Abror Hamza
73 subscribers
235 photos
176 videos
8 files
330 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
YANGILIK!

“O‘zagrosug‘urta” AJda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakultetining “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi filiali ochildi!

Tadbirda TDIU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori S. Mehmonov, “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari B. Ahadov, kafedra professor-o‘qituvchilari, kompaniya xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘rtasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu hamkorlik:

🔹 Sug‘urta ishi,
🔹 Moliyaviy risklarni boshqarish,
🔹 Davlat moliyaviy nazorati
sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Kelgusida magistratura va ilmiy-tadqiqot sohalarida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi!


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga aylantiriladi — prezident 👉 @abrorhamza 👈
Universitetning boshqaruv tizimi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi. Mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi.

Pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi — prezident farmoni


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Mening bog‘im” loyihasiga ovoz berish uchun so‘nggi kun.

Men ham jamiyatimiz uchun foydali deb bilgan bu kampaniyada faol ishtirok etish maqsadida, o‘zim munosib deb topgan loyihaga ovoz berdim.

Yashil kelajak — o‘z qo‘limizda!


👉 @abrorhamza 👈
Tanishing: yonimdagi yigitning ismi — Suhrob. Bugungi suhbatimiz aynan shu yigit haqida bo‘ladi.

Suhrob — yaxshi bola. Har doim nimanidir rejalashtirib yuradi, tadbirkorlik ishlariga uquvi bor, ma’lumotlarni tez tahlil qila oladi. Bu yigit o‘yalish degan tuyg‘u bilan yoshligida shartnomani buzib, menga kerak emassan! deb so‘kib, haydab yuborgan bo‘lsa kerak.

Biror ishni bajarish kerakmi, kimdandir nimadir so‘rash kerakmi — bemalol so‘raydi, hech narsadan hijolat bo‘lmaydi. Ba’zida gaplarni olib qochadi, lekin ko‘ngli toza yigit.

U — ota tomonidan qashqadaryolik, ona tomonidan samarqandlik, o‘zi esa toza toshkentlik.

Kelajakda bu yigitdan katta tadbirkor chiqadi, deb o‘ylayman. Hozirda u “Birga” nomi ostida halol va tansiq sendvichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Sendvichning ta’mini birinchilardan bo‘lib tatib ko‘rganman, ta’miga gap yo’q. Omadini bersin, ishlariga zafarlar tilayman. Alloh boshlagan ishini O‘zi muvaffaqiyatli qilsin.


👉 @abrorhamza 👈
Oliy ta’limda sifat — kelajak poydevori!

Bugun, 30-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish, ayniqsa, nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta texnikum tashkil etilib, bugungi kunda ularda 500 mingga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda. Oliy ta’lim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oshgani — e’tiborga molik natija. Biroq, sifat masalasi hali ham dolzarb.

Yig‘ilishda quyidagi asosiy takliflar ilgari surildi:

🔹 Nodavlat ta’lim tashkilotlarini ikki bosqichli litsenziyalash tizimiga o‘tkazish;
🔹 Ta’lim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish;
🔹 Har 5 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini joriy qilish;
🔹 Sifatni tashqi baholovchi, mutlaqo mustaqil tuzilma tashkil etish.

Ma’naviy barkamol, kasbiy yetuk kadrlar tayyorlash — har qanday taraqqiyotning asosi.


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Muhokama guruhi (Abror Hamza)
Guruhda provokatsiya, reklama hamda feyk akkauntdan xabar jo‘natganlar bloklanadi.

❗️Guruh qoidalari: http://bit.ly/3QhT68M

Guruh Qoidalarni bilmaslik, ular bilan tanishib chiqmaganlik, ularga rioya etmaslikka bahona bo‘lmaydi. Avval tanishib chiqing.
Hurmatli guruh a’zolari!

Muhokama jarayonida har biringizdan o‘zaro hurmatni saqlagan holda fikr bildirishni so‘rayman. Fikrlar xilma-xil bo‘lishi mumkin, biroq bu hech qachon bir-birimizni ranjitish, dil xira qilish yoki asabiy tortishuvlarga sabab bo‘lmasligi kerak. Oddiy masalalarda ham to‘g‘ri munosabat bildiraylik, o‘zaro hurmat doirasidan chiqmaylik.

Ushbu guruhning asosiy maqsadi – kanalda e’lon qilinayotgan postlarga fikr, taklif va munosabat bildirishdan iborat. Barcha ishtirokchilar quyidagi qoidalarga amal qilishi shart:

1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va guruh qoidalariga rioya qilish;
2️⃣ Fikr bildirayotganda o‘zaro hurmatni saqlash;
3️⃣ Shaxsga emas, fikrga munosabat bildirish;
4️⃣ Guruh tinchligi va madaniyatini saqlash.

Qoidalarning buzilishi holatlarida guruh administratorlari izohlarni o‘chirish, ogohlantirish, kerak bo‘lsa, a’zolikdan chiqarish huquqiga egadirlar.

Muhokamalarni foydali, madaniyatli va konstruktiv qilish o‘zimizga bog‘liq.


👉 @abrorhamza 👈
Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi #texnikum

2025/2026 o‘quv yili uchun 599 ta texnikumga qabul parametrlari belgilandi. Qabul 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual shakllarda amalga oshiriladi.

Jami kvota — 311 ming 009 nafar:

🔹 205 ming 729 nafar — davlat granti asosida;
🔹 105 ming 280 nafar — to‘lov-kontrakt asosida.

Xalqaro dasturli 14 ta texnikumga — 1680 nafar o‘quvchi to‘liq grant asosida qabul qilinadi.

Bitiruvchilar uchun kvotalar:

🔹 9-sinf: 515 ta texnikum, 139 ming 245 ta grant o‘rni;
🔹 11-sinf: 549 ta texnikum, 171 ming 764 ta o‘rin, shundan 66 ming 484 tasi — grant.

Ta’lim shakllari kesimida kvotalar haqida ma’lumot:

9-sinf bitiruvchilari uchun kunduzgi va dual ta’lim shakli uchun kvotalar haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33320

11-sinf bitiruvchilariga kunduzgi ta’lim shakli uchun kvotalar haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33322

11-sinf bitiruvchilariga sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalar haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33324

11-sinf bitiruvchilariga kechki ta’lim shakli uchun kvotalar haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33325

Umumiy o’rta ma’lumotga ega abituriyentlar uchun dual ta’lim shakli kvotalari haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33328

Xalqaro ta’lim dasturlariga 9-sinf bitiruvchilari uchun kunduzgi ta’lim shakli kvotalari haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33329

Xalqaro ta’lim dasturlariga umumiy o’rta ma’lumotga ega abituriyentlar uchun kunduzgi ta’lim shakli kvotalari haqida ma’lumot?
Javob: https://t.me/eduuz/33330


👉 @abrorhamza 👈
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasasi ochish uchun litsenziya berish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi — vazir


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Abror Hamza
❗️Yakuniy nazorat imtihonlari haqida talabalar bilishi kerak bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar

Yakuniy nazorat imtihonlar boshlanishidan 1 oy oldin sizga topshiriqlar(savolnomasi) va baholash mezoni yetkazilishi kerak.

Imtihon paytida talabaning auditoriyadan uzrli sabablarsiz chiqishi taqiqlanadi va mabodo ruxsatsiz chiqib ketgan talaba bo‘lsa ushbu imtihonga qayta qo‘yilmaydi. Bundan barcha talabalarni xabardor qilishimiz kerak, sababiki yangi o‘quv yilidan kuchaytirilgan maxsus Ishchi guruh imtihon jarayonlarini nazorat qilib boradi.

Imtihon jarayonlari video kuzatuv orqali ham nazorat qilinadi va imtihon jarayoni to‘liq ovozli formatda yozib olinadi.

Shu orqali, korrupsiyaviy holatlarga barham beriladi. Videoyozuv 1 yil davomida saqlanadi.

Endilikda siz imtihon olinadigan auditoriyaga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, ID-karta, pasport yoki talabalik guvohnomangizni ko‘rsatgan holda kira olasiz.

Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda Ishchi guruh tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazishda kalkulyator yoki imtihon savoliga doir qurilma va boshqa jadvallardan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.

Sizning imtihonda yozib bergan javoblaringizni sizga dars o‘tmagan o‘qituvchi-professor tomonidan baholanadi va ismingiz shifrlangan bo‘ladi.

Yakuniy nazorat imtihonlari javoblari esa imtihon o‘tgandan so‘ng 3 kun muddat ichida HEMIS axborot tizimiga qo‘yilishi kerak.

Yakuniy nazorat imtihonlaridan mabodo yiqilib qolsangiz, qayta topshirish imkoniyatingiz bor, bu haqda mana bu yerda batafsil ma’lumot berilgan.

https://t.me/abrorhamza/1467


@abrorhamza
Abror Hamza
❗️Yakuniy nazorat imtihonlari haqida talabalar bilishi kerak bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar Yakuniy nazorat imtihonlar boshlanishidan 1 oy oldin sizga topshiriqlar(savolnomasi) va baholash mezoni yetkazilishi kerak. Imtihon paytida talabaning auditoriyadan uzrli…
Yakuniy nazorat imtihonlarigacha bo‘lgan ballarim:

46/50
45/50
45/50
45/50
44/50

Hozircha hammasi yaxshi. Yana o‘zgarishi mumkin — oldinda hali bir hafta dars bor.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ko‘rmagan noyob kadr. Bu video Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilk inauguratsiyasidan parcha, siz bu kadrlarni avval ko‘rganmisiz?

Yangi O‘zbekistonning boshlanish tarixi.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM