Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Samarqand shahar Qorasuv maskanida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.


Dastlab, 80-maktabda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Maqsud Qurbonov boshchiligida shahardagi adliya organlari, hamkor tashkilotlar tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda aholi tomonidan 12 ta murojaat kelib tushdi. 8 ta fuqaroga masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Davlat xizmatlari, notarial xizmatlar sayyor tartibda koʻrsatildi.

Shu kuni fuqarolarga huquqiy koʻmak koʻrsatish maqsadida uyma-uy yurilib, aholi muammolari oʻrganildi. Xususan, ushbu maskanda yashovchi fuqaro Robiya Umarova turmush oʻrtogʻi ipoteka krediti asosida xonadon xarid qilgani, ammo kutilmaganda vafot etgach, kreditni oʻz nomiga rasmiylashtirish, kadastr hujjatlari bilan bogʻliq masalalarda muammoga duch kelayotganini taʼkidladi.

M.Qurbonov fuqaroning masalasini oʻrganib, shu yerning oʻzida jarayonga notariusni jalb qildi. Oʻz navbatida fuqaroga notarius Afzal Bekmuhammedov tomonidan bir qator notarial harakatlar — kvartirani oʻz nomiga rasmiylashtirish, qoʻshimcha texnik xizmatlar bepul koʻrsatiladigan boʻldi.

Bundan tashqari, uning uy krediti bilan bogʻliq asosiy murojaati ham tegishli tartibda oʻrganilmoqda. Bundan tashqari, fuqaro Sayyora Poʻlatovaning xonadoniga kirilganda uy sohibasi oʻzi yashab turgan xonadonga propiska qila olmayotgani, buni oqibatida farzandini maktabga berishda ayrim muammolar yuzaga chiqayotganini maʼlum qildi. Mazkur masala ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda koʻrib chiqilib, amaliy yordam beriladigan boʻldi. “Adliya kuni” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Xovos tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Vazir oʻrinbosari dastlab, aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifati bilan tanishib, xodimlarning kasb etikasi, fuqarolar bilan muomala madaniyati yuzasidan fikr almashdi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyati koʻzdan kechirildi.

Shundan soʻng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, adliya organlari yangicha tizim asosida ishlashga oʻtgani, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatishda masʼuliyatni yanada oshirish zarurligi taʼkidlanib, yangi farmon ijrosini sifatli tashkil qilish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyat davlat arxivi hamda Guliston shahar FHDY bo‘limida bo‘ldi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivida bo‘lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Guliston shahar FHDY organi faoliyati bilan yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Davlat tashkilotlarida mehnat qonunchiligi va xodimlar huquqlari

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi masʼullari va TDYU oʻqituvchilari javob beradi.
❗️ Jonli efir vaqtida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://youtu.be/_NQ_UBpl1Q0

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni ma’qulladi

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, maʼqullandi.

Ushbu qonun bilan ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari xorijiy ekspertlarning fikrlari va zamonaviy ma’muriy huquq yutuqlarini hisobga olgan holda to‘liq va aniq bayon etilishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilib, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, ma’muriy ixtiyoriylik va boshqa shu kabi tushunchalarga yanada aniq ta’riflar berilgan.

Ahamiyatlisi, ma’muriy tartib-taomillarning asosiy institutlari, xususan, tegishli tarzda xabardor qilish, manfaatdor shaxslarni tinglash, ma’muriy hujjat, ma’muriy shikoyat qilish va ma'muriy hujjatni ijro qilish kabilar takomillashtiriladi.

Qolaversa, qonunga muvofiq ommaviy xarakterdagi ma’muriy ishlarda zarur bo‘lgan “birgalikdagi vakillik” instituti, ma’muriy ishda shaffoflik va qarorlarni aniqligini ta’minlovchi “protsessual hujjatlar” instituti, manfaatdor shaxslarga ma’muriy ishda o‘zlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beruvchi “dastlabki ma’muriy hujjat” instituti, ma’muriy-huquqiy faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlovchi “ma’muriy ishlar reyestri” institutlari joriy etiladi.

Qayd etish kerakki, mazkur qonun kelgusida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishga, ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Dangʻarada “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya boʻlimi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axboroti tinglandi. Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari