Abror Hamza
76 subscribers
281 photos
206 videos
8 files
373 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
Ookla: O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha oxirgi 4-yilda 65 pog‘onaga yuqorilagan

Jahonning nufuzli Speedtest Global Index reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi yanada yaxshilanib bormoqda.

O‘zbekistonda internet infratuzilmasini rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish va foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli xizmatlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Bu dinamika mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tishdagi ildam qadamlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Speedtest Global Index natijalariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston 133-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat ushbu reytingda 68-o‘ringa ko‘tarilgan. Shu tariqa O‘zbekiston 2020-yildan beri 65 pog‘onaga yuqorilagan.

Ma’lumot uchun, Ookla – global internet tezligini o‘lchash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilot bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkoniyatini beradi. Tashkilot har oy Speedtest Global Index reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xudo xayringizni bersin, yana umringizni bersin, uyingizga oftob oling, bittagina kitob oling!” — Sirdaryo viloyati hokimi

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida 21-27 aprel kunlari o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kitobsevarlar bilan birga! Viloyat bo‘ylab tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, u kitob o‘qish madaniyatini yuksaltirish va yoshlar orasida mutolaaga muhabbatni targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Erkinjon Turdimov barchani ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarda ishtirok etib, kitob olamiga sayohat qilishga chorlamoqda! Keling, birgalikda kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada oshiraylik!


👉 @abrorhamza 👈
Shukur so'zi shukrning ko'plik shakli, ya'ni shukrlar degani. So'zning ikkala shaklidan ham birdek foydalaniladi.


👉 @abrorhamza 👈
TIQQXMMI jamoasiga Nobel mukofoti sohibi qo‘shildi!

Milliy tadqiqot universiteti uchun tarixiy qadam: ekologik axborot texnologiyalari yo‘nalishida jahon miqyosida tan olingan olim, 2007-yilgi Nobel mukofoti laureati — professor Henricus Balthasar Joseph Leemans endilikda TIQQXMMIda faoliyat yuritadi!

2025-yil 14-apreldan boshlab u to‘liq shtatli professor sifatida ilmiy-pedagogik ishlarni boshladi.

Uning ishtiroki bilan:

🔹 ekologik monitoring,
🔹 barqaror rivojlanish,
🔹 geoaxborot texnologiyalari
yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tariladi.

Bu yangilik nafaqat universitet nufuzini, balki O‘zbekiston ilm-fan salohiyatini xalqaro miqyosda mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi professor Leemansga bildirgan ishonchi va hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.

Ilm-fan taraqqiyoti — kuchli O‘zbekiston garovi!


👉 @abrorhamza 👈
Yangi mobil ilova — eCampus, bu Hemis axborot tizimining mobil shakli bo‘lib, App Store va Play Market orqali yuklab olishingiz mumkin.

Ilovani sinov tariqasida ishlatib ko‘rdim. Asosiy funksiyalar o‘z o‘rnida: dars jadvali, baholar, murojaatlar kabi xizmatlar mavjud. Ishlash tezligi qoniqarli, lekin ilovaning interfeysi va dizayn borasida hali sezilarli darajada ustida ishlash kerak.

Tizimni doimiy ishlatadigan foydalanuvchilar uchun bu ilova muhim vositaga aylanishi mumkin — faqat sharti, sifatli takomillashtirish davom etishi lozim.

Talaba do’stim, ilovani siz ham foydalanib ko‘ring. Fikringiz qanday — izohlarda yozib qoldiring.


👉 @abrorhamza 👈
Meni bir nima qiziqtiryapti. Turiga ko‘ra, tungi klublar madaniyat muassasasi hisoblanadimi yoki turizm obyekti hisoblanadimi?

Umuman olganda tungi klublar faoliyati qaysi sohaga mansub?

Masalan, Xorazmda tungi klublarda yosh bolalarning jinsiy faoliyatga targ‘ib qilingani uchun qaysi vazirlik javob beradi?

Faraz qiling, siz jamiyat uchun eng kerakli, savobli, manfaatli, shuningdek davlatning ijtimoiy yukini yengillatadigan xususiy maktab yoki oliygoh ochmoqchisiz.

Ushbu ta’lim muassasasini yo‘lga qo‘yish uchun, quyosh nurining qaysi tomondan tushishi, xonadagi yorug‘lik o‘lchami, har bir o‘quvchiga ajratilgan maydondan tortib, qiz va o‘g‘il bolalarni ajratib o‘qitib qo‘ymaslikkacha bo‘lgan, ipidan-ignasigacha shartlar qo‘yilgan litsenziya olishingiz kerak. Agar birorta talabni buzib qo‘ysangiz, litsenziya bekor qilinadi.

Biroq, tungi klublarda esa, yosh qizlarning tanasini ellik yoshdan oshgan alkash erkaklarga tomosha qildirganingiz uchun qandaydir jarima bilan, yana shu ishni davom ettiraverishingiz mumkin.

Bolalarni o‘qitish qiyin, tomoshaga qo‘yish juda oson.

Ajoyib jamiyat quryapmiz-da, lekin. Oxiri baxayrmi bexayrmi bilib bo‘lmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Izohsiz.


👉 @abrorhamza 👈
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga aylantiriladi — prezident


👉 @abrorhamza 👈
Kasbiy ta’lim yo‘nalishida muhim hujjat qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 245-son qarori bilan “Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Endilikda ushbu Jamg‘arma faoliyati aniq tartibga solinadi — mablag‘lar qanday shakllantiriladi, qanday ishlatiladi, kim tomonidan boshqariladi — barchasi nizomda belgilab berilgan.

Mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:

🔹 kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik ta’minotini kuchaytirish;
🔹 yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish va chop etish;
🔹 “Kasbiy ta’lim” platformasini ishlab chiqish va barqaror ishlashini ta’minlash;
🔹 respublika miqyosidagi tanlovlar g‘oliblarini rag‘batlantirish.

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish uchun alohida Kengash tuziladi.

Har yili daromad-xarajatlar smetasi, moliyaviy hisobotlar va shartnomalar ro‘yxati vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Bu qaror kasbiy ta’lim tizimi uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin. Amalga oshirilishi esa doimiy e’tibor va nazoratni talab qiladi.


👉 @abrorhamza 👈
"Yangi O‘zbekiston" universitetida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlash rivojlantirilib, yangi laboratoriyalar ochiladi — Prezident.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik o‘qituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard so‘mlik grantlar jalb qilgan.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.


👉 @abrorhamza 👈
Navbatdagi urinish. To‘ylar tartibga solinadi

Prezidentning "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan tasdiqlangan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatida keltirilishicha, joriy yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.


👉 @abrorhamza 👈
🌳 “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilgi mavsumda hududlardan jami 570 ta loyiha taqdim etilgan. Bu — fuqarolarning yashil muhit yaratishdagi faolligidan dalolat.

Ovoz berish muddati: 30-aprelgacha.

Quyidagi yo‘llar orqali loyihalarga ovoz berishingiz mumkin:

1️⃣ Ochiq budjet portalining rasmiy veb-sahifasi;
2️⃣ Telegram’dagi rasmiy bot orqali.

“Yashil” kelajak — o‘z qo‘limizda.


👉 @abrorhamza 👈
21 kundan so‘ng TDIUning Instagramdagi norasmiy sahifasi 1 yoshga to‘ladi.

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, yaxshi niyat va qiziqish bilan ochilgan universitet sahifasi bir yil davomida 4 mingga yaqin obunachini jamladi. Sahifa yil davomida doimiy faol bo‘lmasa-da, ba’zi oylar tanaffus qilgan bo‘lsa ham, foydali kontentlar orqali auditoriyani jalb qila oldi. Umid qilamanki, sahifa orqali Instagram tarmog‘ida universitetimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarni yoshlarga yetkazishga erishdim.

Bu sahifa orqali kelgan minglab savol va murojaatlarga ijobiy javob berildi, ayrim murojaatlar esa ijobiy hal qilindi. Sahifamiz ko‘plab rahbarlar va ustozlar tomonidan e’tirof etildi. Sahifani rivojlantirishda hech qachon bachkana yo‘llar tanlanmadi.

Hatto, sahifamizni Oliy ta’lim vaziri kuzatayotgani va bizning kichik ishimizni yuqori baholab, e’tirof etganlari bo‘ldi. TDIU matbuot kotibi esa hazillashib: “Aka, sizning sahifangiz rasmiy sahifaga nisbatan rasmiy bo‘lib ketdi”, — deya kulgili, ammo chin so‘zlarni aytgan edilar. Xudo xohlasa, bu sahifani bundan keyin ham sifatli kontent va foydali ma’lumotlar bilan boyitish ustida ishlashda davom etaman.


👉 @abrorhamza 👈
Ertaga men uchun muhim kunlardan biri, bir xayrli ishimizning boshlanishi bo’lishi mumkin.

🤲 Duolaringizga muhtojmiz!


👉 @abrorhamza 👈
Yaxshi ko‘rsatuv bo‘libdi. Oila, halollik, diyonat bo‘lmagan jamiyat halokatga mahkum.

Videodan bugungi ayrim harakat va tashviqotlarning asl mohiyatini anglab olsa bo‘ladi. Radikal ateistlar va qadriyatsiz buzuqilarning ham asl manbasi ma’lum. Har kim o‘z safini aniqlab olaveradi. Kim Rahmonning tarafida, kimdir shaytonning.... Oqibat taqvodorlarnikidir.

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid tavsiyalari.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Endilikda ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan maktablarning bitiruvchilari davlat tilidan imtihon topshiradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan bitiruvchi sinflarning yakuniy attestatsiyasida ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritildi.


👉 @abrorhamza 👈
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi — Prezident qarori


👉 @abrorhamza 👈
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yayotganida lavhga qarab turib, "Nega bu yerda o‘zbekcha va inglizcha yozuv bor-u, ruschasi yo‘q?!" – deb norozi bo‘libdi.

Bular shu darajada bizning shaxsiy ishimizga aralashishga o‘rganib qolishganki, hatto o‘z yurtimizda oshimizni yeb, kekirib, haykalimizning lavhiga qanday tilda yozishimizgacha o‘rgatishyapti.

Sen Rossiya hududida emassan, borib bu gaplaringni o‘z hududingdagi rahbarlarga aytasan. O‘zbekiston mustaqil davlat va davlat tili o‘zbek tilidir, keyin qaysi tillarda yozilish kerakligini O’zbekistonning o‘zi belgilaydi.

Bugun do‘stlarim bilan Novzada turgandek, rus millatiga mansub ikki kishi metro qayerda deb ruscha savol berdi, yonimdagi do‘stlarim esa shoshib qolib ruscha javob berishdi, sening o‘z yaqinlaring shunaqa qilib o‘tirgandan keyin dardingni kimga ham aytarding, qachongacha bu davom etadi. Karam sho‘rvani yig‘ishtiraylik, tugadi u tuzum. Millatning tili yo‘q bo‘lar ekan, davlat ham yo‘q bo‘lishga mahkum, shuni yodda tutishimiz zarur.

Lavrov sen esa o‘z yurtingga yo‘qol!


👉 @abrorhamza 👈