JavaScript | 𝗢𝗳𝗳𝗶𝗰𝗶𝗮𝗹 𝗰𝗵𝗮𝗻𝗻𝗲𝗹
36 subscribers
51 photos
7 videos
1 file
85 links
💾 Bio: "The channel is made for learners who study most well-known coding language «JavaScript»".

Telegram: t.me/absJavaScript
X: twitter.com/absJavaScript
Download Telegram
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 13 – Ma’lumot turlari (Data Types)

🧠 JavaScriptda ma’lumotlar turli ko‘rinishda bo‘ladi. Har birining o‘ziga xos vazifasi bor.

🔸 Primiv (oddiy) ma’lumot turlari:
1. Stringmatnlar uchun
let ism = "Islombek";

2. Numberbutun yoki o‘nlik sonlar
let yosh = 18;
let narx = 12.5;

3. Booleantrue yoki false
let to‘g‘ri = true;
let noto‘g‘ri = false;

4. Undefinedqiymat belgilanmagan
let x;
console.log(x); // undefined

5. Nullbo‘sh qiymat
let qiymat = null;

6. Symbolnoyob identifikator (kam ishlatiladi)
7. BigIntkatta sonlar uchun
let kattaSon = 1234567890123456789012345678901234567890n;


🔹 Obyekt turlari (Complex types):
Object
let talaba = {
ism: "Ali",
yosh: 20
};

Array (Massiv)
let ranglar = ["qizil", "yashil", "ko‘k"];

Function
function salomBer() {
console.log("Salom!");
}


📌 typeof operatori
Ma’lumot turini aniqlash uchun ishlatiladi:
let yosh = 18;
console.log(typeof yosh); // number


📘 Har bir ma’lumot turi o‘z joyida ishlatiladi. Masalan, tugmani bosilganini tekshirishda boolean, ismni saqlashda string, narxda number kerak bo‘ladi.


Avvalgi postda "Oʻzgaruvchilar: var, let, const" o‘zgaruvchilari haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Operatorlar (Amallar)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 14 – Operatorlar (Amallar)

🔧 JavaScriptda operatorlar orqali qiymatlar ustida turli hisob-kitoblar va solishtirishlar amalga oshiriladi.


🔹 Aritmetik operatorlar:
let a = 10;
let b = 3;

console.log(a + b); // 13
console.log(a - b); // 7
console.log(a * b); // 30
console.log(a / b); // 3.333...
console.log(a % b); // 1

+ — qo‘shish
- — ayirish
✖️ * — ko‘paytirish
/ — bo‘lish
♻️ % — qoldiqni olish


🔹 Tayyorlovchi (assignment) operatorlar:
let x = 5;
x += 2; // x = x + 2
console.log(x); // 7

➡️ = – belgilash
+=, -=, ✖️ *=, /=, ♻️ %=


🔹 Solishtirish operatorlari:
console.log(5 == "5");   // true
console.log(5 === "5"); // false
console.log(5 != 3); // true
console.log(5 > 3); // true
console.log(5 <= 5); // true

== – qiymat tengmi?
=== – qiymat va turi tengmi?
!=, !== – teng emas
🔼 <, >, <=, >=


🔹 Mantiqiy (logical) operatorlar:
let yosh = 20;
console.log(yosh > 18 && yosh < 25); // true

&& – va
|| – yoki
! – inkor (not)


Amaliy masala:
let yosh = 16;

if (yosh >= 18) {
console.log("Siz katta yoshdasiz");
} else {
console.log("Siz hali voyaga yetmagansiz");
}


Avvalgi postda "Ma’lumot turlari (Data Types)" haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Shart operatorlari (if, else, switch)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
JavaScript Array Methods Cheat Sheet 🤓

Master all essential JS array methods with this one-stop guide – map, filter, reduce, and more! 🔥

React ❤️ for more content like this
👍2
Forwarded from IT | Ishkal
Codier.io – Frontend dasturchilar uchun qiziqarli platforma

Agar siz 👩‍💻 HTML, 👩‍💻 CSS va 👩‍💻JavaScript bo‘yicha ko‘proq amaliyot qilishni istasangiz, Codier.io siz uchun qulay sayt bo‘lishi mumkin.

Bu platformada:
◾️Frontend challange’lar (masalalar)ni yechasiz.
◾️O‘z loyihalaringizni yaratib, jamiyat bilan bo‘lishasiz.
◾️Boshqalar yozgan kodni ko‘rib, tajriba orttirasiz.
◾️VS Code’ga o‘xshash onlayn muharrirda ishlaysiz (autocompletion, highlight bilan).

Afzalliklari:
◾️Amaliy mashqlar orqali o‘rganish.
◾️Jamiyat bilan kod almashish.
◾️SCSS, Pug kabi preprocessorlarga ham qo‘llab-quvvatlash.

Kamchiligi:
◾️Asosan frontend bilan cheklangan.
◾️Feedback sifati hamjamiyat faolligiga bog‘liq.

Umuman olganda, frontendni amaliy tarzda mustahkamlashni xohlovchilar uchun yaxshi manba.


Sizningcha, bunday amaliy mashqlar platformalari foydali bo‘ladimi? 🤔

#frontend #javascript #css #html

🫡 @it_ishkal — Har qanday muammoning yechimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM