#Adliya_xabari
Ayni paytda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida mavjud bo`sh ish o`rinlariga ishga qabul qilish bo`yicha o`tkazilayotgan tanlovning 2-bosqichi bo`lib o`tmoqda.
👉Quyidagi manzil orqali tanlov jarayonlarini on-line kuzatib borishingiz mumkin!
@adliyangiliklari

YouTube
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi bo'sh ish o'rinlariga tanlov jarayoni 10-12-2021
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi: insonlar ularni qonunlar asosida boshqarishlarini istaydilar
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Muhokamada adliya vaziri R. Davletov so‘zga chiqib, qonun loyihasi bo‘yicha kiritilayotgan muhim o‘zgartirishlar haqida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bo‘ladi.
👉Batafsil

#Test_sinovi
Madhiya haqida 10 savol
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.
10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.
👉Test savollarini ishlash uchun: http://t.me/QuizBot?start=o1gzFxbq

#Adliya_loyiha
Adliya vazirligi: yangi qonun loyihasi avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlarni yengillashtiradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Muhokamada adliya vaziri R. Davletov so‘zga chiqib, qonun loyihasi bo‘yicha kiritilayotgan muhim o‘zgartirishlar haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkinligi belgilab berilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlarni yengillashtiradi va ijara bozorini rivojlantiradi.
Shuningdek, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinadi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

#Tayinlov
Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-dekabrdagi 746-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi
Akbar Tashkulov 1971-yilda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi) tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. A. Tashkulov 2005—2013-yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013—2017-yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi Farmoniga asosan A. Tashkulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
2017-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Akbar Djurabayevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

#Adliya_munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1-oktabridan respublikaning barcha tuman va shaharlarida tashkil etiladigan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatiga oid turli xil fikrlarga Adliya vazirligi o‘z munosabatini bildirgan edi.
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligiga ham mana 2 oydan ortiq vaqt o‘tdi.
Xo‘sh yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari hozirgi kunga qadar nimalarni amalga oshirdi?
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari faoliyati yuzasidan ma'lumotlarga e'tibor bersak.
Respublikadagi jami markazlarga kelib tushgan hujjatlar soni qisqa 2 oydan ortiq vaqt ichida 138 265 tani tashkil qilmoqda.
Shundan:
▫️ huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib ijobiy xulosa berilgan hujjatlar soni 101 045 ta;
▫️shartnomaviy munosabatlarga oid hujjatlar soni 32 597 ta;
▫️sudgacha hal etish yuzasidan kiritilgan talabnomalar soni 74 ta;
▫️ tashkilot manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da'vo arizalari soni 61 tani tashkil qiladi.
Markazlarda faoliyat yuritayotgan xodimlari tomonidan 835 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan, 187 ta o‘rganishlar va 412 ta monitoringlar o‘tkazilgan, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 147 ta xabarnomalar berilgan.
Shuningdek, markazlar xodimlari tomonidan 100 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 1 000 dan ortiq takliflar kiritilgan.
Ma'lumot uchun: markazlar respublikaning barcha hududlarida joriy etilishidan avval 3 ta hududda: Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida 1 yil davomida eksperiment tariqasida ishga tushirilgan. Eksperimentning ijobiy natijalaridan kelib chiqib, markazlar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida aniq qaysi markazligini ko‘rsatmayotgan holda fikr qoldirayotgan fuqarolarimizga Adliya vazirligi istalgan vaqtda ular bilan uchrashib har qanday murojaatlarni ko‘rib chiqishga hamda ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qiladi.

⚡️Adliya vazirligining Facebookdagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi
Vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga o‘xshash sahifalar paydo bo‘lganligi, ular orqali aholini chalg‘ituvchi axborotlar tarqatilayotganligi tufayli maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisi olindi.
❗️Endilikda, sahifa nomidagi maxsus belgi orqali uni oson ajratib olish mumkin.
______
#Сообщение_юстиции
⚡️Страница Министерства юстиции в Facebook получила официальный статус
Специальная отметка Verified («Верифицировано») получена в связи с появлением страниц, похожих на страницу министерства в Facebook, через которые распространяется информация, вводящая общественность в заблуждение.
❗️Теперь официальную страницу министерства легко отличить по специальному значку (синей галочке) в названии страницы.

Аdliya vazirligi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish bilan bogʼliq muammolar tahlil qilinib, ularning oldini olish boʼyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
👉Batafsil
_______
#Сообщение_юстиции
Министерство юстиции, проанализировав проблемы, связанные с защитой женщин от притеснения и насилия, в целях их предотвращения разработало предложения по совершенствованию законодательства.
👉Подробнее

Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari Adliya vazirligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
👉Batafsil
________
#Сообщение_юстиции
Руководители отделов управления юстиции Наманганской области, районных (городских) отделов юстиции и центров по оказанию юридических услуг ознакомились с деятельностью Министерства юстиции.

#meninghuquqim
#bolahuquqiuchun
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida Guliston shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun «Mening huquqim» kuni tashkil etildi.
«Bolalar shaharchasi» tarbiyalanuvchilari dastlab boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdi, tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini kuzatdi.

Uza.uz
Адлия бошқармасида
Сирдарё вилояти Адлия бошқармасида Гулистон шаҳридаги Болалар шаҳарчаси тарбияланувчилари учун «Менинг ҳуқуқим» куни та
Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.
Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

#Adliya_hudud #Adliya_munosabat
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “ХАЛҚ МИНБАРИ/XALQ MINBARI guruhida “MASJID O‘GʻRISI”... yoxud o‘z mansabini suiste’mol qilayotgan “vallamatlar” nomli maqola bo‘yicha munosabat
Maqolada keltirilgan holatlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Telegraph
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “ХАЛҚ МИНБАРИ/XALQ MINBARI guruhida “MASJID O‘GʻRISI”... yoxud o‘z mansabini suiste’mol qilayotgan…
Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida…
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi vakillari O‘zbekiston hamda BAA o’rtasida amalga oshirilayotgan «Yosh liderlar dasturi» da ishtirok etishdi