatsion rivojlanish vazirligi (84,16 ball) band etgan.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yakunlariga ko‘ra ham Adliya vazirligi “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha e'lon qilingan reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Adliya vazirligi rahbariyati jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi