Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bulungʻur tumani “Oqtepa” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattorov va Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi N.Parpixo‘jayev tomonidan “Oqtepa”, “Qoʻngʻirot”, “Zarafshon” va “Gulobod” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 20 ga yaqin huquqiy muammolari qabul qilindi, 10 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, advokat tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqiy muammosi mavjud boʻlgan fuqarolarga uyma-uy yurish orqali huquqiy yordam berish choralari koʻrildi.

Jumladan, “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro Shavkat Islomov tushunmovchilik sabab bitta xonadoniga ikkita kadastr hujjati rasmiylashtirilganligini aniqlangani, ushbu masalani qonuniy hal qilib berishni soʻradi. Bu masala tuman adliya boʻlimiga koʻrib chiqish uchun biriktirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 “Adliya kuni” doirasida Uychi tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Vazir oʻrinbosari dastlab mahalla binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xovos tumanidagi “Xovosobod” mahallasiga bordi.

Qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh ushbu hudud tuman markazidan 10 km uzoqda joylashgan. Mahalla binosiga oʻrnatilgan infokiosk davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

X.Meliyev ushbu qurilmadan foydalanishning afzalliklari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar, faoliyatda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi. Muloqotda aholining huquqiy muammolarini aniqlash, mahallalarda “Adliya kuni”, “Huquqiy targʻibot kuni” tadbirlarini tashkil etish orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda huquqiy masalalar manzilli oʻrganilmoqda


Adliya vazirligi masʼullari Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Bu yerda fuqarolarning huquqiy masalalari, aholiga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmat sifati manzilli oʻrganilmoqda. Shu maqsadda Xatirchi va Nurota tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoiti, huquqiy muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Nurota tumani oʻzining turizm salohiyati, Nurota kashtalari bilan tanilgan boʻlsa, Xatirchi tumani uzumlari bilan elda mashhur. Nurota tumanida bugungi kunda 89 500 nafar aholi 31 ta mahalla mavjud, Xatirchi tumanida esa fuqarolar soni 200 mingdan ortiq, mahallalar 70 taga yetadi.

Har ikkala hududda ham aholining daromadi asosan chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan. Bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy taʼmiri, aliment undiruvi umumiy masalalar sirasiga kiradi.

Fuqarolar bilan muloqot jarayonida bola puli olish, aliment undiruvi, mehnat munosabatlari, nafaqa tayinlash, notarial harakatlarga oid masalalarda birlamchi yuridik yordam koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mirishkorda “Adliya kuni”

Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan Mirishkor tumanida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Zamon Teks” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi


Xovos tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu korxona tomonidan 2021-yilda qiymati 3,8 mln dollar boʻlgan, 1 kunda 150 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxtani qayta ishlash zavodi ishga tushirilib, 160 tadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini, yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi toʻliq qayta ishlanishi natijasida toʻqimachilik mahsulotlarini dunyo bozorida sotishga keng yoʻl ochilgani va bu eksport hajmi oshishida muhim omil ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari