Abror Hamza | Rasmiy
100 subscribers
47 photos
4 videos
4 files
25 links
Iqtisodchi-bloger Abror Turdiqulovning kanaliga xush kelibsiz!

instagram.com/abrorhamza - hozircha nofaol.

youtube.com/@abrorhamza

x.com/abrorhamza

facebook.com/abroriy.uz

Murojaat uchun: @abroriychatbot
Download Telegram
🇺🇿🇨🇿Toshkent va Praga o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin

O’zbekiston Prezidenti va Chexiya bosh vazirining muzokaralari bo’lib o’tdi.

Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹 Tovar ayirboshlashni, shu jumladan, mahsulot turlarini kengaytirish orqali 1 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi;

🔹 Chexiyaning yetakchi kompaniyalari bilan mashinasozlik, “yashil” energiya, geologiya va muhim xomashyo, kimyo, farmatsevtika hamda boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirishni oʻz ichiga olgan Texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi;

🔹 Tomonlar Eksport kreditlarini sugʻurtalash agentligi va Chexiya Eksport bankining Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash niyatini olqishladilar;

🔹 Ishbilarmonlar kengashini tuzish va Hukumatlararo komissiyaning keyingi yigʻilishini shu yil avgust oyida Toshkentda oʻtkazish taklif qilindi;

🔹 Qoʻshma diplom dasturlari doirasida taʼlim va akademik almashinuvni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi;

🔹 Oʻzaro madaniyat va kino kunlari, koʻrgazma va konsertlarni muntazam ravishda oʻtkazish, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasida sayyohlar oqimini koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi;

🔹 Ikki mamlakat poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareysni qayta tiklash masalasi koʻrib chiqiladigan bo’ldi;

🔹 Shuningdek, tartibli mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko’rib chiqildi.


👉 @abrorhamza 👈
🚅 Toshkentdan Xivaga tezyurar elektropoyezd qatnovi yo’lga qo‘yilmoqda

“Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi 3-maydan Toshkent – Xiva yo‘nalishida, 4-maydan esa Xiva – Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlaydi.

Reyslar haftasiga 3 martadan: Toshkent – Xiva yo‘nalishida seshanba, payshanba va shanba kunlari, Xiva – Toshkent yo‘nalishida esa chorshanba, juma va yakshanba kunlariga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi tezyurar elektropoyezdda Toshkent va Xiva orasidagi yo‘lga sarflanadigan vaqt 7 soatgacha qisqaradi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza | Rasmiy
❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi (1.9.2) ishga tushirildi! #hemis Tizimda ijtimoiy faollik, bitiruv jarayonlari va stipendiyalar bo‘yicha bir qator muhim yangilanishlar amalga oshirildi: 1️⃣ “Ijtimoiy faollik” sahifasida talabalarning mezonlar bo‘yicha…
❗️HEMIS tizimida kontrakt va to‘lovlar monitoringi: Endi barchasi onlayn! #hemis

HEMIS tizimidagi kontraktlar ro‘yxati funksionali yanada takomillashtirildi. Endilikda tizim Billing (to‘lov tizimi) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, barcha ma’lumotlarni avtomatik taqdim etadi.

Tizim orqali nimalarni bilish mumkin?

▪️ Shartnoma raqami va summasi;
▪️ To‘langan mablag‘ miqdori;
▪️ Qarzdorlik to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar.

Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma:

1️⃣ Sinx tugmasi orqali billing tizimidan eng so‘nggi to‘lov ma’lumotlarini yangilab olish mumkin;
2️⃣ Ro‘yxatdagi barcha talabalar va ularning to‘lov holatini Excel fayliga yuklab olish mumkin;
3️⃣ Talaba familiyasi ustiga bosish orqali uning shaxsiy shartnomasini yuklab olish va to‘lov tarixini ko‘rish mumkin.

‼️Ushbu funksional talabaning shaxsiy kabinetiga ham joylashtirildi. Endi talabalar bankka bormasdan yoki buxgalteriyada navbat kutmasdan, o‘zlarining to‘lov holatlarini onlayn monitoring qilib borishlari mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️O‘zbekistonda ekologiyaga zarar yetkazgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi

Kecha, 30-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bu bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qayta koʻrib chiqish, ularni tabiatga yetkazilgan zarar miqdoriga bogʻlash va xalqaro amaliyotga yaqinlashtirish taklif etildi. Jumladan, bir qator holatlar uchun taʼsirchan moliyaviy choralar joriy etish koʻzda tutilgan.

Bu jarayonda maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlovini yagona moliyaviy sanksiyaga birlashtirib, korxona aybini tan olgan holatlarda uni Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan qoʻllash, nizoli holatlarda esa masalani sud tartibida koʻrib chiqish va hal etish tartibini joriy qilish taklif qilindi.


👉 @abrorhamza 👈
Ergashev Nodir Erniyazovich Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u agentlikning o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruh rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi. Buyuk hadisshunos bobomiz maqbarasida Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.


👉 @abrorhamza 👈
“A level” va “International Baccalaureate” (IB) sertifikatlaridan foydalangan holda o‘qishga kirish tartibi qanday? #abituriyent

JAVOB: Xuddi SAT sertifikati singari, xalqaro tan olingan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda alohida imtiyozlar beriladi:

1️⃣ “A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi;

2️⃣ “International Baccalaureate” (IB) sertifikati (32 va undan yuqori ball) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun sertifikatdagi fanlar abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi kirish imtihoni fanlari majmuasiga (bloklariga) mos kelishi shart.

❗️Eslatma, mazkur sertifikat egalari kirish imtihonlarida (test sinovlarida) ishtirok etmasdan, imtihonsiz shartnoma asosida talabalikka tavsiya etiladilar.


👉 @abrorhamza 👈
Shu yil kuzda Seulda “Markaziy Osiyo – Koreya” sammiti bo’lib o’tadi

Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya bosh vaziri oʻrinbosari Ku Yun Chxol bilan uchrashuvida sammitga tayyorgarlik ko’rish masalasi muhokama qilindi.

Unda ustuvor yoʻnalishlarda yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va hududlararo almashinuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini raqamlashtirishda Koreya tomoni koʻmaklashishiga umid bildirildi.


👉 @abrorhamza 👈
💵 12,5 mlrd dollar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasida sheriklik bo‘yicha 2030-yilga qadar mo‘ljallangan yangi dastur imzolandi.

Unga umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalar kiritildi.

Kelgusida o’zaro hamkorlik qilinadigan sohalar: ipoteka bozori, xususiy sektor, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, inklyuziv taʼlim va inson kapitalini rivojlantirish, raqamli innovatsiyalar va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish…


👉 @abrorhamza 👈