Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.4K photos
1.14K videos
31 files
4.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📢📢 Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan yangi "Qishki ta'til huquq darslari" loyihasiga start berildi.

Ushbu loyiha doirasida Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun hamda maktab o'quvchilari uchun alohida "Huquqshunoslik asoslari" fanidan bepul dars mashg'ulotlari o'tkaziladi.

📆 Mashg'ulotlar 2024 yil 4—11-yanvar kunlari, soat 16:00dan boshlanadi.

Dars mashg'ulotlari markazning malakali professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.

🔗 Havola: https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

📥 Murojaat uchun:
+9987171 200-02-35
https://uzmarkaz.uz/uz/

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida dekabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi


Jasur Botirovich Salomov Adliya vazirligi markaziy apparatining dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.

Jasur Salomov 1990-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — xalqaro huquq.

Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini u 2020-yilda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2020—2023-yillarda ushbu boshqarmada hamda Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2023-yil fevral oyidan boshlab Adliya vazirligi O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom etmoqda.

Jasur Salomov xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va o‘tkazilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi sud va arbitraj muhokamalari bilan bog‘liq tegishli materiallarni yig‘ishni hamda tizimli tahlilini tashkillashtirish kabi sohalarda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Jasur Salomovni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida g‘ayrat va shijoat hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

▫️5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida,
▫️6-yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Adliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyangiliklari
#Muhim

📢 📢 Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu: Adliya vazirligining 2023-yildagi faoliyati tahlili va davlat dasturi ijrosi.

Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva tomonidan Adliya vazirligining 2023-yildagi faoliyati tahlili va davlat dasturi ijrosi haqida axborot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_statistika

📈 2023-yil davomida respublika bo‘yicha 283 788 ta nikohlar qayd etilgan

@adliyangiliklari
Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_brifing Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva tomonidan Adliya vazirligining 2023-yildagi faoliyati tahlili va davlat dasturi ijrosi haqida axborot berildi. 👉Batafsil @adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya vazirligi tashabbusi bilan 2023-yilda jami 179 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan 51 ta qonun, 45 ta Prezident hujjatlari, 68 ta hukumat hujjatlari, 15 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. 2 363 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Shuningdek, 297 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Vazirlikka kelib tushgan jami 142,5 mingta murojaatlarning 122,9 mingtasi, ya'ni 86 foizi qonuniy hal etildi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 55 984 ta taqdimnoma kiritildi, 12 039 nafar shaxslar ma'muriy, 25 542 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 682 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 438 mlrd so‘mlik 30 194 ta da'volar (arizalar) kiritilib, 395 mlrd so‘mlik 29 739 ta da'volar (arizalar) qanoatlantirildi.

@adliyangiliklari
Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_brifing Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva tomonidan Adliya vazirligining 2023-yildagi faoliyati tahlili va davlat dasturi ijrosi haqida axborot berildi. 👉Batafsil @adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

2023-yilda davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 29 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
▫️88 515 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (shundan 26 964 tasi Internet orqali);
▫️93 819 ta yuridik shaxs qayta ro‘yxatidan o‘tkazildi (shundan 20 477 tasi Internet orqali);
▫️130 363 ta YTT davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
▫️davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish 30 foizdan oshdi;
▫️85 ta yangi davlat xizmatlari joriy etildi;
▫️“Litsenziya” axborot tizimi orqali 145 296 ta litsenziya va ruxsatnomalar elektron shaklda berildi;
▫️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llanildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Probatsiya bo‘limi Zafarobod tuman ichki ishlari organlari probatsiya guruhining 2023-yil 13-dekabrdagi 33/12-7441-sonli xabarnomasiga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2023-yil 1-iyundagi hukmiga ko‘ra Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Baxtiyorovich Tojiboyevga ozodlikni cheklash jazosi hamda notariat sohasida har qanday vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosi tayinlangan.

Shunga ko‘ra, boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 27-dekabrdagi 230-um-son buyrug‘iga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Tojiboyevga berilgan (GZ 0006, 21.04.2020-yil) litsenziyaning amal qilish muddati hamda notarius maqomi tugatilganligi ma’lum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi 17-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Elmurodova (litsenziya RTN 0078, 23.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 29-dekabr kunidan 2024-yil 28-yanvar kuniga qadar 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Turdikulov (litsenziya AN-0068, 06.07.2022-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 29-dekabr kunidan 2024-yil 28-yanvar kuniga qadar 1 oy muddatga;
▫️Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius B.Mo‘ydinov (litsenziya AN-0061, 10.10.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 29-dekabr kunidan 2024-yil 28-yanvar kuniga qadar 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Djalolov (litsenziya L-664268, 24.05.2023-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 29-dekabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Djalolov (litsenziya L-664268, 24.05.2023-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 22-noyabrdagi 15-son yig‘ilish qarori bilan 4 oyga to‘xtatilganligi va hozirda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati yakunlanmaganligi inobatga olinib, 1 oylik muddati avval berilgan 4 oylik muddatga muvofiqlashtirilib 4 oylik muddatni ichida o‘tgan deb hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Statistika

📈2023-yil davomida eng ko‘p qo‘yilgan ismlar haqidagi ma’lumotlar

2023-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Ochiq eshiklar kuniga tayyorgarlik jarayoni

Ertaga, 5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida, 6-yanvar kuni Samarqand va Namangan shaharlari, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni Adliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishuvga – Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Manzil: Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

@adliyangiliklari
#Statistika

📈 2023-yil davomida 4 418 nafar erkaklar 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan


Shu jumladan:
4 814 nafar erkaklar – 50 yoshdan keyin;
834 nafar erkaklar – 60 yoshdan keyin;
74 nafar erkaklar – 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lishgan.

@adliyangiliklari
#Muhim

⚠️ Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Gadjetlarga qaramlik — axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan davrda yangi tushuncha emas.

Avvalo, bu qaramlikning simptomlarini sizda bor-yo‘qligini aniqlaymiz.

Keyin esa uning ortga qaytarib bo‘lmas "izlari" hamda qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘llari va kutilajak natijalar bilan tanishamiz.

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Xatirchida oʻqituvchiga adliya aralashuvi bilan 98 million so'mdan ortiq ustama pullari undirib berildi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Важно

📢📢 Вниманию негосударственных некоммерческих организаций

⚠️
Согласно законодательству, негосударственные некоммерческие организации (в том числе и религиозные) ежегодно до 1 февраля предоставляют отчет о деятельности за прошедший год в органы юстиции.

Формы отчета:
🔹Для негосударственных некоммерческих организаций: здесь.
🔹Для религиозных организаций: здесь.

Предоставление отчета осуществляется через сайт e-ngo.uz в электронном виде. Призываем ННО в срок и в полном объеме предоставить отчеты.

❗️Напоминаем, что в соответствии со статьей 239 Кодекса об административной ответственности, непредставление, несвоевременное представление или представление по неустановленной форме ННО регистрирующему органу отчетов о своей деятельности, представление ими заведомо недостоверных сведений о своей деятельности, а равно непредставление информации, в том числе подтверждающих документов об использовании ими имущества и денежных средств — влечет наложение штрафа на должностных лиц от 15 до 30 базовых расчетных величин.

Для получения дополнительной информации:
● Министерство юстиции Республики Узбекистан – 88-130-11-00, 97-263-68-88;
● Министерство юстиции Республики Каракалпакстан – 91-306-45-54;
● Управление юстиции Андижанской области – 91-486-07-06;
● Управление юстиции Бухарской области – 93-474-05-05;
● Управление юстиции Джизакской области – 90-180-98-10;
● Управление юстиции Кашкадарьинской области – 94-658-52-94;
● Управление юстиции Навоийской области – 91-337-92-68;
● Управление юстиции Наманганской области – 91-367-59-00;
● Управление юстиции Самаркандской области – 97-615-70-20;
● Управление юстиции Сырдарьинской области – 91-622-22-99;
● Управление юстиции Сурхандарьинской области – 93-193-07-55;
● Управление юстиции Ферганской области – 97-337-06-78;
● Управление юстиции Хорезмской области – 99-967-65-64;
● Управление юстиции Ташкентской области – 97-420-33-00;
● Управление юстиции города Ташкента – 90-323-52-57.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

📢📢 Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 88-130-11-00, 97-263-68-88;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-306-45-54;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 91-486-07-06;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 93-474-05-05;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 90-180-98-10;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 94-658-52-94;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 91-337-92-68;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-367-59-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-622-22-99;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 93-193-07-55;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – 97-337-06-78;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-967-65-64;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 97-420-33-00;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 90-323-52-57.

@adliyangiliklari
#Statistika

📈 FHDY organlari tomonidan 2023-yilda 968 140 ta tugʻilish holati qayd etilgan.

👶🏻 O'g'il bolalar — 501 177 ta
👧🏻 Qiz bolalar — 466 563 ta

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish:

Samarqand — 114 446 ta;
Farg'ona — 107 602 ta;
Qashqadaryo — 102 364 ta.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi istagini bildirgan murojaat etuvchilar qayerga murojaat etishi mumkin?

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi istagini bildirgan murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, “Call-markaz”, mobil ilovasi yoki YIDXP orqali murojaat etishi mumkin.
_______________________

Davlat xizmatlari yashash joyiga borib ko‘rsatilishi istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va ularning qonuniy vakillari “Call-markaz” orqali murojaat etganda ularga qanday ma’lumotlar taqdim etiladi?

— Murojaat etuvchilar “Call-markaz” orqali murojaat etganda, vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan qabul qilinadi va murojaat etuvchiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
▫️ko‘rsatiladigan sayyor davlat xizmatlarining turlari;
▫️sayyor davlat xizmatlarining turiga qarab zarur hujjatlar ro‘yxati;
▫️sayyor davlat xizmatlari uchun to‘lov miqdori;
▫️sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish hududi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Bugun, 5-yanvar kuni Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 200 nafardan oshiq 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmonlar 4 ta guruhlarga bo‘linib, ular uchun maxsus ekskursiyalar tashkillashtirildi. Kelgan mehmonlar uchun adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan namunalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz portali faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ochiq eshiklar kuni 6-yanvar kuni Samarqand, Namangan shahar hamda Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazida ham bo‘lib o‘tadi.

@adliyangiliklari