Abdulkarim Rustamov | ACCA
4.28K subscribers
518 photos
186 videos
42 files
461 links
🏡 ACCA Member

πŸŽ–Oxford Brookes RAP mentor

🏒 Founder and Head Teacher at @MFA_Academy

πŸ“šHead teacher at @millatumidiuni

Kurslar haqida ma`lumot olish uchun: @Universal_tutor

-If you have very important things to ask, write to @Universal_tutor
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯21πŸŽ‰3
#Financial_illiteracy

Reklama banneri qo`yilgan joy- metroning chiqish ( yer osti yo`lagida). Target auditoriya- har kuni o`qish, ishga qatnaydigan ishchilar ( asosan). Marketing bo`yicha to`g`ri auditoriya va to`g`ri lokatsiya.

30 kun ortiqcha to`lovlarsiz deb kaaattta shriftda yozilgan. Lekin kichkina qilib yozilgan joyini e`tibor bilan o`qisangiz, mikroqarz kartaga o`tkazilganda Uzum Bank komissiyasi undiriladi deb yozilgan. Bu degani siz 50 million mikroqarz olib, 30 kunda foizlarsiz qaytarib beraman deganizdayam, siz ishlata oladigan summa 50 milliondan kamroq bo`ladi ya`ni mikroqarz beruvchi tashkilot har qanaqasiga o`zini ulushini olib qoladi.

😒 Eng yomoni 30 kundan keyin. Mabodo, 30 kun ichida olgan pulizni qaytarolmasayiz, 28% dan 44% gacha komissiya. Foiz ustiga o`tiradi degan gapni komissiya deb aytishyapti.

Shu shartlarda qarz olgan odam ( misol uchun 50 million UZS), 3️⃣ tomondan siqiladi:

(1) pul o`sha insonni qo`liga tushib, ishlatguncha 50 million so`mdan komissiya olib qolinib, kamroq summa qoladi.

(2) 30 kun ichida yopishim kerak degan xavotir insonni halovatini olib qo`yadi. Ayniqsa erkak kishini.

(3) agar 44% komissiya bo`lib qolsa, 50 million so`m nominal qarz olaman deb, 30 kundan keyin 50 millionni ustiga yana 22 million so`m to`lash kerak bo`ladi.

Instagramdagi orzu-havaslarni kamaytirib, moliyaviy savodxonligizni oshirib, bunaqa yutqazish aniq bo`lgan takliflardan qoching va sal kompaktniyroq lekin halovatli hayot kechiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’―42❀10πŸ‘7πŸ‘2πŸ”₯1
Masters Finance Academy
Raqobatchingiz sizdan arzon sotayotgan boβ€˜lsa, u zarar qilyaptimi? Tasavvur qiling, Safia va Cake Lab bir xil shirinlik ishlab chiqarib, sotadi. Bitta tortni tayyorlash uchun: mahsulotlar β€” $20 Ishchilarga toβ€˜lov β€” $10 Demak, bitta tort uchun variable…
Management Accounting fanini o`qiganlar yoki o`qitganlar gapimga qo`shilsa kerak. 😱Absorption vs Marginal Costingni imtihondan shunchaki o`tish uchun tushuntirish mumkin lekin hayotiy case ga bog`lab o`tish va uni eplab tushuntirish anchagina qiyin.

AI ham shu mavzuni Top 5 Hardest MA topics deb berdi. Aslida man uni 2-o`ringa qo`yardim)

MFA Academy ustozimiz, Asilbek ushbu maqolada Absorption va Marginal Costingni Safia vs Cakelab misolida shunday tushuntiribdilarki, uni tushunish uchun shunchaki o`zbek tilini bilsayiz yetadi.

πŸ˜„ Olaaaa, Abdulkarim akayam gapni oladida deyishidan oldin, siz bir o`qib ko`ring, mani aytdi deysiz.

πŸ“ž Har bitta darsini shunaqa misollar bilan o`tishsa, jon deb o`qirdim deyapsizmi? Unda 22-Sentabrdan boshlanadigan MA jonli darslarimizga yoziling.

ACCA va kurslar bo`yicha har qanaqa savoliz bo`lsa, MFA Academyga murojaat qilavering.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯8❀3🀩1
Masters Finance Academy
:)
Shu MFA Academy`gayam qoyil qolmadimda.

IELTS bozorida marketing o`yini bo`layotgan paytda, jimgina ACCA o`tib yurishsa bo`lmasmidi? Tinch o`tirmasdan, shu bizayam qobketmaylik deb javob post qilishibdi.

Sal haddidan oshib ketishdiyov.
MFA rahbariyati bilan bir gaplashib qo`yishim kerakka o`xshaydi, taniydiganlar bormi?
😁36🀣22🀯5❀1πŸ₯°1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯21❀14πŸ‘9πŸŽ‰4πŸ₯°1😍1
Audit (F8) va PM (F5) fanlari ACCA F paperlari orasida pass ratening pastligi bo`yicha doim bahslashishadi.

Eng qizig`i, katta paperlardan Live dars berishni aynan 2022-yil Yanvarda F8 fanidan boshlaganman.

Man ( Abdulkarim) shu Audit fanini haftada bir marta jonli offlayn/online o`rgatib, Dekabr imtihoniga sizni tayyorlayman)

Ha, yuqoridagi gapni qo`rqmay aytish uchun ustozda nima kerak bo`lsa, o`sha manda bor.

Audit bo`yicha 2024-yildan beri sinalib kelayotgan videodarslarimga to`liq access berib, har Juma kuni jonli dars tashkil qilyapman.

Dekabrda Audit imtihoni topshirmoqchi bo`lsangiz, bugungi (19:00dagi) Offlayn jonli darsimizga marhamat.

Dekabr imtihoni javoblari chiqqanida shu yozgan postimga javob yozaman.
πŸ”₯13❀6πŸ‘3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
❀12πŸ‘7
Ishxona uyga yaqin bo'lishining effekti
Minuslari:
Uyqu rejimi izdan chiqib ketadi. Masalan, darsim soat 8:00 da bo'lsa, 7:10 larda uyg'onaman. 1-para darsim bo'lmasa, odatda 8 larda turaman. Uzoqdan qatnasangiz, albatta ertaroq turasiz, bu degani ertaroq uxlashga yotasiz degani.

Ko'chada ko'p ishlarni bitirishimga to'g'ri keladi va doim og'ir backpack ko'tarib yuraman. Shu sabab qisqa masofaga ham mashinada boraman, piyoda juda kam yuraman. Original ideyalar menda piyoda yurganimda keladi. Ish vaqtiga taqab uydan chiqsam va qisqa masofaga ham mashinada yursam, ozgina tafakkur qilib, fikrlarimni tiniqlashtirishga vaqt juda kam qoladi.

Ko'pchilik izohlarda yozgan tirbandlikni odatda sezmayman. Lekin ba'zan uzoq masofaga borganda, maza qilib eshitib ketsa bo'ladigan podcastlarni sog'inadi odam.

Ishimga yaqin turishim oxirgi paytlar minusimga ishlayapti. "Uyim mana shu yerda-ku" deb, ishda kechgacha qolib ketaman. Sentabr oyining o'zida 4-5 marta kechki 1-2 gacha ishda qolib ketgan paytlarim bo'ldi.

Amerika seriallarida corporate workerlarning hech narsaga vaqti yetmasdi. Uyquga ham, ovqatlanishga ham, yo'lda ketayotganda ham hisobotlar qilib yoki telefonda ish bo'yicha gaplashib, tushlik vaqtida ham ofisida ishlab o'tirishardi. Corporate jobda ishlamayman deb qilgan qarorlarim orqasidan hozir xuddi shunaqa rejimdaman. Ertalab uyg'ongandan kechki 11-12 gacha work, work, work.

Ishxona yaqin degani, yo'ldagi vaqt tez tugab qoladi degani. 2021-yillarda Turkiston metrosi tarafdan Algoritmgacha ishga biroz piyoda, keyin metroda, keyin taksida borardik. Shu yo'ldagi vaqtimda ACCAning SBL paperini o'qib chiqqanman. 2020-yil yozda esa IELTS dars o'tishga velosipedda borardim va yo'ldagi 20-25 minut vaqtimda fikrlab yoki foydali narsalar eshitib ketardim. Hozir esa bunday imkoniyat yo'q.

Pluslari:
Istalgan payt uydaman yo ishdaman. Ishda bo'lganimda, srochno uyga borishim kerak bo'lsa, 10 daqiqa yetadi. Uyda o'tirganimda ham ishxonaga yetib olishim uchun 10 daqiqa ketadi. Ikkita ishda ishlashimni bilasizlar (1-Millat Umidi, 2-MFA Academy). Millat Umidida darsim nimadir sabab bilan ertaroq tugasa, uyga borib ovqatlanib, oilam bilan biroz bo'lsa ham ko'proq vaqt ajrata olaman.

Ovqatlanish masalasi eng yaxshi nuqta. Hammaga o'xshab ishxonaga ovqat olib kelishim shart emas. Lunch break 40-50 minut bo'lgan paytda uyga borib kelishga 19-21 minut, ovqatlanishga taxminan 25-30 minut ketadi. Bemalol ovqatlanish uchun esa, uyga borguningizcha ayolingiz hammasini tayyorlab qo'yishi ham kerak bo'ladi.

Xullas, ishxona yaqin bo'lishining ham plus, ham minuslari bor. Odamga qarab, yo plus ko'proq, yo minus. Discussion uchun ichimdagilarni yozdim.
πŸ”₯85❀5🐳4πŸ’―3πŸ‘1πŸ₯°1
Bu rasm MFA Academy devorini bezab turgan haqiqiy qo`l mehnati. Hech qanaqa AI emas, ijodkori esa, mani eng yaqin do`stim (Bo`lam) Yax`yo. Do`stim rasm chizish bo`yicha haqiqiy ACCA member. Toshkentdagi ko`pgina domlarda u chizgan rasmlarni ko`rishiz mumkin.
Rasmni asil bahosi endi anchagina bo`lsa kerak, lekin manga bu hadya qilindi.

MFA logoni chap tarafida London tasvirlangan, ya`ni ACCA tashkil topgan joy ramzi.

Logoning o`ng tarafida esa o`zimizning azim Toshkent, bu MFA tashkil topgan joy.

MFA London va Toshkentni bog`lab turgan ko`prik misoli ( shoir bo`lib ketay-e)

Kam sonli ranglar ishlatilgan. Qizil rang ham ACCA ham MFA ning asosiy rangi. Qora va kulrang esa ishiga jiddiy yondashadigan, har xil ranglarga chalg`imaslik uchun.

Bir qarashda oddiy, bir qarashda murakkab.

Sizdayam boshqa sohadagi do`stiz shunaqa sovg`alar berganmi?)
πŸ”₯30😁12πŸ‘4πŸŽ‰4❀1πŸ₯°1🐳1
Forwarded from Masters Finance Academy
Sizlarni 1-oktabr β€” Oβ€˜qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ustoz β€” bilim berish bilan birga, yosh avlodning dunyoqarashi va hayotga boβ€˜lgan munosabatini shakllantiradigan, ezgu maqsadlar sari yoβ€˜l koβ€˜rsatadigan insondir.

Yoshlarning kelajagi va jamiyatimiz taraqqiyoti yoβ€˜lida berayotgan bilimingiz, mehringiz va hayotiy saboqlaringizni yuksak qadrlaymiz.

Hurmat bilan,
MFA ACADEMY
.

πŸ˜€Instagram | 🎬YouTube | πŸ“±Telegram | πŸ˜€Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀8πŸ”₯6πŸ‘5πŸ₯°1
20 kunda 4,300 views. Kamchiliklarimizga qaramay, online bo`lgan ushbu suhbatni ko`rgan barchaga rahmat))

Ko`rmaganlarga esa ko`rish tavsiya qilinadi.

ACCA sohasidagi qariyb 10 yillik tajribadan kelib chiqib aytilgan gaplar, manimcha hammaga yoqadi.

Video havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=zZG7WLx464I&t=3807s
πŸ‘17πŸ”₯9❀4⚑2😁2πŸ†1
Bugun Yakshanba kuni biroz vaqt topib, daromad va xarajatlarimni yozib, oylik planlarimni ko`rib chiqayotgandim.

Variable-rate (darsbay) da ishlaydigan ustozlar uchun Oktabr eng zo`r oy.

Chunki Oktabrda 31 kun bor, hech qanaqa mid-term yoki final exam weeklarga togri kelib qomaydi. Bitta qizil kun, 1-Oktabr ham keyinroq cover qilinadi. Aynan shu 1-Oktabr uchun bonus ham beriladi.

Xullas, darsbay ishlaydigan ustozlar uchun Oktabr oyi eng ideal money-making oy hisoblanadi.

Bundan keyin esa bunaqa oy faqat Aprelda bo`ladi.

Yoz fasli ham ustozlar uchun yaxshi bo`ladi. Ham darslardan dam olishadi ham yaxshigina mehnat ta`tili summasi. Dam va otpusk hamma kasbdayam bor, lekin ustozlikdan boshqa yana qaysi kasbda ta`til muddati va summasi 56 kunga hisoblab beriladi?

❓ Boshqa kasblarda Oktabr oyi va ta`til bo`yicha qanaqa holat?) Kanalimda ishlaydiganlar ham yetarlicha, javoblarizni kutaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀12πŸ‘6πŸ₯°1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚑29πŸ”₯13πŸ‘4
*Tepadagi rasm : 2024-yildagi birinchi slaydlarimdan biri

Ustoz sifatida eng quvonchli kunlardan biri πŸŽ“

Millat Umidi Universitetida ishlayotgan har yilim 1-darsdan talabalarga, ayniqsa 1-kurslarga, ACCA bergan imkoniyatlarni aytib boraman. 2024-yil sentabrda ham shunday qildim.
O'shanda bir talaba ACCA topshirmoqchi ekanini aytdi. Bunday gaplarni oldin ham, keyin ham juda ko'p eshitganman, shuning uchun unchalik hayron bo'lmadim.

Lekin bu talaba gapida turdi. Marg'uba 1-kursligidanoq paperlarni topshirishni boshladi. 2025-yil 1-fevraldan 2026-yil 10-martgacha ACCAdagi barcha 9 ta F paperni topshirib, bir urinishda o'tdi.

"Buncha shoshib nima keragi bor?" deyishingiz mumkin. Uning maqsadi aniq edi: 2026-yil may oyidagi eng oxirgi imkoniyatdan foydalanib, Oxford Brookes University diplomini olish. Vaqti kelganda FR va PM, AA va FM fanlarini ham ikkitadan bitta sessiyada topshirib o'tdi.

2026-yil 7-oktabr. OBU diplom ishlarining javoblari chiqdi. Millat Umidida endigina 3-kursga o'tgan Marg'uba Oxford Brookes Universitydan bakalavr diplomini oldi.

Qisqasi, 2 yilda universitetni bitirdi. Bu Buyuk Britaniyaning Oksford shahridagi, QS reytingida 374-o'rinni egallagan universitet.

Eng qizig'i endi keladi. Universitetlararo musobaqada qatnashib, Big4 va boshqa kompaniyalardan internship taklifi olsa, Marg'uba yana ikki yil intern bo'lib qolmaydi. Unda bakalavr diplomi bor, shuning uchun to'liq stavkada ishlashi mumkin.

Bunday yutuqlarni ko'rganim sari, kasbimni bekorga tanlamaganimga amin bo'laman.

Millat Umidida amalga oshirmoqchi bo`lgan loyihalarimdan yana biri amalga oshdi
πŸ”₯55❀10⚑4😁3