Xalqaro bozorni zabt etgan o'zbek milliy brendlari TOP-10
1️⃣. "Artel"- milliy brendi O‘zbekistonning eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Artel savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika va elektronika mahsulotlari nafaqat respublikamiz ichki bozorida, balki tashqi bozordagi kuchli raqobat sharoitiga qaramasdan o‘z o‘rni hamda is’temolchisiga ega. Bugungi kunda Artel mahsulotlari MDH davlatlari, Gruziya, Afg‘oniston va Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.
2️⃣. "BMB HOLDING" MCHJ - milliy brendi 2019-yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan BMB Holdingning sho‘ba korxonasi. Italiya, Germaniya, AQSH, Xitoy kabi 20 dan ortiq davlatga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilib, xorijdan zamonaviy uskunalar olib keladi. 2022-yilda xolding eksporti hajmi 35 million AQSh dollaridan oshib , O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini mustahkamladi.
3️⃣. "Chortoq"- milliy brendi 2016-yilda tashkil etilgan mineral suv ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanib, O'zbekiston hududida geografik ko'rsatgich sifatida ham ro'yxatdan o'tgan. Noyob tarkibga ega bo‘lgan Chortoq suvi nafaqat O‘zbekiston, balki 14 ta xorijiy mamlakatga ham eksport qilinadi.
4️⃣. "Akfa"- milliy brendi Qurilish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya. Turli qurilish materiallari, plastik eshik-derazalar hamda alyuminiy konstruksiyalarni O'zbekiston va boshqa MDH davlatlariga eksport qiladi.
5️⃣. "SAG "- milliy brendi SAG gilamlari kompaniyasiga 2000-yilda asos solingan bo‘lib, ushbu o‘tgan uzoq yillik davrlardan buyon o‘z mijozlari uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniyamiz MDH davlatlari ichida gilam ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha mutlaq yetakchilik qilib kelmoqda. Shuningdek, xalqaro standartlarga to‘liq javob beruvchi gilamlarimiz dunyoning 15 ga yaqin mamlakatlarida ham o‘z mijozlariga ega.
6️⃣."СОЧНАЯ ДОЛИНА"- milliy brendi mahsulotlar Shvetsiya, Belgiya, Italiya, Turkiya, Rossiyadan zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalarda joriy davlatlararo standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi, bu esa mahsulotlarning ichki va xalqaro bozorlarda yuqori sifati va raqobatbardoshligini kafolatlash imkonini beradi. Har bir turdagi mahsulot Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya kabi qo‘shni davlatlar, shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Ba'zi turdagi mahsulotlar Evropa mamlakatlariga, shuningdek, AQShga yuboriladi.
7️⃣. "CRAFERS"- milliy brendi O‘zbekistonning yetakchi shirinlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, o‘zining yuqori sifatli qandolat mahsulotlari bilan nafaqat mahalliy bozor, balki xalqaro bozorda ham mashhurlikka erishgan. Eksport geografiyasi: Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkiya, BAA va boshqa mamlakatlar
8️⃣." Safia"- milliy brendi Markaziy osiyodagi eng yirik qandolat ishlab chiqaruvchi markazlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Safia O‘zbekiston va Qozog‘istonda 140 dan ortiq filiallarga ega xalqaro kompaniyaga aylandi.
9️⃣."7SABER"- milliy brendi O‘zbekistonda yaratilgan sport kiyimlari va aksessuarlari brendi bo‘lib, xalqaro bozorlarda ham o‘z o‘rnini topmoqda. Brend yuqori sifatli, zamonaviy dizayndagi sport kiyimlarini ishlab chiqaradi va asosan professional sportchilar, jismoniy faollikni qadrlovchi mijozlar uchun mo‘ljallangan. 7SABER mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorda, balki Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ham eksport qilinmoqda. Brend o‘zining jahon darajasidagi sifat, bardoshlilik va milliy ruhiyat uyg‘unligini namoyon etgan dizaynlari bilan ajralib turadi.
🔟."EAST-WEST INVEST"- milliy brendi MCHJ- ushbu brend Cheers brendi ostida kartoshka chipslari, Pepsico shartnomasi bo'yicha Хрусteam va Cheetos makkajo'xori tayoqchalarini ishlab chiqarish bo'yicha mashhur. Xalqaro tizimga muvofiq "Halal" sertifikatiga ega. Ushbu tashkilot O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'izistonga mahsulotlarini eksport qiladi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli
2025-yilning I choragida ro'yxatdan o'tgan brendlar soni bilan quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.
✅ kanalga a’zo bo’lish

Intellektual mulk sohasidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA OGOHLANTIRADI.
Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.
Xarid qilayotgan mahsulotingizni kontrafaktdan farqlay olasizmi?
Siz mahsulot xarid qilganda uning qadog‘iga, yozuviga e’tibor qaratasizmi?
Mahsulotni xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Yuqorida berilgan savollarga yetarlicha javobingiz bo‘lmasa videorolikni albatta tomosha qiling!
Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmanag!

Mamlakatimizda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini yanada oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan toqatsiz munosabatni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yangi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” ishlab chiqildi.
Katalogda adliya organlari tomonidan aniqlangan oziq-ovqat, kosmetika, alkogol mahsulotlari, dori vositalari hamda avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa turdagi mahsulotlarning kontrafakt nusxalari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan.
Katalog iste’mol uchun eng zarur bo‘lgan mahsulotlarning (oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, alkogol, farmatsevtika vositalari va boshqalar) kontrafakt nusxalarini aholi tomonidan xarid qilinishining oldini olishga xizmat qiladi.
“Kontrafakt mahsulotlar katalogi”ning elektron nusxasini shu tugmani bosish orqali ko‘rish va yuklab olish mumkin.

“Канефрон”ning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarilishi holati aniqlandi.
Germaniyaning “Bionorica SE” kompaniyaga tegishli “Канефрон” tovar belgisiga iste’molchlarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Каниферон С” nomi ostidagi kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar “B. L.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga taklif etilayotganligi holati ma'lum bo‘ldi.
Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish chorasi ko‘rildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga ko'ra o'zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ma’muriy
javobgarlikka sabab bo‘ladi, shuningdek huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilinib BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima qo'llanilishi mumkin.
Bionorica SE - ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘simliklardan asosida dori mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Muallif huquqiga rioya qilmaslikning oqibati yoxud “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” qoʼshiqlari she’rlaridan ruxsatsiz foydalangan mashhur bastakor Shaxboz Nosirjonov jarimaga tortildi...
🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Abdussamiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.
O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkorlar Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shaxboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining
2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

#bilasizmi?
1. Ixtiro nima?
Yangi qurilma yoki biron bir masala yechimining yangi usuli ixtiro hisoblanadi. Ixtiroda eng muhimi uni inson tomonidan o‘ylab topilganidir. Atrofimizdagi barcha ashyolar bu ixtiro natijasidir. Vodoprovod, yoritgich, lift, kompyuter, televizor, avtomobil va shu kabilarni qachondir kimdir tomonidan ixtiro qilingan.
2. Ixtiro qanday talablarga javob berishi kerak?
Ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsagina huquqiy muhofaza qilinadi.
3. Ixtironi foydali modeldan farqi nimada?
Yuqorida ta’kidlanganidek yangi qurilma yoki usul ixtiro hisoblansa, mavjud qurilma yoki usulni takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yechim foydali model sifatida e’tirof etiladi.
4. Nimalar ixtiro hisoblanmaydi?
Ilmiy nazariyalar va matematika usullari, shartli belgilar, jadvallar, qoidalar, buyumlarning tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar, algoritmlar va dasturlar, binolar va inshootlarning loyihalari ixtiro hisoblanmaydi.
5. Tarixdagi eng buyuk ixtirochi kim ekanligini bilasizmi?
1847-1931 yillarda yashab o‘tgan Amerikalik Tomas Edison 1093 ta ixtiroga patent olgan bo‘lib, dunyoda eng mashhur ixtirochi hisoblanadi.
6. Ixtiro patenti nima?
Ixtiro patenti - ixtiro egasining unga egalik qilish, foydalanish va boshqa huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatidir.
7. Ixtironi himoya qilish uchun patent olish shartmi?
Albatta. Chunki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ixtiro ixtiro sifatida himoya qilinmaydi. Ko‘pchilik ixtirochilarning xatosi yillar mobaynida mehnat qilib yangi ixtiro yaratadi, lekin ro‘yxatdan o‘tkazishni unutadi. Buning oqibatida uning ixtirosidan ruxsatsiz foydalanish, nusxa ko‘chirish holatlari ko‘payadi. Bunday holatlarda ixtirochi o‘z ixtirosini himoya qila olmaydi.
8. Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nima qilish kerak.
Buning uchun Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portali (im.adliya.uz) orqali talabnoma topshirishingiz mumkin.
9. Ixtiro patenti necha yil amal qiladi?
Ixtiro patenti talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran yigirma yil mobaynida amal qiladi. Patentining amal qilish muddati tugagan ixtiro omma mulkiga aylanadi.

#soragan_edingiz
Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi deganda nima tushuniladi?
Bu ma’lum bir geografik hududga tegishliligi sabab alohida sifatlarga ega va nomdor mahsulotlarni farqlash uchun qo‘llaniladigan nom.
Chortoq suvi hamda Marg‘ilon atlasi va adrasi bunga yaqqol misol.

Intellektual mulkka bo'lgan huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
✅ kanalda a’zo bo’lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov
📣 “Samarqand noni” tanlovida gʻolib boʻling va 5 625 000 so'm yutib oling!
“Samarqand noni” — bu faqatgina non emas. Bu — ming yillik tarix, o‘tmishdan kelajak sari uzatilgan o‘ziga xos merosdir.
✍️ Tanlov shartiga ko‘ra, Sizning ijodingiz – “Samarqand noni”ning yangi yuzini yaratadi!
Siz geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olingan “Samarqand noni” uchun maxsus belgi (logo) yaratishingiz kerak bo'ladi. Ijodingiz mahsuli nafaqat mahsulotni tanituvchi logo bo‘lib qolmay, balki Samarqand nonining tarixi va brend sifatida jahon miqyosida tan olishni ta’minlaydigan mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
🤩 Tanlovda ishtirok eting va Vatanning faxriga aylaning!
G‘olibni nima kutmoqda?
Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
✅ Tanlov tafsilotlari:
Qabul muddati: 2025-yil 21-apreldan 10-maygacha
✅ Kimlar ishtirok eta oladi?
Grafik dizaynerlar, rassomlar, illyustratorlar, reklama sohasi vakillari va kreativ yurak egalari – yuridik va jismoniy shaxslar.
✅ Qanday hujjatlar topshiriladi?
• “Samarqand noni” belgisi (jpg formatda, rangli va oq-qora variantlari, kamida 1000 piksel, 10 mb.dan oshmasligi lozim)
• Konsepsiya haqida qisqacha izoh (MS Word’da – rang, g‘oya, elementlar haqida)
Hujjatlar ushbu elektron pochtaga yuborilishi kerak: samarqandnoni2025@gmail.com
Tanlovni o‘tkazish tartibi va belgini ishlab chiqish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin!
✅ kanalda a’zo bo’lish
“Samarqand noni” — bu faqatgina non emas. Bu — ming yillik tarix, o‘tmishdan kelajak sari uzatilgan o‘ziga xos merosdir.
✍️ Tanlov shartiga ko‘ra, Sizning ijodingiz – “Samarqand noni”ning yangi yuzini yaratadi!
Siz geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olingan “Samarqand noni” uchun maxsus belgi (logo) yaratishingiz kerak bo'ladi. Ijodingiz mahsuli nafaqat mahsulotni tanituvchi logo bo‘lib qolmay, balki Samarqand nonining tarixi va brend sifatida jahon miqyosida tan olishni ta’minlaydigan mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
G‘olibni nima kutmoqda?
Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qabul muddati: 2025-yil 21-apreldan 10-maygacha
Grafik dizaynerlar, rassomlar, illyustratorlar, reklama sohasi vakillari va kreativ yurak egalari – yuridik va jismoniy shaxslar.
• “Samarqand noni” belgisi (jpg formatda, rangli va oq-qora variantlari, kamida 1000 piksel, 10 mb.dan oshmasligi lozim)
• Konsepsiya haqida qisqacha izoh (MS Word’da – rang, g‘oya, elementlar haqida)
Hujjatlar ushbu elektron pochtaga yuborilishi kerak: samarqandnoni2025@gmail.com
Tanlovni o‘tkazish tartibi va belgini ishlab chiqish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin!
✅ kanalda a’zo bo’lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kontrafakt ratsiya mahsulotlari sotuviga chek qo‘yildi
Adliya vazirligiga “Radicom” MChJning “Samcom” tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilayotganlik holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra “S.S” MChJ tomonidan “Samcom” tovar belgisi bilan iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida aynan o‘xshash bo‘lgan holda ishlab chiqarilgan 300 dona kontrafakt ratsiya (aloqa vositasi) savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan “S.S” MChJga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, tovar belgilisining noqonuniy sotuvi to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz: Tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solinishi, huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinishi hamda 20 baravardan 1000 baravarigacha tovon puli undirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.