Abror Hamza
81 subscribers
30 photos
49 videos
4 files
83 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
Biz Instagramda 5 mingta bo‘ldik, barchalaringizni g‘oyibona yaxshi ko‘raman, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Bugun TDIUning Instagramdagi norasmiy sahifasi 1 yoshga to‘ldi

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, yaxshi niyat va qiziqish bilan ochilgan universitet sahifasi bir yil davomida 5 mingdan ziyod obunachini jamladi. Sahifa yil davomida doimiy faol bo‘lmasa-da, ba’zi oylar tanaffus qilgan bo‘lsa ham, foydali kontentlar orqali auditoriyani jalb qila oldi. Umid qilamanki, sahifa orqali Instagram tarmog‘ida universitetimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarni yoshlarga yetkazishga erishdim.

Bu sahifa orqali kelgan minglab savol va murojaatlarga ijobiy javob berildi, ayrim murojaatlar esa ijobiy hal qilindi. Sahifamiz ko‘plab rahbarlar va ustozlar tomonidan e’tirof etildi. Sahifani rivojlantirishda hech qachon bachkana yo‘llar tanlanmadi.

Hatto, sahifamizni Oliy ta’lim vaziri kuzatayotgani va bizning kichik ishimizni yuqori baholab, e’tirof etganlari bo‘ldi. TDIU matbuot kotibi ham sahifamizni e’tirof qilganlar. Xudo xohlasa, bu sahifani bundan keyin ham sifatli kontent va foydali ma’lumotlar bilan boyitishda davom etaman. Rahmat, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Kunga guvohlik shart emas

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda eng qaynagan mavzulardan biri Mubashshir domla haqlarida bo‘lmoqda, desak, xato emas. Imom domlalarni bu masalada malomat qilinayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Aslida Mubashshir domlaning kimligi, asl-u nasli, faoliyati, qanchalar vatanparvar ekani, oxirgi holatlar barchaga kundek ravshan. Bunga guvohlik shart ham emas. Shunday bo‘lsa da, ayrim haqiqatlarni eslab o‘tish mumkin.

Biz Oliy ma’hadda o‘qigan kezlarda Mubashshir Ahmad domla u yerda fiqhdan dars berar edi. Burhoniddin Marg‘iloniyning "Hidoya" asarlaridan darsga kirardi. Adashmasam, boshqa fanlardan ham darslari bor edi. Domlalar ham, talabalar ham u kishini yaxshi ko‘rar, hurmat qilar edi. Keyin ham u kishi asosan rasmiy doiralarda, qonun doirasida faoliyat olib bordi. U kishida ko‘rganimiz Vatan uchun jonkuyarlik, xalqparvarlik, kengfirlik, bag‘rikenglik kabi yaxshi xislatlar bo‘ldi. Inson kamchilikdan xoli emas albatta, hamma ham xato qiladi. Gohida maqsadlar bir, vositalar farqli bo‘ladi. Muhimi insondagi sadoqatdir. Alloh barchamizning holimizni isloh aylasin!

O‘zbekiston huquqiy davlat, inshoolloh, Domlaga nohaqlik bo‘lmaydi deb umid qilamiz. Bu yurt allomalar yurti, inshoolloh, olimlar qadrlanadigan yurt bo‘lib qolajak.

Duoda bo‘linglar!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
Nomahramga shahvat nazari bilan qarashning oqibati xastalikdir

Tib olimlarining, xususan, jinsiy soha mutaxassislarining olib borgan ilmiy tekshirishlari yosh yigitlarning, umuman, erkaklarning ayollarga shahvat nazari bilan qarashlari jinsiy ojizlikni keltirib chiqarishini isbotladi. Chunki boshqa jinsga shahvat nazari bilan qaragan odamda jinsiy mayl uyg‘onadi, u maylni qaytarish esa osonlik bilan bo‘lmaydi. Bu jarayonning ko‘p takrorlanishi esa jinsiy ojizlikka olib keladi.


👉 @abrorhamza 👈
DXX Call-markazi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik!

Kuni kecha Abdulhamidxonning avlodlaridan birining aytgan ajoyib so‘zlarini o‘qib qoldim, gaplari menga juda ham yoqdi. U shunday yozadi:
"Biz dunyoning katta qismida bir necha asr hukmronlik qilgan sulola avlodi bo‘lsak ham, Vatan sadoqati yo‘lida ko‘p mashaqqatlarga duch keldik. Vaqti kelsa, tirikchilik uchun sabzi-kartoshka ham sotdik, kashnich-piyoz ham sotdik. Men faxr bilan shuni aytamanki, biz nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik".

E’tiborimni tortgan narsa, so‘zlovchi din-diyonatli, e’tiqodli odam ekan. Haqiqatan, tarixda ham, bugun ham haqiqiy musulmon odamning gapi shu bo‘lgan. Shu paytgacha yurtimizning asosiy fidoiylari ham ulamolar, din-u diyonatli kishilar bo‘lgani fikrimizni quvvatlaydi.

Darhaqiqat, Vatan elniki, ajdodlardan qolgan pokiza meros, u hech kimning shaxsiy mulki emas. Binobarin, u har birimiz uchun omonat, unga sadoqat burchimiz, uni hech bir qiymatda sotish, shaxsiy manfaatga ishlatish mutlaq mumkin emas.
Vatan bejizga onaga mengzalmagan. Ha, biz uni "Ona Vatan" deymiz. Onani sotib bo‘larkanmi? Onani baholab bo‘larkanmi? Yo‘q, Ona sotilmaydi, bil’aks, ona uchun jon-u mol fido qilinadi, vujudni baxshida etiladi. Vatanni sotganlar onasini sotgan sanaladi. Kishi nima sotsa sotsin, ammo Onani sotmasin!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.


👉 @abrorhamza 👈
2024 ОТМлар.pdf
206.9 KB
Davlat OTMlarining 2024-yildagi yillik daromadlari va xarajatlari

Eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilikni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti egalladi — 927 mlrd 472 mln so‘m.

Sof foyda bo‘yicha esa eng yuqori o‘rinda Jizzax davlat pedagogika universiteti qayd etildi — 76 mlrd 169 mln so‘m.


👉 @abrorhamza 👈
Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

JAVOB: Yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
 
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay “NB” qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.
 
Kontrakt to’lash muddatlari:
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
 
🔹 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.


👉 @abrorhamza 👈
Ummat yuksalishi uchun ayollarimiz yuksalishlari kerak! — Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
O’zbek xalqi 1990-yilda qabul qilingan 1409-I sonli SSSR qonunining 2-moddasiga muvofiq, SSSRdan ajralib chiqishga qaror qilgan va kim istasa, istaganicha muhokama qilishi mumkin, bu qaror to’g’ri va o’zgarmas!

Rossiya esa shamollaganlar va hayolparastlaridan tezroq qutilishi kerak. Bu dard gazak olib, tobora og’ir oqibatlardan darak bermoqda.

Ukraina egoist, tarqoq va zaif g’arbga tayanib xato qildi, lekin bir-biriga tayanayotgan Markaziy Osiyo, qolaversa, butun turkiy dunyoni hisobga olmaganlar xato qiladi.

Rossiya Prezidenti fikrini esa qo’llab-quvvatlayman, qalban rus dunyosiga taalluqli bo’lganlar, hududi yetarlicha ko’p bo’lgan Rossiyada xotirjam va baxtli yashashlari kerak.


👉 @abrorhamza 👈
Aziz bitiruvchi!

Avvalo, maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayotga qadam qo‘yayotganing bilan tabriklayman. Oldingda hali ko‘plab unutilmas sarguzashtlar turibdi. Taqdiringni chiroyli sarguzashtlar bilan davom ettirishing uchun esa o‘zing sevib bajaradigan kasbni tanla. Kimningdir aytgani, lavozim mavqei yoki boshqalarning xohishi uchun kasb tanlama.

Ichki hissiyotlaringga quloq sol: qaysi ishni sevib bajarasan — o‘sha ishni top. O‘sha sohada universitetga kir, yoki havas qiladigan ustozingga shogird tush. Hali qaysi soha senga to‘g‘ri kelishini bilmasang — shoshilma. Bir yil vaqting ketsa ham, o‘zing yoqadigan ishni topish uchun izlanishda bo‘l.

O‘zing sevgan ishni topgach esa, endi shu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun universitetda o‘qish kerakmi yoki yo‘qmi, o‘zingga savol berib ko‘r. Agar o‘qish shart bo‘lmasa, to‘rt yil umrni bir dona karton diplom uchun sarflab, uni uvol qilma. Tanlagan sohangda hurmat qiladigan ustozingga shogird tush, o‘rgan, izlan va doim harakatda bo‘l.

Kelajakda davlat ishida ishlamoqchimisan yoki xususiy sektorda — buni ham aniq qilib ol. Bu bosqich ham universitetda o‘qishing kerakmi yoki yo‘qligini belgilab beradi.

Muhimi, hayotda o‘z yo‘lingni topadigan ishni, sohani tanla va rivojlanishdan to‘xtama. Odamlar hayoti bilan yashama, o‘zingni boshqalar bilan solishtirishni bas qil. Sening taqdiring — boshqalarinikiga o‘xshamaydi. O‘z yo‘lingda oldinga qat’iy qadamlar bilan yur.

Tanlagan kasbing orqali jamiyatga, ummatga foydasi tegadigan ishlar qil. Vatanga foydang tegsin, odamlarning ishini yengillashtir, yurt rivojiga hissangni qo‘sh.

Masxaraboz, ko‘zbo‘yamachi bo‘lma. Tizim aynan shunday shaxslarni xohlaydi. Sen oqimga qarshi suz, yangicha dunyoqarash olib kel. Shunday bo‘lsinki, o‘sha masxarabozlar ham senga qarsak chalsin.

Aziz bitiruvchi, katta hayotga qo‘ygan ilk qadaming muborak bo‘lsin. Ulkan zafarlar tilayman!


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyog‘i yerdan uzilgan rahbarlar haqida, salom bersang alik olmaydigan "o‘zidan" kimdirlar yasab olganlar haqida, ishxonadagi laganlar haqida Bahodir aka yaxshi voqea aytib beribdilar, sen o‘tirgan kursing, seniki emas, o‘zingda bo‘laver.

Ba’zilar bor lavozim desang lavozim ham emas, o‘zidan nimadirlar yasab oladi, shunaqalarni ko‘rsam, kulishni o‘rniga yig‘lagim keladi, chunki achinaman. Chetdan qanday xunuk ishligini, u bilmaydi ham, chunki bilish uchun odamda aql bo‘lish kerak, unda yo‘q u narsa.

Bahodir aka Oliy ta’lim vaziri Kongratboy Avezimbetovich haqida haq so‘zlarni aytibdilar, haqiqatdan insoniyligi va kamtarliklari oliy darajada. Bu hech kim bo‘lmasa ham o‘zidan kimdir yasab olganlarga saboq bo‘lsin, ramkalaringda bo‘laverlaring, ramkangda bo‘lmasang hayot ramkangga tushirib qo‘yadi, xavotir olma.


👉 @abrorhamza 👈
Talaba qanday holatlarda kursdan kursga o’tmay qolishi mumkin?

JAVOB: Sizning kursdan kursga qolishligingiz siz o‘qiyotgan OTM tomonidan belgilangan GPA ko‘rsatgichiga bog‘liq.

GPA ko‘rsatgichini har bir OTM mustaqil belgilay olish huquqiga ega, kursdan kursga o‘tish GPA ko‘rsatkichi 2.4 - 3.0 oralig‘ida bo‘lish talab etiladi.

Siz o‘qiyotgan OTMda kursdan kursga o‘tish GPA ko‘rsatkichi 2.5 belgilangan deylik, shu 2.5 ko‘rsatgichni tushunishingiz uchun misol keltiraman.

Siz 1 yil davomida 4 ta fan o‘qidingiz, har bir fandan maksimal 100 ball to‘play olasiz, siz ikkita fandan maksimal ball to‘pladingiz, qolgan ikki fandan esa umuman ball to‘play olmadingiz, shunda sizning GPA ko‘rsatgichingiz 2.5 bo‘lib kursdan kursga o‘tishni qanoatlantiradi.

Mabodo 2.5 bo‘lmay qolsa kursdan kursga qolasiz. Keyin bitta fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan yakuniy nazorat imtihoniga kiritilmaydi va ushbu fandan akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talaba qarzdor fanini keyingi semestr yoki ta’til vaqtida ushbu fan uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirib qayta o‘zlashtirishi mumkin.

Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi. Siz bakalavr bosqichida 8 yilgacha, magistratura bosqichida esa 4 yil muddatgacha o‘qiy olasiz.

❗️Bu muddat sizning o‘qishga kirgan yilingizdan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi.


👉 @abrorhamza 👈
Bu semestrda barcha fanlarni «5» baho bilan yakunladim, alhamdulillah.

Kelgusi semestrlarda barcha talaba do‘stlarimga zafarlar tilayman. O‘quv yillari davomida har biringiz o‘zingizga kerakli natijalarni qo‘lga kiritib, mustaqil va farovon Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qodir bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingizga tilakdoshman.

Yaxshi o‘qib, el-yurt koriga yaraydigan malakali kadr bo‘lishingizni tilayman. O‘zim va sizlarga bu mas’uliyatli yo‘lda omad yor bo‘lsin!


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.


👉 @xushnudbek 👈