Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.7K photos
1.21K videos
31 files
4.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
⚡️"Kambag‘allikni qisqartirish — qarz, kredit va subsidiya masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

🎙Suhbat spikerlari:

🔹Nodir Komilov – O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;

🔹Komil Axmedov – O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
;

🔹Xusenov Ilxom – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

Ovozli chatga ulanish 👉@huquqiy_gap.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Adolat” MHAM va Bosh prokuraturaning Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2022-yil 11-mart kuni adliya vaziri oʻrinbosari А. Muhammadiyev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filial rahbariyat, professor-oʻqituvchilar va xodimlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv maqsad — Ixtisoslashtirilgan filial faoliyatini takomillashtirish masalalari va kelajakdagi rejalarni muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuv davomida filialda ta’lim sifati, kadrlar bilan ishlash va moddiy texnik ta’minot yaxshilash, ta'lim oluvchilarning psixologik tayyorligini yanada oshirish, yoshlar bilan ishlash, ayniqsa talabalarning amaliyot masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni zamonaviylashtirish, shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha muhoma bo‘lib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan mavjud muammolarga birma-bir to'xtalib yechimlari yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni ko'rish zarurligi ta’kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Uychi tumanida sayyor qabul o’tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligining taklifiga ko‘ra 290 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar aholi ixtiyorida qoldirilishi mumkin

Notarial harakatlar rasmiylashtirilganda undiriladigan davlat bojini optimallashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishida deputatlar tomonidan ma'qullandi.

Loyihada notariuslar tomonidan notarial harakatlar rasmiylashtirilganligi uchun undiriladigan davlat bojini shaffoflikni ta'minlash maqsadida:

▫️ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlash;
▫️mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash;
▫️mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlash;
▫️avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlash;
garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash;
▫️qarz shartnomalarini tasdiqlash;
▫️avtomototransport ishonchnomalarini va avtomototransportdan tekin foydalanish shartnomalarini hamda qarz shartnomasidan kelib chiqib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berishda undiriladigan davlat boji optimallashtirilmoqda. Ya'ni, ilgari differensial tarzda hisoblanadigan davlat boji qat'iy stavkalarda belgilanishi taklif etilmoqda.

Misol uchun: bugungi kunda 3 yillik “COBALT” avtomobilining oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlatish uchun davlat boji 1 mln 650 ming so‘m hisoblansa, 7 yillik transport bo‘yicha 1 mln 80 ming so‘m davlat boji undiriladi.

Vazirlik tomonidan ilgari surilgan takliflar amalga oshirilsa, barcha turdagi avtomobillarning oldi-sotdisida davlat boji 810 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida davlat boji summasi optimallashib, uni hisoblashda shaffoflikka erishiladi hamda xar yili 290 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar aholi ixtiyorida qoladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

7-mart
▪️ Adliya vazirligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

9-mart
▪️ Adliya vazirligi: Notarial harakatlar rasmiylashtirilganda undiriladigan davlat bojini optimallashtirish taklif etilmoqda.

▪️ Gender tengligi haftaligiga start berildi.

10-mart
▪️ AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi bo‘yicha yangi tartiblar haqida ma'lumot berildi.

▪️ Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ushbu mavzu bo‘yicha seminar tashkil etildi.

11-mart
▪️Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (JICA) bilan hamkorlikda "Raqamlashtirish davrida shartnomalar" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

▪️ "Kambag‘allikni qisqartirish — qarz, kredit va subsidiya masalalari" mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

▪️ “Adolat” MHAM va Bosh prokuraturaning Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari А. Muhammadiyev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filial rahbariyat, professor-oʻqituvchilar va xodimlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

12-mart
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Uychi tumanida sayyor qabul o’tkazdi.
______________

#Adliya_tahlil

▫️ Fuqarolarning mehnat huquqlari qay darajada ta'minlangan deb o‘ylaysiz?!
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Adliya vazirligining taklifiga ko‘ra 290 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar aholi ixtiyorida qoldirilishi mumkin.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_sayyor_qabul

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda respublika ishchi guruhi Namangan viloyatida bo'lib turibdi. Ular tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarida aholi muammolari o'rganilmoqda.

Navbatdagi qabul Yangiqo‘rg‘on tumanining Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo'ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi, Oliy sud vakillari hamda Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolar sayyor tartibda qabul qilindi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirish berilib, alohida o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar ish yurituviga olindi.

Mahallaning faol fuqarolari adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramovga kundalik hayotda uchrayotgan muammolar yuzasidan qonunchilikka ham takliflar berishdi.

@adliyangiliklari