#Adliya_hudud
Adliya boshqarmasi koʻmagi bilan olis hududlar roʻyxatiga kiritilgan “Xosilot” MFY da “Adliya kuni” oʻtkazildi
Fargʻona tumani adliya boʻlimi tomonidan “Xosilot” mahalla fuqarolari yigʻinida hamkor tashkilotlar ishtirokida amaliy tadbirlar uyushtirildi. Unda 30 dan ortiq aholi ishtirok etdi.
2024-yil 24-may kuni qabul qilingan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni adliya organlari faoliyatida tub islohotlarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.
Sayyor qabul hamda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish mobaynida aholining huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim oʻrganish talab etiladigan murojaatlar adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Hududiy adliya organlarining aholi orasida olib boradigan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish ishlariga amaliy va uslubiy koʻmak koʻrsatish maqsadida vazirlik xodimlari masʼul sifatida biriktirilgan.
Adliya vazirligi nodavlat-notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshligʻi X.Sobirov tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va kamchiliklarni bartaraf etish, targʻibot tadbirlarini qay yoʻsinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Doʻstlik tumani “Manas” MFY da boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashilib, tadbirlarni hamkorlikda oʻtkazish yuzasidan kelishib olindi. Uzoq hudud hisoblangan mazkur qishloq aholisiga xizmat koʻrsatayotgan infokiosk faoliyati va tashkil etilgan “Adliya burchagi” koʻzdan kechirildi.
Shu bilan birga boshqarma boshligʻi X.Sobirov tuman adliya boʻlimi xodimlari, “Madad” NNT vakili bilan uchrashib, farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashdi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.
Bu kabi uchrashuvlar barcha tumanlarda tashkil etilib, hamkor tashkilotlar va tizim xodimlari bilan birgalikda manzilli targʻibotlarni amalga oshirish borasida eng samarali mexanizmlar boʻyicha rejalar tuzib olinadi.

#Adliya_davlat_xizmatlari
📣 Siz kutgan yangilik!
Adliyadan qulaylik: Endi yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin
Endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tegishli tashkilotlarga sarson boʻlib borib yurmaysiz.
📱 my.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay boʻldi!
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.
Tayyor guvohnomani, istasangiz, oʻzingizga eng yaqin davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!
My.gov.uz orqali tez, qulay va zamonaviy boʻlgan ushbu imkoniyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang! Arizani istalgan vaqtda bir nechta tugmalarni bosish orqali oson toʻldiring.
Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.
Adliya vazirligi fuqarolarga qulaylik yaratishda va davlat xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishda davom etadi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Genetika: DNK, abort, qarindoshlar nikohi haqiqatlari
Bu koʻrsatuvni hamma koʻrishi kerak!Adliya vazirligi bilan hamkorlikdagi SUBYEKTIVning bu galgi soni ko‘pchilikning xayolidan o‘tadigan turli savollarning javoblariga bag‘ishlanadi.
O‘zbeklar nega har xil irq va qiyofaga ega? Ularning DNKlaridan olingan deyarli 40 mingyillik genetik tarix bu savolga javob beradi.
Barcha insonlar aslida genetik jihatdan qarindosh ekanligi, abort va befarzandlik, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh haqiqatlari ko‘rsatuvdagi alohida-alohida katta mavzular.
Bundan tashqari, Amir Temur va Boburiylarning bugungi davrda yashayotgan Hindistondagi avlodlaridan qo’lga kiritgan tarixiy ma’lumotlarimizni ham ochiqlaymiz. Xullas, bugun o‘zimiz va o‘zingiz haqingizda gaplashamiz.
Toʻliq koʻrsatuvni 👉mana shu yerda👈 tomosha qiling!
Ijodiy hamkorlik uchun tashakkur!

Adliya vakillari uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 28 yillik muammo aniqlandi va unga huquqiy yechim topildi
Oltiariq tuman A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 28 yoshli Iroda Hamidovaning muammosi anchagina jiddiy edi. Gap shundaki, Irodaning oilasi o‘tgan asrning 90-yillarida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qilgan. Iroda 1996 yilda tug‘ilgan. Biroq u tibbiy kuzatuvlarsiz, uy sharoitida dunyoga kelgani bois uning tug‘ilishi o‘z vaqtida qayd etilmadi. Qolgan ishga qor yog‘di.
Vaqtida olinmagan tug‘ilganligini tasdiqlovchi bu hujjatning yo‘qligi 28 yil mobaynida takror va takror boshqa muammolarni “yetaklab” kelaverdi. U fuqarolik pasporti olish yoshiga yetganda ham tengqurlari qatorida hujjatga ega bo'lmadi.
Hujjatlarni qonuniy tartibda olishga u va uning oilasi ko‘p marta harakat qilgan. Ammo huquqiy yechim topishda kalavaning uchi topilavermadi. Oltiariq tuman adliya bo‘limi vakillarining uyma-uy fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish jarayonida mazkur masalada Iroda adliyadan yordam berishlarini so‘radi.
Oltiariq tuman adliya bo‘limi vakillarining o‘rganishlari jarayonida bu oilaning 4 nafar farzandlari borligi, ularning fuqarolik bilan bog‘liq hujjatlari mavjudligi, biroq ushbu qizining tug‘ilishi o‘z vaqtida qayd etilmaganligi oydinlashdi.
Tegishli tartibda hujjatlar yig‘ilib, Hamidova Iroda Abdug'affor qizining 1996-yilda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tug‘ilganlik faktini va vaqtini qayd etishni belgilab berish yuzasidan adliya bo‘limi sudga daʼvo arizasi kiritildi va sud tomonidan Oltiariq tumani adliya bo‘limining daʼvo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, fuqaro huquqi tiklandi.
Sud qaroridan so‘ng oltiariqlik Irodaning 28 yillik “bosh og‘rig‘i”ga barham berildi. Endilikda u el qatori tug‘ilganlik haqidagi hujjatga ega bo‘ldi.

Forwarded from Strategik islohotlar agentligi - Rasmiy kanal
Xususan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 366 374 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 223 831 ta xonadon (16%) mulkdorlari bilan shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, qolgan 1 142 543 ta xonadon (84%) mulkdorlari tomonidan shartnomalar tuzilmagan.
To‘liq matn: asr.gov.uz
В частности, на сегодняшний день в республике насчитывается 1 366 374 дома, из которых заключенные договоры с 223 831 (16%) собственниками, а оставшиеся 1 142 543 дома (84%) таких договоров не заключили.
Полный текст: asr.gov.uz
facebook ▫️ Instagram ▫️ linkedIn▫️ twitter ▫️youtube▫️ website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Xorazmda
Bugun Akbar Toshqulov dastlab Urganch shahridagi “Gulshan”, Xiva tumanidagi “Istiqlol” va Xiva shahridagi “Qiyot” va “Ichan qal’a” "mahalla yettiligi" bilan uchrashib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrim va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalarni berdi hamda ularning ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.
Kunning ikkinchi yarmida Xonqa tumanidagi “Guliston”, Bog`ot tumanidagi “Axshxobot” va Hazorasp tumanidagi “Juvarxos” “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, adliya organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sohada uchrayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
Shu bilan birga, tuman (shahar) adliya boʻlimi boshliqlari tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda asosiy e'tibor uyma-uy oʻrganishlar davomida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mahalla fuqarolari yig'inlari va davlat organlarining quyi tuzilmalari faoliyatiga metodik yordam ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi mas’ullari fuqarolarning huquqiy masalalarini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Bu galgi manzil — Navbahor tumani. Aholi bilan tanishish “Qorovultepa” mahallasidan boshlandi.
Mahalla tuman markazidan uzoq, ammo aholi gavjum joylashgan hudud. Shu bois birinchilardan bo’lib mahalla binosiga infokioskalar o‘rnatilgan edi. Ayni paytda fuqarolarda bu qurilmadan foydalanish ko‘nikmasi ancha shakllanib qolgan.
Bugungi kunda мahallada 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Hududda chet davlatda ishlab kelganlar ham talaygina. Shu bois shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, tug‘ilganlik faktini belgilash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bilan bog‘liq masalalar topiladi.

Kitob hamda Shahrisabz tumanlarida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Furqat Tojiyev hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida uyma-uy aholi murojaatlarini o'rganishdi.
👉Batafsil

Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda. Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga baho beriladi.…
#Adliya_munosabat
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar bilan suhbatlashildi va boshqarma xodimlarining tushuntirshlari olindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar bilan suhbatlashildi va boshqarma xodimlarining tushuntirshlari olindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 28-iyundagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Xonobod shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Zulunov (litsenziya AN-0036, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Raximov (litsenziya AN-0003, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatildi.