Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navoiyda huquqiy masalalar manzilli oʻrganilmoqda


Adliya vazirligi masʼullari Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Bu yerda fuqarolarning huquqiy masalalari, aholiga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmat sifati manzilli oʻrganilmoqda. Shu maqsadda Xatirchi va Nurota tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoiti, huquqiy muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Nurota tumani oʻzining turizm salohiyati, Nurota kashtalari bilan tanilgan boʻlsa, Xatirchi tumani uzumlari bilan elda mashhur. Nurota tumanida bugungi kunda 89 500 nafar aholi 31 ta mahalla mavjud, Xatirchi tumanida esa fuqarolar soni 200 mingdan ortiq, mahallalar 70 taga yetadi.

Har ikkala hududda ham aholining daromadi asosan chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan. Bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy taʼmiri, aliment undiruvi umumiy masalalar sirasiga kiradi.

Fuqarolar bilan muloqot jarayonida bola puli olish, aliment undiruvi, mehnat munosabatlari, nafaqa tayinlash, notarial harakatlarga oid masalalarda birlamchi yuridik yordam koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mirishkorda “Adliya kuni”

Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan Mirishkor tumanida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Zamon Teks” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi


Xovos tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu korxona tomonidan 2021-yilda qiymati 3,8 mln dollar boʻlgan, 1 kunda 150 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxtani qayta ishlash zavodi ishga tushirilib, 160 tadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini, yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi toʻliq qayta ishlanishi natijasida toʻqimachilik mahsulotlarini dunyo bozorida sotishga keng yoʻl ochilgani va bu eksport hajmi oshishida muhim omil ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli koʻrsatish masalalari tahlil qilindi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Xovos va Yangiyer shahridagi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli tashkilotlarning masʼul xodimlari bilan uchrashdi.

Qayd etilganidek, 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida Sirdaryo viloyatida 189 744 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, shundan 13 817 ta ariza boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish rad etilgan. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-yanvardan 28-iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 6 772 ta qonun buzilish holati aniqlangan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 86 ta taqdimnoma 4 ta ogohnoma kiritilgan hamda 137 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy hamda 137 nafariga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat koʻrsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab boʻlayotganligi taʼkidlandi. Uchrashuvda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabablari boʻyicha masʼullarning izohi eshitilib, shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand shahar Qorasuv maskanida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.


Dastlab, 80-maktabda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Maqsud Qurbonov boshchiligida shahardagi adliya organlari, hamkor tashkilotlar tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda aholi tomonidan 12 ta murojaat kelib tushdi. 8 ta fuqaroga masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Davlat xizmatlari, notarial xizmatlar sayyor tartibda koʻrsatildi.

Shu kuni fuqarolarga huquqiy koʻmak koʻrsatish maqsadida uyma-uy yurilib, aholi muammolari oʻrganildi. Xususan, ushbu maskanda yashovchi fuqaro Robiya Umarova turmush oʻrtogʻi ipoteka krediti asosida xonadon xarid qilgani, ammo kutilmaganda vafot etgach, kreditni oʻz nomiga rasmiylashtirish, kadastr hujjatlari bilan bogʻliq masalalarda muammoga duch kelayotganini taʼkidladi.

M.Qurbonov fuqaroning masalasini oʻrganib, shu yerning oʻzida jarayonga notariusni jalb qildi. Oʻz navbatida fuqaroga notarius Afzal Bekmuhammedov tomonidan bir qator notarial harakatlar — kvartirani oʻz nomiga rasmiylashtirish, qoʻshimcha texnik xizmatlar bepul koʻrsatiladigan boʻldi.

Bundan tashqari, uning uy krediti bilan bogʻliq asosiy murojaati ham tegishli tartibda oʻrganilmoqda. Bundan tashqari, fuqaro Sayyora Poʻlatovaning xonadoniga kirilganda uy sohibasi oʻzi yashab turgan xonadonga propiska qila olmayotgani, buni oqibatida farzandini maktabga berishda ayrim muammolar yuzaga chiqayotganini maʼlum qildi. Mazkur masala ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda koʻrib chiqilib, amaliy yordam beriladigan boʻldi. “Adliya kuni” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari