Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.7K photos
1.21K videos
31 files
4.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi, metodikasi” mavzusida seminar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

Shaxsiy hayot daxlsizligini muhofaza qilish axborot va kommunikasiya texnologiyalari ildam taraqqiy etgan bugungi davrda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, yashirin tasvirga olishga imkon beradigan texnik vositalarning (mini va mikro kameralar, mini ovoz yozish moslamalari) ishlab chiqarilishi va ushbu tovarlar muomalasining cheklanmasligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

❗️Mazkur hujjat loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/oz/d/58016

Muhokama 19-martga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng miqyosli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan strategiyalar va islohotlarni huquqiy ta'minlash hamda ularning samaradorligi qonun ijodkorligi faoliyati sifatiga, shu jumladan, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bu esa qonun ijodkorlari mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularni har jabhada qo‘llab-quvvatlash va e'tibor qaratish muhimligini anglatadi.

Xorijiy davlatlarda ham qonun ijodkorligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish, imtiyoz va qulayliklar yaratishga alohida ahamiyat qaratiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Prezident qaroriga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganiga mana besh oy xam to‘ldi.

Xo‘sh, Yuridik xizmat markazlari shu qisqa muddatda nimalarga erishdi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

28-fevral
▪️ Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular faoliyatiga KPI tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim bilan yaqindan tanishtirish uchun Adliya vazirligi tashabbusi bilan markaz xodimlariga seminarlar tashkil etildi.

▪️ Adliya vazirligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan huquqiy fanlar tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha davra suhbati oʻtkazildi.

1-mart
▪️ Yuridik xizmat markazlari tomonidan 3,5 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari undirilishi yuzasidan daʼvolar qanoatlantirilgan.

2-mart
▪️ Adliya vazirligi va Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan davlat organlari hamda NNT vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonda ijtimoiy sheriklik sohasida: davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️ TDYU 985 million soʻmlik davlat grantini qoʻlga kiritdi.

▪️ Adliya vaziri tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov Shimoliy Reyn-Vestfaliya oʻlkasi Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili T. Xakala bilan uchrashdi.

▪️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasi muhokamasi yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Davlat xizmatlari markazining qurilish ishlari bilan tanishdi.

4-mart
▪️ "Fuqarolik-huquqiy nizolarni hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️ Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihonning g‘oliblari aniqlandi.

▪️ Vazirlikning Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi Karimova Lolaxon Karimovna 2022-yilning fevral oyi uchun “oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

▪️ Adliya vazirligida Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasini tizimlashtirish bo‘yicha qabul qilngan 3 ta qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

5-mart
▪️ Adliya vazirligida Davlat xizmatlari agentligi va “Ona” jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va birgalikdagi ijtimoiy loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.

▪️ “Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi, metodikasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

▪️ Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan yurist ayollar haqida hujjatli film tayyorlandi.
_________

#Adliya_tahlil

▫️ Shaxsiy hayot daxlsizligini muhofaza qilishning dolzarb jihatlari

▫️ Qonun ijodkorlari faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlari: xorijiy tajriba

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angor tumani “Bahor” MFYda joylashgan “Sayyid Baraka” jome’ masjidi 130-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 500 namozxonga mo‘ljallangan.

🔹Xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan razryadlariga mos ish haqlari Mirobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan hal etildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘maklashdi.

🔹 Yakkasaroy tumanida joylashgan “Bog’isaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida tumanda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv-seminari va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 Mirobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan xalq ta'limi bo‘limi xodimiga to‘lanmagan ustama va ish haqi undirib berildi.

🔹 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining sessiyasida adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorovning axboroti tinglandi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK hisobidan “Yangi Asr Yangiyer” MChJ foydasiga 60 mln so‘m undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Xovos tumanida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔹 Toshkent tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan onaga bola nafaqasi tayinlandi.

🔹 Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yordami bilan 27 yil sarson bo‘lgan fuqaro uy-joyga ega bo‘ldi.

🔹 Toshkent tuman adliya bo'limi yordami bilan ish haqi undirib berildi.

🔹 To‘raqo‘rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan 10 ta fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 107 mln so‘m undirilishi taʼminlandi. https://t.me/namanganadliya/8438

🔹 Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 14 nafar fuqaroga jami 97 mln so‘m ish haqi undirilishi taʼminlandi.

🔹Pop tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan poymol bo'lgan huquq tiklandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Qayroqi” va “Soybo‘yi” MFYlarda aholi muammolarini o‘rganib ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Mingbuloq tumanida ayollar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qator davlat organlari bilan hamkorlikda Zomin tumanining “Pishog'or” MFYda xotin-qizlar uchun sayyor qabul hamda tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🔹 Fuqaro 58 yoshda ishdan bo‘shatilgan, lekin unga muddatidan oldin pensiya tayinlanmagan. Masalaga Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashdi.

🔹Asaka tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 220 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilardan assosiz ravishda olingan pullar qaytarilishi ta’minlandi.

🔹Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan “Shoximardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholiga “Huquqiy axborot kuni” tadbirlari tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🔹 Konimex tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 27 nafar fuqaroning ish staji tiklandi.

🔹 Xatirchida “Chorvanasl” markazida ishlab ketganlar uchun 80 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

Adliya vazirligi tomonidan hududlar uchun milliy huquq ustuvorligi indeksi joriy etilgan.

Indeksda juda keng ma'lumotlar bazasi bilan ishlangan (85 ming statistik ma'lumot, 23,5 ming respondent ishtirokida anonim so‘rovlar), undagi barcha ma'lumot bayon qilish uchun bitta maqolaning o‘zi kamlik qiladi. Shuning uchun, Indeksdagi 32 ta indikatorning 1 tasi, ya'ni asosiy mehnat huquqlarining ta'minlanganligiga to‘xtalsak.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Adliya vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Jamoadagi ayollarga ehtirom ko‘rsatishdi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Adliya vazirligi rahbariyati vazirlik jamoasi nomidan yaqinlashib kelayotgan go‘zallik bayrami munosabati bilan jamoa xodimalarini qutlab, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik, barcha ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ayollarning jamiyatdagit o‘rni yuksalib borayotganini e'tirof etishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda aziz va mukarram bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

Hurmatli fuqarolar, davlat organiga murojaat qilish tartibidan xabardormisiz?

Siz murojaat qilganingizda qanday munosabatda bo‘lishgan?

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan onlayn so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Ushbu so‘rovnomani o‘tkazishdan maqsad davlat organlari va tashkilotlarining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, xususan, murojaatlar bilan ishlash tizimi qay darajara ekanligini baholashdan iborat.

Sizning ishtirokingiz kelgusida davlat organlari va tashkilotlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

👉So‘rovnomada ishtirok etish: https://bit.ly/3hsqicx

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Notarial harakatlar rasmiylashtirilganda undiriladigan davlat bojini optimallashtirish taklif etilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari