Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda “Kooperatsiyalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilsh rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir 2022-yilning 14-yanvar kuni soat 13.30 da Toshkent shahridagi Courtyard by Marriot mehmonxonasi konferensiyalar zalida o‘z ishini boshlaydi.

Onlayn va offlayn shaklda o‘tkaziladigan mazkur tadbirda kooperatsiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslari, nazariya amliyotning dolzarb masalalari, milliy va bir qator xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi.

Unda qatnashish uchun “Zoom” onlayn platforma orqali quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi:
https://us06web.zoom.us/j/89881512818?pwd=SUluWGNkL1R3ZWp5TjIwdkZaMzhQdz09
Parol: LRP2022

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Siz va oila a'zolaringizni sharafli bayramingiz bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, oliyjanob va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilish davrida ish beruvchining majburiyatlari

@adliyangiliklari
Mustaqil O‘zbekiston Adliyasiga 30 yil

O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan tizim xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” estalik nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishoni adliya organlari va muassasalarida samarali faoliyat yuritayotgan, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasini rivojlantirishda yuqori natijalarga erishgan hamda Adliya vazirligi tizimida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlarga topshirildi.

Shuningdek, ushbu esdalik nishon:
▫️adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritgan faxriylarga;
▫️adliya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillariga;
▫️adliya organlari va muassasalarining ish faoliyatini tizimli yoritib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga;
▫️vazirlik ochiqlik siyosatini targ‘ib qilishga, jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlarning adliya organlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga ham topshirildi.

Ushbu esdalik nishon o‘z sohiblariga kelgusidagi vazifalarni bajarishda, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondashishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
_________

30 лет юстиции независимого Узбекистана

По случаю 30-летия образования Министерства юстиции Республики Узбекистан работникам системы вручены памятные знаки “Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигига 30 йил” («30 лет Министерству юстиции Республики Узбекистан»).

Памятным знаком награждены сотрудники, эффективно работающие в органах и учреждениях юстиции, добившиеся высоких результатов в развитии законотворчества и правоприменения, имеющие не менее пяти лет стажа работы в Министерстве юстиции.

Также эти памятные знаки вручены:
▫️ветеранам органов и учреждений юстиции;
▫️представителям государственных органов и организаций, а также органов государственной власти на местах, которые вносят существенный вклад в повышение эффективности системы юстиции и развитие сферы;
▫️представителям средств массовой информации, систематически освещающим деятельность органов и учреждений юстиции;
▫️гражданам Республики Узбекистан и иностранным гражданам за вклад в продвижение политики открытости министерства, развитие связей с общественностью, налаживание взаимодействия с органами юстиции зарубежных стран.

Этот памятный знак послужит дополнительным стимулом для обладателей, дальнейшего повышения потенциала и эффективности деятельности, преданности и самоотверженности професси.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Kooperatsiya – jamiyat va biznes taraqqiyoti omili

👉Batafsil
_____________

#Сообщение_юстиции

Кооперация — путь к развитию общества и бизнеса

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Islomovich Muxammadiyev Prezident Farmoniga muvofiq, Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

U. Muhammadiyev 1977-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universitetini, 2003-yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos, xalqaro munosabatlar.

U o‘z mehnat faoliyatini 1999-yilda O‘zbekiston milliy universitetining O‘quv bo‘limi nazorati inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlab, turli yillarda Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Prezident Administratsiyasida mas'ul rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

Adliya vazirligi jamoasi Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyevni ushbu mas'uliyatli ishonch bilan chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Adliya vazirliklari tartibga solish ta'sirini baholash sohasida tajriba almashdi

👉Batafsil
_____________

#Сообщение_юстиции

Министерства юстиции Узбекистана и Великобритании обменялись опытом в сфере оценки регуляторного воздействия

👉Подробнее

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya madhiyasi yaratildi.

Unda Adliya vazirligi, uning tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarning missiyasi ko‘ylangan.

Madhiya so‘zlaridan👇🏻

...Uzilmaymiz yerdan, oddiy odamlardan.
Xalqim, rozi bo‘lsang yetar, bizga shu – baxt

...“Inson qadri ulug‘!”, degan zo‘r hikmat bor,
Kimki buni anglamasa, xiyonatdir...

...Adolat deb birlashgan el mangu yashar.
Millatimining buyuk baxti bo‘l, Adolat!

She’r muallifi: Qo’chqor NORQOBIL
Bastakor: Shuhrat ZOKIROV

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

⚡️Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan xorijiy hamkorlarimizdan video tabriklar kelib tushishi davom etmoqda

📹 Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri Konstantin Chuychenko O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
____________

⚡️Продолжают поступать видеопоздравления от наших зарубежных партнеров по случаю 30-летия Министерства юстиции Узбекистана.

📹 Министр юстиции Российской Федерации Константин Чуйченко направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

Video tabriklar kelib tushishi davom etmoqda.

📹 Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
__________

Продолжают поступать видеопоздравления.

📹 Глава представительства Всемирного банка в Узбекистане Марко Мантованелли направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_shonli_30_yil

Video tabriklar kelib tushishi davom etmoqda.

📹 AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan video tabrik yo‘lladi.
____________

Продолжают поступать видеопоздравления от наших зарубежных партнеров по случаю 30-летия Министерства юстиции Узбекистана.

📹 Посол США в Узбекистане Дэниел Розенблюм направил видеопоздравление в связи с 30-летием Министерства юстиции Республики Узбекистан.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti (10—15-yanvar kunlari)

11-yanvar
▪️ “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Huquqiy axborot tarqatish zamonaviy bosqichda” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

13-yanvar
▪️ "Yuridik sohada muvaffaqiyat sirlari" mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, y.f.d., professor, xalqaro arbitr va mediator Islambek Rustambekov bilan ovozli chat tashkil etildi.

14-yanvar
▪️ Adliya tizimi xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” estalik nishoni bilan taqdirlandi.

▪️ “Kooperatsiyalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

▪️ “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihlarini tartibga solish ta'sirini baholash: Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
______________

#Adliya_shonli_30_yil

🎼 Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya madhiyasi yaratildi.

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan xorijiy hamkorlarimizdan video tabriklar kelib tushishi davom etmoqda. Shu jumladan Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan
▫️ Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov,
▫️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi direktori Yorg Pudelka,
▫️ YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,
▫️ Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko,
▫️ Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli,
▫️ AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum qutladi.
________________

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qaroriga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

@adliyangiliklari
Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan fermerlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Toshloq tuman adliya bo‘limi fuqaroning 25 yillik muammosini hal etdi.

🔹 Dildora Xayitova: Xatirchi tuman adliya boʼlimi xodimlari uyimni ham hal etib berishgan, ishga ham joylashdim.

🔹 Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Karlar jamiyatining Namangan viloyati boʻlimi hisob roʻyxatidan davlat roʻyxatiga olindi.

🔹 “Gender tengligining аsoslаri vа tа'limdа gender yondаshuvini qoʼllаsh” mavzusida Toshkent viloyati yuridik texnikum oʼqituvchilari uchun seminar tashkil etildi.

🔹 Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari tashkil etildi.

🔹 Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va O‘zNNTMA hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining yillik hisobotini topshirish tartibi va muddatlar" mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

🔹 Shahrixon tuman adliya bo‘limi fuqaroni muammosi hal etib, ishga tiklanishiga ko’maklashdi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat yuridik texnikum o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Eslatma

❗️Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot Telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

@pravoinf (rus tilida)
@leginf (ingliz tilida)
@huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)

Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda


Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ma'lum qildi.

🔎 "Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 14-yanvarga qadar 43 mingdan ortiq ko‘rilgan, 525 ta taklif bildirilgan.

✔️Hozirda mazkur takliflar asosida Farmon loyihasini yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

📍Jumladan, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_fermerga_madad

Adliya vazirligi fermerlar va hokimlkilar o‘rtasidagi yerlarning uzoq muddatli ijara shartnomalarini to‘liq tuzishni oxiriga yetkazish choralarini ko‘radi!

Fermerning yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan asosiy hujjat – yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi natijalari qariyb 10% fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzilmaganligini ko‘rsatdi.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo‘jaliklari hamda tuman hokimlari o‘rtasida yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to‘liq tuzilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Agarda siz tuman hokimi bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzmagan bo‘lsangiz, mazkur masalada hududiy adliya organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

@adliyangiliklari