Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.5K photos
1.18K videos
31 files
4.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bu boradagi sa'y-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.

Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni ta'minlash va korrupsiyaga qarshi qat'iy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va to‘liq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.

Ikki yil avval O‘zbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a'zo bo‘lib saylandi.

O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi” – Prezident.
"Islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir"Prezident.

"Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.

Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘śishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021 yilda esa uning o‘sish sur'ati 7 foizdan oshgani – islohotlar yo‘lining to‘g‘ri tanlanganidan dalolat bo‘lib, bizni yangi amaliy marralarga da'vat qilmoqda.

Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etish", dedi davlatimiz rahbari.
#Adliya_munosabat

Shaxsga doir ma'lumotlarning OAV (shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar) orqali erkin foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tumanlar Xalq deputatlari Kengashlarining shaxsga doir ma'lumotlarni o‘zida aks ettirgan qarorlari ochiq foydalanishda bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.

Vazirlik tomonidan o‘rganish o‘tkazilishi natijasida haqiqatan ham bir qator tuman Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yopiq tusda qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar ochiq shaklda qabul qilinganligi ma'lum bo‘ldi. Mazkur holatdan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan E-qaror elektron tizimidagi barcha qarorlar hatlovdan o‘tkazilib, shaxsga doir ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan barcha qarorlar yopiq shaklga o‘tkazildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oliy sudda vebinar bo’lib o’tdi!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va sud tizimi xodimlari uchun “Sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizaning imkoniyatlari haqida” vebinar tashkil etildi.

Tadbir boshida Markaz direktori A.Xalilov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining faoliyati va unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari haqida ma’ruza qildi.

Bundan tashqari vebinarda tergovga qadar tekshirish, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari muhokama qilindi.

Jumladan:
🔹Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi;
🔹Odam DNKsi va sud biologik eskpertizasi;
🔹Sud iqtisodiy ekspertizasi;
🔹Sud avtotexnika ekspertizasi;
🔹Sud kompyuter texnikaviy ekspertizasi turlari bo’yicha malakali ekspertlar tomonidan sud tizimi xodimlariga batafsil ma’lumot berildi.

Vebinar yakunida sud tizimi xodimlari tomonidan ekspertiza tayinlashda yuzaga keladigan savollar yuzasidan munozara bo’lib o’tdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining bir qator masʼul xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida London Learning Training Centre (Turkiya) markazida funksional tahlil boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan murabbiylarni tayyorlash maqsadida oʻquv seminarda ishtirok etishmoqda.

Treningdan ko'zlangan asosiy maqsad funksional tahlil boʻyicha davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish va kelgusida boshqa xodimlarga oʻz bilimlarini ulashadigan mutaxassislar guruhini shakllantirishdan iborat.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Siyosiy partiyalar davlat roʻyxatidan qanday oʻtkaziladi?

So‘ngi yillarda Adliya vazirligiga nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan siyosiy partiyani davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Vazirlik tomonidan barcha murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya'ni xalq tilida “samosud” qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta'sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.

Quyida ayni shu mavzuga aloqador bir qator savollarga javob berib o‘tamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovining finalchilari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlov yuridik xizmatlarning tashkilotlardagi o‘rnini ko‘rsatish orqali respublikadagi boshqa tashkilotlarda professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari o‘rtasida tashkil etildi.

Tanlovda qatnashish uchun respublika darajasidagi 147 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridan hujjatlar kelib tushdi.

Tanlov komissiya tomonidan kelib tushgan hujjatlarni o‘rganishi natijasiga ko‘ra, quyidagi 7 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyati ijobiy baholanib, final bosqichiga yo‘llanma berildi:
▫️“O‘zsanoatqurilishbank” ATB;
▫️Davlat bojxona qo‘mitasi;
▫️“Qishloq qurilish bank” ATB;
▫️Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
▫️Davlat soliq qo‘mitasi;
▫️Transport vazirligi;
▫️“O‘zbekneftegaz”AJ.

Tanlovning final bosqichi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “OLMOS” konvension markazida joriy yilning 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunda final bosqichi ishtirokchilari bir yil davomida amalga oshirgan ishlari, xususan, erishgan yutuqlari haqida komissiya a'zolariga taqdimot qiladilar.

Tanlov orqali nafaqat yuridik xizmat xodimlari o‘rtasida raqobat muhiti shakllanadi, balki tanlov ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, do‘stona aloqalarni mustahkamlashiga zamin yaratiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida mavjud bo'sh (vakant) ish o'rinlariga tanlov e'lon qilindi.

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizomga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi veb-sayt orqali 2022-yilning 9-apreliga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

👉 https://vacancy.adliya.uz/vacancy/556#

Batafsil ma'lumot uchun: 55-501-11-58 (1005 ichki raqami)

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Zarilbek Oʻgʻli bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari