adkxamov IMHO
71 subscribers
291 photos
47 videos
11 files
187 links
Bu yerda IMHO. Shaxsan shaxsiy fikr.

Twittor: twitter.com/adkxamov
Feedback/aloqa: @IMHO_relation_bot
Download Telegram
😁4👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daryo pulli maqolalarni tadbiq etipti, huddi New York Times kabi. Daryoni kam kuzataman va aynan pul toʻlab oʻqishga arziydigan nima maqola chiqarishlarini bilmayman. Gazeta yoki Kun.uz boʻsa tushunardim.

Yuqoridagi videoda esa juda qiziq holat. Tarif narxlari tanlangan tilga qarab oʻzgaryapti. Yaʼni ingliz tilidagi maqolalar oʻzbek tilidagidan koʻra qimmatroq hisoblanar ekan. Mayli kuzatamiz nima boʻlarkin.
😁3
Dunyodegi eng rasvo telegram kanallar - Oʻzbekiston kanallari. Vodiy Bozor kasodga uchrab, oʻzi qilayotgan klikbeyt va atayin qilingan shok kontent kasriga qolib ketsin. Kasallar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurriyat, erk va ozodlik kuni muborak!

Nafaqat mamlakatimiz balki jamiyatimizni aql, idrokiham doim mustaqil boʻlsin, erkin fikr qilaylik. Mustaqil boʻlish shunchaki his emas, fakt boʻlsin.
👍1
Afsonalar ham oʻladi.

Internet endi rivojlanib, har xil forumlar davri boʻlgan payt asos solingan, hozirgi kunda afsonaga aylangan Flibusta yopilyapti ekan. Sababi - asoschi miya saratoniga uchragani.
Flibusta - bepul kitoblar javoni deb yaratilgan loyiha edi, keyinchalik u bepul kitoblar kutubxonasiga aylanib ketti. Juda koʻp odamlarni elektron kitob tushunchasi bilan tanishtirgan, kitob sotib olish imkoniyati yoʻq insonlarga orzu qilgan kitoblarini oʻqish imkoniyatini bergan sayt.

Tamom.
😢4
Men doim hobbim yoʻq derdim. Oʻylab koʻrsam u bor ekan, faqat men koʻngildan shugʻullanmaganman. Suratga olish shu hobbi. Balki qachondir kamerani ozroq boʻsayam sozlashni oʻrganarman, hobbi bilan chin koʻngildan shugʻullanarman, lekin hozircha bori shu. Sevininglar.
6
Uzbekistan's Club nimaga mavjud? "Mana qara chet elda Oʻzbekistonlik odamlar muvaffaqiyatli hayot kechiryapti, boy yashashyapti va biz buni sen toʻlayotgan soliqlaring evaziga senga koʻrsatamiz" deyish uchunmi? Maʼnosi nimada uni? Shu videolarni koʻrgan ofitsiant yigit/qiz "Voy onasini emsin, bekor kambagʻal boʻlib yashab yurgan ekanman, chet elga ketishim kerak" deb shartta yaxshi hayot qurvoradimi? Oʻzi usizham imkon boʻlishi bilan chet elga ketib hayotini oʻzgartirishmoqchi boʻlishadiyu odamlar, katta katta budjet pullarini sarflab bunaqa roliklar qilishni foydasi nima? Eng keraksiz loyiha.
🔥2
Andijon klubi oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston kubogi chempioni. Oxirgi taymning oxirgi daqiqalarida gol urush boʻyicha chempion. Havoda gol urush boʻyicha yakka chempion. Bugun Oʻzbekiston osmonini egalari nomini burgutlar qoʻlga kiritdi.

Ultras burgutlar.
👍5👎2🔥1
Eskobar aksiomasi.

Memlar tarixga kiritilishi kerak boʻlgan internet fenomen. Buni inkor qilish notoʻgʻri menimcha. Bundan 17 yil oldin internetda bir video paydo boʻladi, qisqa muddatda mashhur boʻlib ketgan videoga forumlarda "Eskobar aksiomasi/effekti" deb nom berishadi.

Aksioma - dalillarsiz qabul qilinadigan holat.
Eskobar - bu holatda musiqiy guruhning aʼzosi.

Videoda jurnalist qiz guruh aʼzosidan "festival haqida fikringiz qanday" deb soʻraydi, shunda Eskobar "Unisiyam bunisiyam bir goʻr." deb javob beradi (ozroq qogʻozga oʻradim). Bu holat misolida ommaviy ong qanchalik muhim ekanini koʻrishimiz mumkin, chunki video chiqqandan keyin koʻp oʻtmasdan forumlarda foydalanuvchilar "Agar ikkita variantdan iborat tanlov berilgan boʻlsayu ikkala variantham yomon boʻlsa va tanlovchini qoniqtirmasa, bu holatni qanday atash mumkin?" degan savolga shu video javob bola oladi deb oʻylab qolishgan va mana shu holatni "Eskobar aksiomasi" deb atashgan.
👍1
Milliy universitet koʻchasidan oʻtayotib doim qattiq ovozda salom berib oʻtaman endi, bilib boʻladimi, qamatvormasin hurmat kompleksli dekan.
👍1
Bundan bir yil oldin C/2023 A3 kometasi yerga rekord darajada yaqin uchib oʻtishi haqida eslatma qoldirgan ekanman.
Afsuski kometa faqatgina shimoliy qismda qurollanmagan koʻz bilan koʻrinadi.
Bu fikrga qoʻshilaman.

Aksilmonopol tashkilotlarga oʻxshash tashkilotlar vazifasi oʻnga chapga qaramasdan hamma monopolistlarni jazolash emas. Google qidiruv sohasida monopol tashkilotga aylanganini sababi ayyorliklar yoki boshqa qidiruv agregatlariga halal berganida emas, balki u bu borada hechkim taklif qilmagan innovatsion yechimlar taklif qila olishida. Bunga yaqqol misol Yandex. Google monopol tashkilot hisoblansaham Rossiyada Yandex oʻzini juda yaxshi his qiladi, chunki Google'da chiqmagan qidiruv natijalari Yandex'da chiqadi, misol uchun qaroqchi kontent. Bu esa qidiruv agregati Google'mi, Bingmi, Yandex'mi foydalanuvchiga farqi yoʻq, unga muhimi natija ekanini koʻrsatadi. Shuning uchun Google'dan qidiruvni ajratish ahmoqlik deb bilaman, bu huddiki aksilmonopol agentligi hisobotda ijobiy natijalar koʻrsatib, davlat budjetidan moliyalashtirish olmoqchidek koʻrinyapti. Bir vaqtlar FTC shunday qilmoqchi boʻlib sudda sharmanda boʻlgan edi.
Hozirgi tuzumdagi Google juda yaxshi. Tinch qoʻyish kerak.
Kuzgi xandra boshlandi.

Bugun podkast yozdim, qachon chiqadi? Kim bilsin, ciqarmikin oʻzi.
Yana rasm. Yana koʻchada. Faqat bu safar mashina. Faqat 90dan 05chi yillargacha boʻlgan mashinalarga qiziqadigan boʻlib qoganman. Ulgʻayipman.
🔥3👍2
Podkast oʻyinlar haqida boʻladi. Alohida offtopham boʻladi lekin u koʻproq oddiy audio, podkast emas. Taklif va etirozlarga ochiqman.
Behurmatsizlik haqida.

Odamlar gapiryotgan gaplarini maʼnosiga eʼtibor bermidimi yoki shoshilib qolishadimi negadir birov hurmatsizlik qilyotganini aytish uchun behurmatsizlik soʻzini ishlatishadi, bu esa notoʻgʻri.
Hurmat soʻziga -sizlik qoʻshish uni yoʻqligini anglatadi yaʼni hurmatsizlik=hurmat qilmaslik. Huddi shu vazifani -be qoʻshimchasiyam bajaradi: bevaqt, bebaxt, beeʼtibor - bu soʻzlarni barchasi asosiy soʻzni inkor yoki qarama qarshi maʼnodagi shakli.

Shunday ekan behurmat qilish va hurmatsizlik bir xil maʼnoga ega: hurmat qilmaslik. Agar siz behurmatsizlik desangiz unda ikki marta hurmat soʻzini inkor qilgan boʻlasiz, bu esa soʻzni asl holiga (hurmat qilish) qaytarib qoʻyadi.
🔥3