Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Bugun, 10-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini keng nishonlash, ularning boy adabiy merosinini targ‘ib qilish maqsadida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Adiblar xiyobonida madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy va Bobur haykallari poyiga gulchambar qo‘yildi. Ularning adolat, tenglik va insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan boy adabiy me‘rosi nafaqat o‘rta osiyo xalqlari tarixida, balki dunyo tamaddunida ham o‘chmas iz sifatida qolganligi e‘tirof etildi. G‘azalxonlik hamda mutafakkirlarning adabiy merosi doirasida sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan, "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, sudyalar va yuridik universitet professor o‘qituvchilaridan iborat Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Ananaviy va videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda respublikaning barcha hududlarda joylashgan reabilitatsiya markazlari xodimlari hamda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar va mahalla faollaridan iborat jami mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida "Ayollarga huquqiy madad" amaliy qo‘llanmalari reabilitatsiya markazlari kutubxona fondiga topshirildi.

Bu kabi targ‘ibot guruhlari respublikaning barcha hududlarida ham shakllantirilib, joylarda seminarlar olib borilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada jumladan, quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:

▪️debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborganlik;
▪️korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik;
▪️shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uchun ma'muriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Dentons” kompaniyasi rahbariyati vakillari Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

👉Batafsil
__________

#Сообщение_юстиции

В Министерстве юстиции состоялась встреча с представителями руководства компании «Dentons»

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan mutaxassis fikri beriladi. Mazkur huquq kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini sud va tergov organlarida himoya qilishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️"Aholi bandligini ta'minlashdagi huquqiy masalalar" mavzusida ovozli chat boshlandi!

🎙Suhbat spikerlari:

▪️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

▪️Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

▪️Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi
mutaxassislari.

Ovozli chatga ulanish 👉 @huquqiy_gap.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

O‘tgan 2021-yil davomida vazirlik tomonidan 95 000 dan ortiq topshiriqlar ijrosi natijalari ko‘rib chiqilib, 40 071 ta topshiriq ijrosi bajarilganligi sababli nazoratdan olinishi kelishildi hamda 39 398 ta topshiriq ijrosi to‘liq ta'minlanmaganligi sababli qayta ishlashga yuborildi.

Topshiriq va ko‘rsatmalar sonini maqbullashtirish hamda ijro natijadorligini ta'minlash maqsadida respublika bo‘yicha 100 dan ortiq doimiy nazoratdagi topshiriq va ko‘rsatmalar respublika – viloyat – tuman kesimida tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya fuqarolarni eshitadi

Adliya vaziri va vazir o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

O‘tgan 2021-yil davomida bevosta vazirlik rahbariyati tomonidan jami 1 817 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan. Shundan 626 nafari bevosita adliya vaziri tomonidan, 1 191 nafari vazir oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilingan.

Misol uchun, bugun bo‘lib o‘tgan adliya vaziri R. Davletovning fuqarolarni shaxsan qabuli 2 soat davom etdi va unda 20 ga yaqin fuqaro o'zlarini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan turli masalalarda ariza va shikoyatlar bilan murojaat qildi.

Vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni o'rganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun mas'ul tarkibiy bo'linma rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, vakolatli organlarga murojaat qilish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

@adliyangiliklari