#Mualliflik_huquqi
Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.
🤔 G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.
🤔 Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.🤔 Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1👏1
Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱 Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
🏛 Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
✅ Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌 So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
🇺🇿 O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
📚 Voyaga yetmaganlar uchun → Havola bu yerda
👩🍼Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
__
🇷🇺 Анкета на русском языке
📚 Для несовершеннолетних → Ссылка здесь
👩🍼Для родителей → Ссылка здесь
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
___________________________
👩🍼Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
__
👩🍼Для родителей → Ссылка здесь
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PROFESSIONAL TARJIMA XIZMATLARI
✅ “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan qonunchilik hujjatlarini tarjima qilish tizimi zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Maqsadimiz: Hujjatlarni aniq, ishonchli va huquqiy jihatdan mukammal tarzda tarjima qilish.
✅ Biz quyidagi asosiy xizmat turlarini taklif qilamiz:
✔️ Yuqori malakali tarjimonlar tomonidan hujjatlarning o‘zbek, rus, ingliz va boshqa istalgan tillarga sifatli tarjima qilinishi;
✔️ Yuridik atamalarning aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishi;
✔️ Matnlarning qisqa muddatda tarjima qilinishini ta’minlash.
📶 Tarjimalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• normativ-huquqiy hujjatlar;
• yuridik adabiyotlar;
• kodekslarga ilmiy-amaliy sharhlar;
• ilmiy ishlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar;
• badiiy tarjima va turli mavzulardagi kitoblar;
• ijtimoiy, siyosiy va boshqa mazmundagi matnlar.
📞 Bog'lanish uchun: (55) 510 47 87
📥 Elektron pochta: info@adolatmarkazi.uz
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 19-uy
Maqsadimiz: Hujjatlarni aniq, ishonchli va huquqiy jihatdan mukammal tarzda tarjima qilish.
• normativ-huquqiy hujjatlar;
• yuridik adabiyotlar;
• kodekslarga ilmiy-amaliy sharhlar;
• ilmiy ishlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar;
• badiiy tarjima va turli mavzulardagi kitoblar;
• ijtimoiy, siyosiy va boshqa mazmundagi matnlar.
Ushbu tizim huquqiy axborotni keng jamoatchilikka tezkor, tushunarli tarzda va yuqori sifat bilan yetkazishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
"100TA YANGI BREND" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR BO'LIB O'TDI
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
"100TA YANGI BREND" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR BO'LIB O'TDI
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📢 Intellektual mulk sohasiga qiziqasizmi? Ajoyib imkoniyat!
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) Akademiyasi tomonidan a’zo davlatlar uchun bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgan.
🎓 Ushbu kurslar:
📖Rus va ingliz tillarida olib boriladi
🆓Mutlaqo bepul
📄Muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat beriladi
📚 Kurslarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:
💡Intellektual mulk asoslari
📺Patent tushunchalari va patent ma’lumotlari bilan ishlash
🎙Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
™Tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik ko‘rsatkichlar
💡 Ushbu kurslar nafaqat soha mutaxassislari, balki intellektual mulkka qiziqqan har bir kishi uchun foydali. O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://welc.wipo.int/acc/index.jsf?lang=ru
👉 Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari cheklangan.

❤3👍2
❌ Ruxsatsiz kontent — jarimaga sabab bo‘ldi
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan ijtimoiy tarmoqlarda muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
✅ Muallif D. Inoyatovaga tegishli “Superdidaktika_uz” telegram kanaliga joylashtirilgan “Bilimdonlar sinfxonasi”, “Darsdagi eng faol o‘quvchi”, “Alisher Navoiyga tegishli to‘rtliklarni topish o‘yini”, “Kichkina e’tibor bilan o‘quvchilarni xursand qiling”, “Interaktiv Mendeleyev jadvali” kabi yigirmadan ortiq videoroliklar ijtimoiy tarmoqdagi "Ko'rgazmalar_tarqatma" telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganish davomida mazkur videoroliklardan kanal ma’muri tomonidan ruxsatisiz foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan ijtimoiy tarmoqlarda muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
✅ Muallif D. Inoyatovaga tegishli “Superdidaktika_uz” telegram kanaliga joylashtirilgan “Bilimdonlar sinfxonasi”, “Darsdagi eng faol o‘quvchi”, “Alisher Navoiyga tegishli to‘rtliklarni topish o‘yini”, “Kichkina e’tibor bilan o‘quvchilarni xursand qiling”, “Interaktiv Mendeleyev jadvali” kabi yigirmadan ortiq videoroliklar ijtimoiy tarmoqdagi "Ko'rgazmalar_tarqatma" telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganish davomida mazkur videoroliklardan kanal ma’muri tomonidan ruxsatisiz foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga MJtK 177¹-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👍1👏1
🚨 YIRIK BRENDLAR G‘ALABA QOZONDI: O‘ZBEKISTONDA KONTRAFAKT SAVDOSI BO‘YICHA MUHIM SUD ISHI YAKUNLANDI
2026-yil 1-aprel kuni Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudida “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Puma SE” (Germaniya) hamda “Tommy Hilfiger Licensing B.V” (Niderlandiya) kompaniyalari vakili tomonidan kiritilgan da’vo arizasiga asosan xalqaro brendlar — HUGO BOSS, PUMA va TOMMY HILFIGER tovar belgilarini himoya qilish bo‘yicha muhim ish ko‘rib chiqildi.
Sudda aniqlanishicha, javobgar brend egalari bilan hech qanday litsenziya shartnomasi tuzmasdan tovar belgilaridan noqonuniy ravishda foydalangan, kontrafakt mahsulotlarni savdoga chiqargan va faol reklama qilganligi tasdiqlandi.
⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishni to‘xtatish, kontrafakt mahsulotlarni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish, shuningdek noqonuniy qo‘llangan belgilarni mahsulot va qadoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.
💰Shuningdek, huquqbuzardan kompaniyalarlar foydasiga jami 61 800 000 so‘m kompensatsiya hamda davlat boji, pochta va sud xarajatlari bilan birga 111 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi belgilandi.
⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

❤3
#Adliya_xabari
#Intellektual_mulk
❗️ "HOFMANN” tovar belgilari huquqiy himoya qilindi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.Omonullayevning o'ziga tegishli "HOFMANN” tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida "F.I.S" MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "HOFMANN” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Hoffmans” belgilaridan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlarini savdoga taklif etayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, ya'ni 41,2 mln so‘m jarima qo‘llanildi.

Ogoh bo’ling!
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_xabari
🍽 “Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan, o‘zbek pazandachilik sanʼatining durdonasi hisoblangan “Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📜 Tarix va texnologiya: Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi — bu shunchaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam bo‘lgan murakkab jarayon bo‘lib, asosan tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.
🛡 Huquqiy himoya va sifat: Mazkur maqom “Toshkent to‘y oshi” nomi va anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.
✨ “Toshkent to‘y oshi” — ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar va xalq ruhining yorqin ifodasi bo‘lib, bugun gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ℹ️ Maʼlumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

🔥6❤1
🚨 O‘ZGANING BRENDIDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH QIMMATGA TUSHDI
📩 Adliya vazirligiga “BONA MEAT” MChJning “BOYARSKIY” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi.
🕵️♂️ Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida ro‘yxatdan o‘tgan “BOYARSKIY” tovar belgisiga iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Боярская” belgili mahsulotlar (kolbasalar) ishlab chiqarish hamda sotuvga taklif etish holatlari aniqlandi.
⚖️ Natijada, amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 37¹-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
📋 Shuningdek, aniqlangan kontrafakt mahsulotlar taqdirini hal etish hamda jamiyat rahbarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

🔥1