Abror Hamza | Rasmiy
101 subscribers
47 photos
4 videos
4 files
25 links
Iqtisodchi-bloger Abror Turdiqulovning kanaliga xush kelibsiz!

instagram.com/abrorhamza - hozircha nofaol.

youtube.com/@abrorhamza

x.com/abrorhamza

facebook.com/abroriy.uz

Murojaat uchun: @abroriychatbot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi. Buyuk hadisshunos bobomiz maqbarasida Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.


👉 @abrorhamza 👈
“A level” va “International Baccalaureate” (IB) sertifikatlaridan foydalangan holda o‘qishga kirish tartibi qanday? #abituriyent

JAVOB: Xuddi SAT sertifikati singari, xalqaro tan olingan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda alohida imtiyozlar beriladi:

1️⃣ “A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi;

2️⃣ “International Baccalaureate” (IB) sertifikati (32 va undan yuqori ball) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun sertifikatdagi fanlar abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi kirish imtihoni fanlari majmuasiga (bloklariga) mos kelishi shart.

❗️Eslatma, mazkur sertifikat egalari kirish imtihonlarida (test sinovlarida) ishtirok etmasdan, imtihonsiz shartnoma asosida talabalikka tavsiya etiladilar.


👉 @abrorhamza 👈
Shu yil kuzda Seulda “Markaziy Osiyo – Koreya” sammiti bo’lib o’tadi

Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya bosh vaziri oʻrinbosari Ku Yun Chxol bilan uchrashuvida sammitga tayyorgarlik ko’rish masalasi muhokama qilindi.

Unda ustuvor yoʻnalishlarda yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va hududlararo almashinuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini raqamlashtirishda Koreya tomoni koʻmaklashishiga umid bildirildi.


👉 @abrorhamza 👈
💵 12,5 mlrd dollar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasida sheriklik bo‘yicha 2030-yilga qadar mo‘ljallangan yangi dastur imzolandi.

Unga umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalar kiritildi.

Kelgusida o’zaro hamkorlik qilinadigan sohalar: ipoteka bozori, xususiy sektor, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, inklyuziv taʼlim va inson kapitalini rivojlantirish, raqamli innovatsiyalar va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish…


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇸🇦Davlatimiz rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi ACWA Power delegatsiyasini qabul qildi

Kompaniya bilan quyidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi:

“Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishini boshlash;

Fargʻona shahrida koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasini barpo etish;

IT-parkda zamonaviy maʼlumotlar markazini ishga tushirish.


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇯🇵Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayamani ham qabul qildi

Uchrashuvda Oʻzbekiston Prezidenti ilgari surgan tashabbuslar:

▪️mamlakatimiz moliya tizimini modernizatsiya qilish, xususan, gʻaznachilik sohasiga sunʼiy intellektni joriy etish;
▪️raqamli moliya transformatsiyasi, shuningdek, ushbu yoʻnalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar;

O’zaro loyihalarni jadallashtirishga kelishib olingan sohalar:

🔹 qayta tiklanuvchi energiya;
🔹 tibbiyot;
🔹 axborot texnologiyalari;
🔹 transport;
🔹 qishloq xoʻjaligi.


👉 @abrorhamza 👈
📋 O’zbekiston yetakchisining Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ilgari surgan taklif va tashabbuslari:

Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish;

Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishi ma’lum qilindi va Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklif qilindi;

Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansini”ni tashkil etish;

Bankning “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qoʻshilish va uning doirasida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish;

“Markaziy Osiyo yashil belbogʻi” mintaqaviy loyihasini amalga oshirish;

Mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon – “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish.


👉 @abrorhamza 👈
@abrorhamza telegram kanali faoliyati noma’lum muddatga toʻxtatildi.

Umid qilaman-ki, kanal faoliyati qachondir qayta tiklanadi va foydali maʼlumotlar ulashishda davom etadi.


👉 @abrorhamza 👈