JavaScript | 𝗢𝗳𝗳𝗶𝗰𝗶𝗮𝗹 𝗰𝗵𝗮𝗻𝗻𝗲𝗹
36 subscribers
51 photos
7 videos
1 file
85 links
💾 Bio: "The channel is made for learners who study most well-known coding language «JavaScript»".

Telegram: t.me/absJavaScript
X: twitter.com/absJavaScript
Download Telegram
#Set #absJavaScript
Set


Set — bu to'plam. Faqat bunda har bir element bir marotaba foydalanishi mumkin.

let set = new Set()yangi Set yaratildi.
set.add("abs")qiymat qo'shildi
set.delete("abs")qiymat olib tashlandi.
set.has("abs")qiymat bor yo'qligi tekshiradi . Bor bo'lsa true aksida bo'lsa false
set.clear()ma'lumotlarni tozalaydi
set.sizeelementlar soni

🔗 @absJavaScript
👨‍💻2❤‍🔥1👍1🔥1
🎉 Premium bepul darslar davom etadi! 🚀


Hurmatli dasturchilar! 🙋‍♂

📌 Sizning talablaringizga binoan, "Premium bepul" darslarimizni davom ettirishga qaror qildik!

🗓 Darslar 8-martdan boshlab yana yo‘lga qo‘yiladi! 🥳

🔹 Endi siz JavaScriptning eng muhim mavzularini tushunarli, qiziqarli va amaliy misollar bilan o‘rganishda davom etasiz.
🔹 Har bir dars sizning bilimlaringizni mustahkamlash va real loyihalar yaratish imkonini beradi.
🔹 Yo‘lda davom etamiz! 💪 Siz ham biz bilan birga o‘rganishda davom eting!

🚀 Yangiliklarni kuzatib boring, yangi darslar tez orada!

🔗 @absJavaScript
😍2❤‍🔥1👍1
1️⃣ #Map

Mapbu kalit-qiymat juftligi bilan ishlovchi obyekt. Oddiy obyektlardan farqli ravishda, Map har qanday turdagi kalitlarni qabul qiladi. Ularning tartibi saqlanadi va maxsus metodlari mavjud.

let map = new Map();  
map.set("name", "Ali");
console.log(map.get("name")); // "Ali"
map.delete("name");
console.log(map.has("name")); // false


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
2️⃣ #WeakSet

WeakSetfaqat obyektlarni saqlash uchun ishlatiladi. Unda primitiv qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. WeakSet’dagi elementlarga bevosita murojaat qilib bo‘lmaydi, lekin ularning mavjudligini tekshirish mumkin.

let ws = new WeakSet();  
let obj = {name: "Ali"};
ws.add(obj);
console.log(ws.has(obj)); // true
ws.delete(obj);


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
3️⃣ #WeakMap

WeakMapkalit sifatida faqat obyektlarni qabul qiladi. Obyekt yo‘qolib ketsa, unga bog‘liq ma’lumotlar ham avtomatik o‘chiriladi. Bu xotirani tejashga yordam beradi.

let wm = new WeakMap();  
let obj = {};
wm.set(obj, "Ma'lumot");
console.log(wm.get(obj)); // "Ma'lumot"
wm.delete(obj);


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
4️⃣ #ArrayMethods

Massivlar bilan ishlash uchun turli metodlar mavjud. Ular orqali element qo‘shish, o‘chirish, saralash va filtr qilish mumkin. Quyidagi kod misollarini ko‘rib chiqing.

let arr = [1, 2, 3, 4, 5];  
arr.push(6); // Oxiriga qo'shadi
arr.pop(); // Oxirgi elementni o'chiradi
arr.filter(x => x > 2); // 2dan kattalarini oladi


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
5️⃣ #StringMethods

String metodlari matnlar bilan ishlashda juda muhim. Ular yordamida uzunlikni bilish, katta-kichik harflarga o‘zgartirish, almashtirish va boshqa ko‘plab amallarni bajarish mumkin.

let str = "JavaScript";  
console.log(str.length); // 10
console.log(str.toUpperCase()); // "JAVASCRIPT"
console.log(str.replace("Script", "Lang")); // "JavaLang"


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
7⃣ #ObjectMethods

Obyektlar ustida ishlash uchun maxsus metodlar mavjud. Ushbu metodlar yordamida obyektni tahlil qilish, nusxalash va ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.

let obj = {name: "Ali", age: 25};  
console.log(Object.keys(obj)); // ["name", "age"]
console.log(Object.values(obj)); // ["Ali", 25]
console.log(Object.entries(obj)); // [["name", "Ali"], ["age", 25]]


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
8️⃣ #SpreadOperator

Spread operator (...) obyekt va massivlarni kengaytirish uchun ishlatiladi. Bu kodni soddalashtiradi va ma’lumotlar bilan qulay ishlash imkonini beradi.

let arr1 = [1, 2, 3];  
let arr2 = [...arr1, 4, 5];
console.log(arr2); // [1, 2, 3, 4, 5]

let obj1 = {a: 1, b: 2};
let obj2 = {...obj1, c: 3};
console.log(obj2); // {a: 1, b: 2, c: 3}


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
9⃣ #RestOperator

Rest operator (...) bir nechta argumentlarni bitta massiv sifatida olish imkonini beradi. Bu funksiyalar bilan ishlashda juda foydali.

function sum(...numbers) {  
return numbers.reduce((a, b) => a + b, 0);
}
console.log(sum(1, 2, 3, 4)); // 10


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
👍3❤‍🔥1
🔟 #Promise

Promiseasinxron operatsiyalar bilan ishlash uchun kerak. U va’dalangan natijani qaytaradi va ishlov berishni osonlashtiradi.

let myPromise = new Promise((resolve, reject) => {  
setTimeout(() => resolve("Ma'lumot keldi!"), 2000);
});

myPromise.then(data => console.log(data));


🔗 @absJavaScript | #JvSc@absJavaScript
❤‍🔥3👍1
📢 E’tibor bering! Sizning fikringiz muhim!

Hurmatli dasturchilar! 👨‍💻

"Premium bepul" darslarining yana 10 tasi sizga taqdim etildi! Biz siz uchun eng foydali va tushunarli darslarni tayyorlashga harakat qildik. Endi sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

👥👥👥 Hurmat bilan "@absJavaScript kanali" jamoasi!

🔗 @absJavaScript
👍3❤‍🔥1
Darslar qanday bo‘ldi?

🗳 So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring! Sizning javoblaringiz kelgusi darslarni yanada yaxshiroq qilishimizga yordam beradi!
Anonymous Poll
80%
Juda zo‘r, davom etsin! 🚀
0%
Foydali, lekin biroz soddaroq tushuntirilsa yaxshi bo‘lardi 🤔
0%
Qiyin, tushunishga qiynalmoqdaman 😔
20%
Men boshqa mavzular bo‘yicha darslar xohlayman 📝 ((izohda
❤‍🔥3👍1
DSA (Data Structures and Algorithms) ni o'rganish uchun 5 ta qadam:

1⃣-qadam:
Birinchi navbatda biror dasturlash tilini o'rganish lozim. Misol uchun: Java, C++, JavaScript, Python. Ushbu tillar algoritm va ma'lumotlar tuzilmalari bilan ishlash uchun mos keladi.

2⃣-qadam:
Time Complexity va Space Complexity tushunchalarini o'rganish zarur. Bu algoritmning samaradorligini baholashda muhim rol o'ynaydi.

3⃣-qadam:
Ma'lumotlar tuzilmalari (Data Structures) va algoritmlar (Algorithms) bilan tanishish:

Data Structures: Array, String, Linked List, Stack, Queue, Tree, Graph.

Algorithms: Searching, Sorting, Divide & Conquer, Hashing, Greedy, Recursion, Backtracking, Tree & Graph Traversal, Dynamic Programming.

4⃣-qadam:
Data Structures va algoritmlarni amalda qo‘llab ko‘rish.
Amaliyot qilish uchun tavsiya etilgan manbalar: LeetCode, CodeChef, Codeforces, HackerRank, GeeksforGeeks.

5⃣-qadam:
DSA bo‘yicha bilim va mahoratingizni oshirish uchun turli xil manbalar yoki onlayn musobaqalarda ishtirok eting.
Musobaqalar uchun foydali saytlar: TopCoder, HackerRank, CodeChef, LeetCode, Codeforces.


Agar masalalarni ishlashda qiyinchilikka duch kelsangiz yoki DSA ni o'rganmoqchi bo‘lsangiz, yuqorida sanab o'tilgan 5 qadamni qo'llab ko'ring. Bu bosqichlar sizga jarayonni osonlashtiradi va natijada samarali o‘rganishingizga yordam beradi.


🔗 @absJavaScript
🆒2❤‍🔥1👍1
#Foydali #Kodlar #Telefon #Qongiroq
Telefoningiz oʻchiqligida sizga kimlar qoʻngʻiroq qilganini bilmoqchimisiz! Kodlarni ustiga bosib nusxa oling va bajarib koʻring! ((Oʻzingizga kerakligini 😁

📞 "Ucell" kompaniyasi uchun:
*321#


📞 "Mobiuz" kompaniyasi uchun:
*111*0131#


📞 "Beeline" kompaniyasi uchun:
*110*061#


📞 "Uztelecom" kompaniyasi uchun:
*111*9*4*1#
🆒2❤‍🔥1👍1
☎️ BANKLARNING TELEFON RAQAMLARI

Bank xizmatlari bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot olish yoki plastik karta blokka tushib qolganda banklarning quyida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

🏦 Asakabank—1152
🏦 O‘zmilliybank—1344
🏦 Xalq Banki—1106
🏦 Aziya Alyans Bank—1270
🏦 Ipoteka-bank—1233
🏦 Agrobank—1216
🏦 Turonbank—1220
🏦 MKB Bank—1285
🏦 O‘zsanoatqurilishbank—1180
🏦 Ipak Yo‘li Banki—1296
🏦 Biznesni rivojlantirish banki—1254
🏦 Tenge Bank—1245
🏦 Trastbank—1287
🏦 Davr Bank—1284
🏦 Infinbank—1214
🏦 Hamkorbank—1256
🏦 Garant Bank—1326
🏦 Ziraat Bank—1293
🏦 Anorbank—1290
🏦 TBS Bank—1150
🏦 Universalbank—1355
🏦 Kapitalbank—1340
🏦 Apex Bank—1881
🏦 Hayot Bank—1320
🏦 Orient Finans Bank—4004
🏦 Smart Bank—1377
🏦 Yangi Bank — (+99878)-777-88-87
🏦 KDB Bank—(+99878)-120-80-00
🏦 Saderot Bank—(+99871)-252-11-61
🏦 Uzum Bank—(+99878)-777-07-99
🏦 Oktobank—(+99871)-202-33-33
🏦 Avobank—(+99878)-888-78-87
🏦 Poytaxtbank—(+99871)-214-20-00
🏦 Aloqabank—(+99871)-230-7777
🏦 Markaziy bank—(+99871)-212-62-05

🔗 @absJavaScript
👍2❤‍🔥1😁1🆒1
👋 Hammaga salom! Kanal ahli! Kanal aktivligi qanday ‽

Bizni kuzatib boring:
Telegram | X
👍2❤‍🔥1🔥1
11. – JavaScript sintaksisi va konsol


🚀 JavaScriptga ilk qadam!

Assalomu alaykum, dasturlashga qiziqqan do‘stlar!
Bugun siz bilan JavaScript sintaksisi bilan tanishamiz va konsolda kod yozishni o‘rganamiz.


✍️ Sintaksisbu dasturlash tilining grammatikasi. To‘g‘ri sintaksis yozilmasa, kod ishlamaydi.
console.log("Salom, JavaScript!");

🛠 console.log()bu brauzerning konsolida ma’lumot chiqarish uchun ishlatiladi.

🖥 Konsolni ochish uchun:

• Chrome: F12 → “Console”

• Firefox: Ctrl + Shift + K


Misol:
console.log(5 + 3); // 8
console.log("Bugun dars 11");

Siz uchun vazifa:
O‘zingiz haqingizda 3 ta console.log() yozing.

Keyingi postda "O'zgaruvchilar: var, let, const" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 12 – O‘zgaruvchilar: var, let, const


💡 JavaScriptda o‘zgaruvchi — bu ma’lumotni saqlovchi konteyner.


🔹 var — eski usul (hozir kam ishlatiladi)
var ism = "Falonchi";
console.log(ism);

⚠️ var — funksional ko‘lamga ega, ya’ni faqat funksiya ichida ishlaydi.
Qayta e’lon qilish mumkin, ammo bu xatolarga olib kelishi mumkin.



🔹 let — zamonaviy va xavfsiz
let yosh = 18;
yosh = 19;
console.log(yosh);

letblok ko‘lamga ega.
✍️ Qiymatini o‘zgartirish mumkin, lekin qayta e’lon qilib bo‘lmaydi.



🔹 const — o‘zgarmas qiymatlar uchun
const PI = 3.14;
console.log(PI);

🔐 const bilan e’lon qilingan qiymat hech qachon o‘zgarmaydi.
🎯 Asosan doimiy qiymatlar uchun ishlatiladi.



Qachon qaysi biri ishlatiladi?

letqiymatni keyin o‘zgartirish kerak bo‘lsa

constbutunlay o‘zgarmaydigan qiymat bo‘lsa

varishlatmaslik tavsiya etiladi


🧪 Amaliy masala:
let ism = "Ali";
let yosh = 20;

console.log(ism + " " + yosh + " yoshda.");

🧠 Natija: Ali 20 yoshda.

Avvalgi postda "JavaScript sintaksisi va konsol" haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Ma’lumot turlari (Data Types)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1