Abror Hamza
77 subscribers
197 photos
163 videos
9 files
283 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ko‘rmagan noyob kadr. Bu video Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilk inauguratsiyasidan parcha, siz bu kadrlarni avval ko‘rganmisiz?

Yangi O‘zbekistonning boshlanish tarixi.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jadidlar orzu qilgan boylar hali yetishib chiqqanicha yo‘q...

...Xalqning mentaliteti bilan bog‘liq odatlarning o‘zgarishi oson emas. Har qancha farmon-u qaror chiqarsangiz ham, sahar-mardondan ko‘zini uqalab to‘yxonaga ketayotgan kishilar safi ozaymaydi. Hali uyqusi qochib ulgurmagan odam tong-saharlab hazmi og‘ir taomni tanovul qilishi shartmi?

Jadidlar isloh qilmoqchi bo‘lgan masalalardan biri ham ayni shu – to‘y masalasi edi. Ular yashagan zamonlarda to‘y mahalla miqyosidagi ma’raka edi, xolos. Odamlar uxlamasdan shaharning bir chekkasidan narigi chekkasiga osh yegani bormasdi. Aholining aksar qismi kambag‘al yoki o‘rtahol bo‘lgan va to‘y xarajatlari shu toifa kishilarning battar kambag‘allashuviga sabab bo‘lardi. Jadidlar to‘y – oilaviy bayram, shuning uchun ko‘pga osh tortaman deb qarzga botmang, agar orzu-havas yo‘lida sarf-xarajat qilmoqchi bo‘lsangiz, shu mablag‘ni farzandingizni ilmli, ma’rifatli etishga sarflang, degan da’vat bilan chiqdi.

U vaqtdagi to‘ylarni hozirgi dabdabali to‘ylar bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. Agar jadidlar hozir yashaganlarida nima degan bo‘lardi? Qo‘sha-qo‘sha doshqozonlarda osh damlab, yurtga to‘y bergandan ko‘ra mehrga muhtoj oilalarga madad qo‘lingni uzat, farzandlaring ta’lim olayotgan maktabga uch-to‘rtta kompyuter sovg‘a qil, mahallangdagi o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarni asfaltlab ber... degan bo‘lmasmidi?

Kezi kelganda aytish joizki, hashamatli restoran va to‘yxonalarning ko‘payishi xalqning boy bo‘lganini anglatmaydi.

Jadidlar orzu qilgan boylar hali yetishib chiqqanicha yo‘q...

Jadidlar to‘ydan tashqari, giyohvandlik, juvonbozlik singari millat kamoliga monelik qilgan masalalarga ham bejiz e’tibor qaratmagan. Ammo ularni hayajonlantirgan eng muhim masala ma’rifat edi.

XX asrda qanday olamshumul voqealar sodir bo‘lgan bo‘lsa, bularning barchasi yuksak aql-zakovat va bilimning samarasi edi. XXI asrda yashayotgan yosh vatandoshlarimiz jahonga Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ab-u Nasr Forobiy, Ab-u Rayhon Beruniy, Ab-u Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari mashhur siymolarni yetishtirib bergan o‘zbek xalqining ilmiy va ijodiy salohiyatini namoyish eta oladigan yetuk inson bo‘la oladimi? Bor-yo‘g‘i ikki-uch ming nusxada chop etilayotgan kitoblarni ham sotib olmaydigan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi ma’ruzalarni xushi kelganda borib tinglaydigan yoshlar buyuk ajdodlariga munosib ma’rifatli voris bo‘la olarmikan?..

Agar jadidlar bizning kunlarga eson-omon yetib kelganida, yana yeng shimarib ishlagan bo‘lardilar...

Nayim Karimov


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Farmoni (PF-76, 2025-yil 5-may) bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga rasmiy javoblar:

Sirtqi ta’lim bekor bo‘ladimi?

JAVOB: Ha. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha OTMlarda sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

Sirtqida o‘qiyotganlar nima bo‘ladi?

JAVOB: Ular o‘qishni davom ettirib, diplom olishadi.

Endi o‘rniga nima bo‘ladi?

JAVOB: Kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari kengaytiriladi.

Qabul qanday bo‘ladi?

JAVOB: Bu shakllarga ajratiladigan kvotalar kunduzgi ta’lim qabulining 50 foizidan oshmaydi.

Part-time ta’lim nima o‘zi?

JAVOB: Ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan, haftaning ayrim kunlari o‘qitiladigan yangi shakl. Nizomlar tayyor bo‘lgach, ishga tushadi.


👉 @abrorhamza 👈
Sardor Xoldorov – universitetdagi hozircha eng yaxshi ustozlarimdan biri. U kishi nafaqat ustoz, balki bizga aka ham bo‘la olgan.

Ikki yildirki, bizga dars o‘tib kelmoqdalar. Bu vaqt ichida, ehtimol, bilib-bilmay dilxiralik qilgan, ba’zida erkalik bilan noo‘rin muomala qilgan bo‘lishimiz mumkin. Bunday holatlar uchun kechirim so‘raganmiz – bu yerda ham yana bir bor uzr so‘rayman.

Ustoz har doim biz bilan samimiy, do‘stona munosabatda bo‘lganlar. Ba’zida hazil-mutoyibalar, ba’zida esa kerakli tanbeh ham berardi: “Abror, sizga uyat!” deb qo‘yardilar.

Ha, aytgancha, muhim bir jihatni aytmabman-ku, Sardor aka bizga Islomiy moliya buxgalteriyasi fanidan bir semestr dars o’tdilar. 1-kursda esa statistika fanidan saboq bergan edilar.

Ustozning dars metodikasi juda yuksak: konspektga majburlash yo‘q, faqat o‘tilgan mavzuni tushunib, o‘z fikringiz bilan yetkazib bera olsangiz kifoya. Seminar mashg‘ulotlarida savol-javob orqali chuqurroq o‘rganardik. Hatto mustaqil ish topshiriqlarida ham, “Prezentatsiya qilib yurma, mavzuni tushunib, gapirib bersang bo‘ldi. Men uchun eng muhimi – bilimingiz”, derdilar.

Sardor akaga son emas, sifat muhim edi. Har bir talabaga bitta harf bo‘lsa ham ilm o‘rgatishga harakat qilardilar. Bunday fidoyi ustozlar kam topiladi.

Sardor aka o‘rgatgan saboqlaringiz uchun tashakkur, ustoz!


👉 @abrorhamza 👈
Kamoliddin Yusupov – Soliq va soliqqa tortish huquqi fanidan dars bergan ustozimiz.

Kamoliddin akaning dars o‘tish uslubi ancha o‘zgacha, darslarni sodda, tushunarli va hayotiy misollar bilan tushuntirganlar. Quruq nazariya emas, amaliyotga yaqin yondashuv orqali darsni yodda saqlash oson bo‘lardi.

Har bir darsda bilimni chuqurlashtirishga harakat qilardilar. Savol-javoblar, real holatlar asosidagi tahlillar orqali Soliq fani biz uchun jonli va qiziqarli ko‘rinish ola boshlagan. Ayniqsa, soliq qonunchiligiga oid murakkab tushunchalarni soddalashtirib, oddiy tilda tushuntirib berishlari talabalar uchun katta yengillik bo‘lgan.

Kamoliddin aka qat’iy, ammo adolatli ustoz. Talabani qiynamasdan, ayni paytda bo‘sh qo‘ymasdan o‘qitadigan ustozlardan. Fanga bo‘lgan mehrini, talabalariga ham singdira olgan inson.

Ilm va sabr bilan bergan saboqlaringiz uchun tashakkur, ustoz!


👉 @abrorhamza 👈
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilish iyun oyida boshlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilish iyun oyida onlayn tarzda — my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari 2025-yilning iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz Instagramda 5 mingta bo‘ldik, barchalaringizni g‘oyibona yaxshi ko‘raman, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Bugun TDIUning Instagramdagi norasmiy sahifasi 1 yoshga to‘ldi

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, yaxshi niyat va qiziqish bilan ochilgan universitet sahifasi bir yil davomida 5 mingdan ziyod obunachini jamladi. Sahifa yil davomida doimiy faol bo‘lmasa-da, ba’zi oylar tanaffus qilgan bo‘lsa ham, foydali kontentlar orqali auditoriyani jalb qila oldi. Umid qilamanki, sahifa orqali Instagram tarmog‘ida universitetimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarni yoshlarga yetkazishga erishdim.

Bu sahifa orqali kelgan minglab savol va murojaatlarga ijobiy javob berildi, ayrim murojaatlar esa ijobiy hal qilindi. Sahifamiz ko‘plab rahbarlar va ustozlar tomonidan e’tirof etildi. Sahifani rivojlantirishda hech qachon bachkana yo‘llar tanlanmadi.

Hatto, sahifamizni Oliy ta’lim vaziri kuzatayotgani va bizning kichik ishimizni yuqori baholab, e’tirof etganlari bo‘ldi. TDIU matbuot kotibi ham sahifamizni e’tirof qilganlar. Xudo xohlasa, bu sahifani bundan keyin ham sifatli kontent va foydali ma’lumotlar bilan boyitishda davom etaman. Rahmat, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Kunga guvohlik shart emas

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda eng qaynagan mavzulardan biri Mubashshir domla haqlarida bo‘lmoqda, desak, xato emas. Imom domlalarni bu masalada malomat qilinayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Aslida Mubashshir domlaning kimligi, asl-u nasli, faoliyati, qanchalar vatanparvar ekani, oxirgi holatlar barchaga kundek ravshan. Bunga guvohlik shart ham emas. Shunday bo‘lsa da, ayrim haqiqatlarni eslab o‘tish mumkin.

Biz Oliy ma’hadda o‘qigan kezlarda Mubashshir Ahmad domla u yerda fiqhdan dars berar edi. Burhoniddin Marg‘iloniyning "Hidoya" asarlaridan darsga kirardi. Adashmasam, boshqa fanlardan ham darslari bor edi. Domlalar ham, talabalar ham u kishini yaxshi ko‘rar, hurmat qilar edi. Keyin ham u kishi asosan rasmiy doiralarda, qonun doirasida faoliyat olib bordi. U kishida ko‘rganimiz Vatan uchun jonkuyarlik, xalqparvarlik, kengfirlik, bag‘rikenglik kabi yaxshi xislatlar bo‘ldi. Inson kamchilikdan xoli emas albatta, hamma ham xato qiladi. Gohida maqsadlar bir, vositalar farqli bo‘ladi. Muhimi insondagi sadoqatdir. Alloh barchamizning holimizni isloh aylasin!

O‘zbekiston huquqiy davlat, inshoolloh, Domlaga nohaqlik bo‘lmaydi deb umid qilamiz. Bu yurt allomalar yurti, inshoolloh, olimlar qadrlanadigan yurt bo‘lib qolajak.

Duoda bo‘linglar!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
Nomahramga shahvat nazari bilan qarashning oqibati xastalikdir

Tib olimlarining, xususan, jinsiy soha mutaxassislarining olib borgan ilmiy tekshirishlari yosh yigitlarning, umuman, erkaklarning ayollarga shahvat nazari bilan qarashlari jinsiy ojizlikni keltirib chiqarishini isbotladi. Chunki boshqa jinsga shahvat nazari bilan qaragan odamda jinsiy mayl uyg‘onadi, u maylni qaytarish esa osonlik bilan bo‘lmaydi. Bu jarayonning ko‘p takrorlanishi esa jinsiy ojizlikka olib keladi.


👉 @abrorhamza 👈
DXX Call-markazi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik!

Kuni kecha Abdulhamidxonning avlodlaridan birining aytgan ajoyib so‘zlarini o‘qib qoldim, gaplari menga juda ham yoqdi. U shunday yozadi:
"Biz dunyoning katta qismida bir necha asr hukmronlik qilgan sulola avlodi bo‘lsak ham, Vatan sadoqati yo‘lida ko‘p mashaqqatlarga duch keldik. Vaqti kelsa, tirikchilik uchun sabzi-kartoshka ham sotdik, kashnich-piyoz ham sotdik. Men faxr bilan shuni aytamanki, biz nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik".

E’tiborimni tortgan narsa, so‘zlovchi din-diyonatli, e’tiqodli odam ekan. Haqiqatan, tarixda ham, bugun ham haqiqiy musulmon odamning gapi shu bo‘lgan. Shu paytgacha yurtimizning asosiy fidoiylari ham ulamolar, din-u diyonatli kishilar bo‘lgani fikrimizni quvvatlaydi.

Darhaqiqat, Vatan elniki, ajdodlardan qolgan pokiza meros, u hech kimning shaxsiy mulki emas. Binobarin, u har birimiz uchun omonat, unga sadoqat burchimiz, uni hech bir qiymatda sotish, shaxsiy manfaatga ishlatish mutlaq mumkin emas.
Vatan bejizga onaga mengzalmagan. Ha, biz uni "Ona Vatan" deymiz. Onani sotib bo‘larkanmi? Onani baholab bo‘larkanmi? Yo‘q, Ona sotilmaydi, bil’aks, ona uchun jon-u mol fido qilinadi, vujudni baxshida etiladi. Vatanni sotganlar onasini sotgan sanaladi. Kishi nima sotsa sotsin, ammo Onani sotmasin!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.


👉 @abrorhamza 👈
2024 ОТМлар.pdf
206.9 KB
Davlat OTMlarining 2024-yildagi yillik daromadlari va xarajatlari

Eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilikni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti egalladi — 927 mlrd 472 mln so‘m.

Sof foyda bo‘yicha esa eng yuqori o‘rinda Jizzax davlat pedagogika universiteti qayd etildi — 76 mlrd 169 mln so‘m.


👉 @abrorhamza 👈
Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

JAVOB: Yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
 
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay “NB” qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.
 
Kontrakt to’lash muddatlari:
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
 
🔹 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇭🇺O‘zbekiston va Vengriya: kengaytirilgan strategik sheriklik sari muhim qadam!

Budapeshtdagi “Karmelita” saroyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga olib chiqildi.

🔹 Savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda – 500 mln yevrolik loyihalar portfeli mavjud, yana 1,5 milliard yevroga teng yangi tashabbuslar tayyor.
🔹 Vengriyaning “OTP” banki moliya bozorimizga kirib keldi, Sirdaryoda parrandachilik klasteri shakllanmoqda, “Inpark” boshqaruvida sanoat zonasi tashkil etilmoqda.
🔹 Transport, farmatsevtika, IT, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🔹 Madaniyat va ta’lim sohalarida ham yangiliklar ko‘p: “Lazgi” baleti Budapeshtda sahnalanadi, madaniyat yili e’lon qilinadi, diplomlar tan olinadi, Vengriya universitetlari filiallari ochilishi ko‘zda tutilgan.

Yil yakunigacha Budapeshtda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, ishbilarmonlar kengashi va ikkinchi Hududlar forumi o‘tkaziladi.

Prezidentimiz Vengriya Bosh vazirini O‘zbekistonga javob tashrifi bilan taklif etdilar.


👉 @abrorhamza 👈