Adasoft
82 subscribers
5 photos
4 files
1 link
Qayta aloqa uchun: @AhmadjonAxmedov
Toʼlovlar uchun: @adasoftpaybot
Web-sayt: http://adasoft.uz
Download Telegram
Channel created
Agar fleshkada yangi, dastur o‘chirmaydigan virus paydo bo‘lsa:
1. Virusni arxivlang.
2. +99890 510 05 33 raqamiga telegramdan yuboring.
'
Dasturni aktivlashtirish uchun 1-kodni +998905100533 raqamiga telegramdan yoki sms orqali yuboring. Sizga aktivlashtirish uchun kod yuboraman.
Ada antivirus dasturining 5.1 versiyasi aktiv holatda ya’ni real vaqt rejimida ishlaydi. Bunda kompyuterda aktiv turgan viruslar dastur tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, ekranga kompyuterni tekshirish haqidagi so’rovni chiqaradi. So’rovda siz kompyuterni tekshirilishini va viruslarni o’chirilishi haqidagi buyruqni tasdiqlashingiz yoki bekor qilishingiz mumkin. Bundan tashqari kompyuterga flesh xotira ulaganingizda uni tekshirish haqidagi so’rovnomani ekranga chiqaradi. Dastur kompyuter yonganda avtomatik ishga tushadi va faqat tizim o’rnatilgan diskdagi (odatda tizim C-diskka o’rnatiladi) aktiv holatdagi fayllarni va tezkor xotiradagi fayllarni tekshiradi. Bu jarayonda boshqa antivirus dasturlari sezmay qolgan viruslarni aniqlab, avval ularni aktivlikdan chiqaradi, keyin xotiradan o’chirib tashlaydi va avto yuklash reestridan ham virus avto yuklaichini o’chirib tashlaydi. Odatda boshqa antivirus dasturlardan foydalanganda tizim fayllari ichida niqoblangan viruslarni aktivlikdan chiqarib yuborish uchun yoki bu faylni xotiradan o’chirish uchun kompyuter keyingi qayta yuklashni (перезагрузка) so’raydi. Ushbu dasturda bu holatga ham yechim topilgan va virusni o’chirish uchun hech qanday qayta yuklash so’ralmaydi. Barcha flesh xotiraga zarar yetkazuvchi aktiv dasturlar tizimdan o’chirib yuborilgandan so’ng, flesh xotirani tekshirishga ruxsat etiladi.
Agar kompyuter avtomatik tekshirilganda asosiy xotirani tekshirish tugmasi yoki vaqtincha saqlanuvchi fayllarni o’chirish tugmasi miltillab signal bersa demak siz ushbu tugmalardan foydalanishingiz kerak. Chunki dastur turli asosiy xotiraning boshqa disklariga tushadigan virusni aniqlasa sizni shu disklarga tekshirishingiz haqida ogohlantiradi.
*1. Dastur nomi va versiyasi – dasturni yangi versiyasi deganda qandaydir ma’noda dasturning yangi avlodini tushunsa ham bo’ladi. Bu yangi versiya har doim oldingi versiyaga qaraganda bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bundan tashqari dastur sarlavhasi sizga dasturning aktivlik holatini ham bildirib turadi. Bunda dastur aktiv bo’lsa sarlavha satri yashil rangda, aks holda qizil rangda sizga xabar berib turadi.
2. Operatsion tizim - bu sizga kompyuteringizga o’rnatilgan operatsion tizim haqida ma’lumot beradi. Masalan: Windows 2000, Windows XP, Windows Vista, Windows Server 2008, Windows 7, Windows 8, Windows 8.1, Windows 10. Bundan tashqari operatsion tizimning razryadini ham aniqlab beradi, masalan: x86(x32) yoki x64.
3. Tekshirilayotgan disk – yoki papka nomi, kompyuterdagi tekshirish jarayoni haqidagi umumiy ma’lumotni chiqarib turadi.
4. Flesh xotirani tekshirish – flesh xotiradan baza bo’yicha tushishi mumkin bo’lgan viruslar aniqlanib, ularni o’chirishga tayyorlaydi. Bu viruslar fayllarga qanday tartibda zarar yetkazgan bo’lsa, shunday tartibda qayta o’z holiga qaytarilish asosiy o’ringa qo’yilgan.
5. Zararli fayllarni o’chirish – bu tugma tekshirish jarayonida aniqlangan viruslarni o’chirish uchun foydalaniladi. Agar siz “Sozlash” oynasidan avtomatik o’chirishni yoqib qo’ygan bo’lsangiz bu tugmani dasturning o’zi avtomatik ishlatib yuboradi.
6. Holatni yozib boruvchi ro’yxat – siz dasturga biror bir buyruq berish uchun mos tugmani tanlaganizda kompyuter va dasturda bajarilayotgan ishlarning ketma-ketligi, viruslarning nomi, ularning o’chirilganligi va boshqa ma’lumotlarni ko’rishingiz uchun tartib bilan yozib boradi.
*7. Bazani yangilash – bu tugma orqali siz antivirus bazasini internet tarmog’i orqali yangilashingiz mumkin.
*8.a)Vaqtinchalik saqlanadigan fayllar(Temp) – siz ishlab turgan dastur yoki fayllar vaqtinchalik kompyuter xotirasida saqlanishi kerak. Masalan: biror arxivlangan faylni ochsangiz bu faylni ochilgan nusxasi vaqtincha xotirada saqlanadi va siz uni tahrirlab bo’lganizdan so’ng (arxivni yopiladi), ma’lumotni qayta arxivlab, vaqtinchalik ma’lumot o’chib ketadi. Yoki internetdan foydalansangiz, turli sahifalar, ularning obyektlarini (rasmlari, multimediya fayllari va boshqalar) serverdan yuklab olib, xotirada vaqtinchalik saqlanib turadi. Ko’p hollarda bu vaqtinchalik fayllar biz o’chirib tashl
amasak o’chib ketmaydi. Shuning uchun bu fayllarni o’chirib turish kerak.
*b)Gibernatsiya rejimi – bu rejim Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterda mavjud. Kompyuterni o’chirish (завершение работы), qayta yuklash (перезагрузка), holatni saqlab o’chirish (гибернации) va uyqu rejimiga(сон) o’tkazish mumkin. Holatni saqlab o’chirish yoki gibernatsiya rejimida kompyuter to’liq o’chadi, ammo ish stoli holati, yozayotib chala qolgan Word oynasi, eshitib turgan musiqangiz yoki ko’rilayotgan video rolik shu zahotiyoq to’xtatilib, xotirada vaqtinchalik saqlab qolinadi. Kompyuterni to’liq elektr manbaidan uzib, bir necha kunga qoldirishingiz yoki noutbukni batareykasini olib qo’yishingiz mumkin. Kompyuterni qayta ishga tushirganingizda barchasi qolgan joyidan davom etadi. Ish stolingiz o’z holida ishga tushadi, masalan eshitib turgan musiqangiz ham qolgan sekundidan davom etadi. Bularning barchasi kompyuteringizning tizim o’rnatilgan diskidagi (masalan: C- diskdagi) maxsus faylda saqlanadi. Bu faylning hajmi odatda kompyuteringiz tezkor xotirasi hajmiga teng bo’ladi. Shuning uchun gibernatsiya rejimidan foydalanmasangiz bu faylni xotiradan joy egallab turishi shart emas. Bu rejimni “сон” rejimi bilan almashtirmang.
c)Son rejimi - Son rejimida kompyuter to’liq o’chmaydi. Barcha holatlar, ish stolining holati tezkor xotirada saqlanadi va kompyuterning barcha qurilmalari vaqtincha o’chadi. Lekin uni elektr manbaidan uzmaslik kerak. Elektr manbaidan uzsak barcha vaqtinchalik saqlanayotgan ma’lumotlar o’chib ketadi va kompyuter yonganida operatsion tizim odatdagidek (siz o’chirgan holatda emas, barcha chala qolgan ishlaringiz o’chib ketgan holatda) ishga tushadi.
9. Holat jarayoni ko’rsatgichi – bu ko’rsatgich dasturda bajarilayotgan ish jarayonining qancha qismi bajarilgani va qancha qismi qolganini bildirib, bu ko’rsatgichni % da ko’rsatib turadi.
10. D diskni tekshirish – Kompyuterda mavjud xotira turli C,D,E,… disklarga bo’lingan. Bu tekshirish, tizim o’rnatilgan diskdan boshqa asosiy xotiraning qolgan disklarini (masalan: D,E,… disklarni) baza bo’yicha tekshiradi va aniqlangan zararli viruslarni avtomatik tarzda o’chirib tashlaydi.
11. Antivirus bazasi -Baza tushunchasi aslida ma’lumotlar to’plami degan ma’noni bildiradi. Antivirus bazasida viruslar ro’yxati va bu viruslarning qanday zarar yetkazishi, ularni qanday bartaraf etish tartibi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Masalan yangi topilgan virusni antivirus sezishi uchun bazada uni nomi yoki zarar yetkazish tartibi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Lekin baza eskiligi uchun bu yangi virusni antivirus sezmaydi. Baza yangilansa ya’ni yangi virus uchun oldindan tayyorlab serverga joylashtirilgan bazani yangilasak, antivirus dasturi yangi virusni topadi va uni o’chira oladi.
*12. Aktivlik – bu belgilash tugmasi orqali siz dasturni real vaqt rejimida ishlashini aktiv yoki noaktiv holatga keltirishingiz mumkin. Bunda dastur aktiv holatda bo’lsa sizning kompyuteringiz tezkor xotirasiga yuklanayotgan viruslar va yangi ulanayotgan flesh xotiralar doimo nazoratda turadi. Eslatib o’tamiz: ushbu aktivlik amalini dasturni sozlash oynasidan ham o’zgartirish mumkin.
13. Flesh xotirani tanlang - bu ro’yxatda aktiv flesh xotiralar nomlari saqlanadi siz flesh xotirani tekshirmoqchi, o’chirmoqchi yoki ochmoqchi bo’lsangiz avval ro’yxatdan kerakli flesh xotirani tanlashingiz kerak bo’ladi.
14. Flesh xotirani izlash- bu tugma orqali dastur ochilgandan keyin kompyuterga ulangan flesh xotirani izlab, tanlash ro’yxatiga qo’shib qo’yishingiz mumkin.
*15. Flesh xotirani o’chirish – ushbu tugma sizga tanlangan flesh xotirani kompyuterdan uzish uchun o’chirishingizga yordam beradi.
*16. Flesh xotiralarni qayta ulash – bu tugma sizga kompyuterga ulangan, lekin o’chirib qo’yilgan flesh xotirani qayta yoqishingizga yordam beradi. Siz flesh xotirani kompyuterdan uzib, qayta ulashingiz shart emas.
*17. Flesh xotirani Total Commander orqali ochish – bu tugma orqali tanlangan flesh xotirani Total Commander dasturi orqali ochishingizda yordam beradi.
*18. Flesh xotirani Windows oynasi orqali
ochish – bu tugma orqali tanlangan flesh xotirani Window operatsion tizimining odatdagi oynasi orqali ochishingizda yordam beradi.
19. Avval o’chirilgan zararli fayllar ro’yxati – bu tugma orqali kompyuter yoki flesh xotiradan avval o’chirilgan zararli fayllar va boshqa ma’lumotlar saqlangan oynani ishga tushiriladi. Bu oyna orqali vaqt ko’rsatgichlari bilan berilgan ro’yxatlarni tanlab, o’chirilgan fayllarni ko’rib chiqishingiz mumkin.
20. Sozlash – bu tugma orqali dasturni sozlash oynasi ishga tushiriladi. Bu oynadan siz dasturni ishlashi bo’yicha o’zingizga mos holatda sozlab qo’yishingiz yoki dastur fonini o’zgartirishingiz mumkin.
21. Ma’lumot – bu tugma sizga dastur haqidagi qisqacha ma’lumotni: dasturni vazifasi, uning versiyasi, ushbu versiya tayyorlangan vaqt, murojaat uchun telefon raqam va elektron pochta manzilini bilishingizga yordam beradi.
22. Izohli yordam – bu tugma yordamchi oynani ishga tushiradi.
23. Dasturni aktivlashtirish – bu dasturni to’laqonli ishlatish imkoniyati demakdir. Masalan dastur sizning kompyuteringiz uchun alohida kalitni (kod) qabul qiladi, bu kalit boshqa kompyuterdagi dastur uchun mos kelmaydi. Bu kalitni dastur egasi yoki server orqali olish mumkin. Kalitni kerakli joyga kiritish orqali dastur aktivlashtiriladi.
*- ushbu yulduzcha belgisi qo’yilgan tugmalar ishlashi uchun ushbu dasturni aktivlashtirish kerak.
Agar fleshkada yangi, dastur o‘chirmaydigan virus paydo bo‘lsa:
1. Virusni arxivlang.
2. +99890 510 05 33 raqamiga telegramdan yuboring.
Arxivdan ochib (izvelichit qilib), keyin o'rnating.
Hurmatli kanal a'zolari! Doimo shu kanalda bo'ling, chiqib ketmang. Sababi bu kanalga antivirusning yangi versiyasi, bo'lgan o'zgarishlari va yangi imkoniyatlari to'g'risida ma'lumotlar berib boriladi. Bundan tashqari boshqa dasturlarimni ham tashlab boraman. YANGILIKLARDAN ORQADA QOLMANG. MUAMMOLAR MAVJUD BO'LSA, UNING YECHIMI HAM ALBATTA MAVJUDDIR!
Forwarded from HTML+ (Shahob Tursunov)
HTML plus dasturi Web dasturlashga kirib borayotgan "yosh" dasturchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, HTML, CSS va JavaScript tillarida ishlash uchun qulay muhit yaratilgan. Dasturning boshqa matn tahrirlovchi dasturlardan farqi shundaki, dasturda kodlarni tahrirlash bilan birga natijani ham dasturning o`zida ko`rishingiz mumkin. Ya`ni, dastur ham matn muharriri ham brauzer vazifasini bajaradi.
Forwarded from HTML+ (Shahob Tursunov)
HTML+Setup1.3.2.exe
3.1 MB
🛠 Xatoliklar tuzatildi
Dasturning umumiy holati yaxshilandi
———————————————
©️Admin: @Shahob_Tursunov
📣Telegram kanali: @htmlplus_official
———————————————
PrintBook_v2.0 - Kitobcha chiqarish uchun Yordamchi. Rangli printerlar uchun ham mos keladi. Rangli printer uchun ishlashdagi xatolik tuzatildi.
PrintBook_v2.0.exe
637 KB
ADA 5.6.0_Full.zip
32.5 MB
ADA Antivirus dasturi. Yangi turdagi viruslarni ham tozalay oladi.
-USB qurilmangiz ma'lumotlari ko'rinmas holatga o'tib qolayotgan bo'lsa.
-Kompyuteringiz qotib qolayotgan bo'lsa va internet tezligi pasayib ketsa.
-Tizim diski to'lib qolayotgan bo'lsa.
-Boshqa antiviruslar yordam berolmasa.
USHBU Antivirusni yuklab oling va kompyuteringizga o'rnating.
Adasoft tomonidan Windows tizimi va uning dasturlariga masofadan xizmat koʼrsatish yoʼlga qoʼyildi. Xizmatlar online tarzda Windowsning istalgan versiyasi hamda dasturlarida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni yangilash hamda litzenziyali versiyalarini oʼrnatish boʼyicha amalga oshiriladi. Mijozlarning talabiga yoki xizmat turiga qarab xizmatlar boshqa yoʼnalishlarda ham amalga oshiriladi. Kompyuterning ishlash imkoniyati va mijoz talabiga asosan Windows 7, 10, 11 hamda Microsoft Office 2010, 2013, 2016, 2019, 2021 versiyalar oʼrnatib beriladi.
Murojaat uchun: @ahmadjonaxmedov
TarjimaPlus v4.0.exe
5.6 MB
☯️ TarjimaPlus v4.0 dasturi. Word va Excel dasturi ichiga avtomatik o'rnatiladi.
🌐 1.Kirilcha-Lotincha, Lotincha-Kirilcha Tarjima
2.Skanerlash Funksiyasi
💳 3. PDF formatda saqlash
👌 4. Bo'linmas defis qo'yish.
ℹ️ 5. Tezkor tugamalar ma'lumoti.

(Office 2016 -2019 -2021 dasturlarida ishlaydi)
💲 O'rnatish 30 000 so'm.
       @adasoftpaybot
        To'lov qilish

Sizda ushbu dastur avval o'rnatilgan bo'lsa Yangi versiyani o'rnatishda KODni avtomatik o'zi topadi va siz qo'shimcha to'lov to'lamaysiz.
https://adasoft.uz