Abror Hamza
996 subscribers
1.09K photos
378 videos
89 files
1.2K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
Abror Hamza
❗️Ertaga, 15-aprel kuni soat 10:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Tadbirda vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda soha rahbarlari ishtirokida…
❗️Matbuot anjumani davomida quyidagi savollarga batafsil javob olishingiz mumkin:

Bakalavriatni xorijiy tilda tamomlaganlardan magistratura va doktorantura uchun til sertifikati soʻramaslik tartibi amaliyotda qanday ishlaydi?

Magistraturaga qabul imtihonlarini OTMlarning oʻzi mustaqil oʻtkazishi qanday tashkil etiladi?

Xorijlik talabalar uchun ajratiladigan grantlar qanday taqsimlanadi?

2027-yildan boshlab OTMlarni milliy reyting asosida moliyaviy ragʻbatlantirishda aynan qanday mezonlarga tayaniladi?

Taʼlim xizmatlarini bir joyga jamlash koʻzda tutilgan my.edu.uz platformasi orqali yana qanday xizmatlar koʻrsatilishi rejalashtirilmoqda?


👉 @abrorhamza 👈
❗️Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Abror Hamza
SAT sertifikatidan beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lganlar nima qilishlari kerak #abituriyent

JAVOB: 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab SAT bo‘yicha yuqori natija (eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori) olgan abituriyentlar, agar SAT sertifikati berilgan fan bakalavriat yo‘nalishidagi kirish fanlari bilan mos bo‘lsa, qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar SAT sertifikatlarini albatta elektron tarzda, ya’ni 35787 DI kodi orqali Bilimni baholash agentligiga yuborishlari shart.

Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori asosida belgilangan.

❗️Eslatma: faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, arxitektura va loyihalashda kreativ muhitni shakllantirish hamda oliy ta’lim tizimini soha ehtiyojlariga moslashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha muhim yangiliklar:

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi yangi OTM faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Ushbu oliygoh tarkibida amaliy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan texnikum ham tashkil etiladi;
Toshkent shahrida arxitektor, loyihachi va urbanistika mutaxassislari uchun birinchi kreativ park tashkil etiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi soni 38 milliondan oshgan, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar tizimga yuqori texnologik bilimlarga ega mutaxassislarni jalb etishni talab etmoqda.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Sindorov — Nomzodlar turniri chempioni!

🇺🇿
Hamyurtimiz bugun turnirda asosiy raqibi 🇳🇱Anish Giri bilan durang o’ynab, muddatidan avval chempionga aylandi hamda o’zbek va jahon shaxmati tarixiga kirdi!

U endi butunjahon shaxmat toji uchun 🇮🇳Gukesh Dommarajju bilan bahs olib boradi.

💵 Bu yilgi Nomzodlar turnirining eng yosh ishtirokchisi bo’lgan Javohir Sindorov musobaqa g’olibiga beriladigan 70 ming dollarni ham qo’lga kiritdi.

Barakalla, Javohir! Butun xalqimiz sen bilan faxrlanadi!


👉 @abrorhamza 👈
Ushbu izohda jon bor. :)


👉 @abrorhamza 👈
❗️Bugundan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi

Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, Phd) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.

📥 Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali jo‘natishingiz mumkin.

Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Noto‘g‘ri talqin: Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati talabi bekor bo‘lgani yo‘q. Aslida bunday gap chiqqani ham yo‘q edi.

Lekin yangi farmon bilan bakalavriatni xorijiy tilda (ingliz, nemis, fransuz va hk.) tamomlagan bitiruvchilardan magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab etilmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Davlatimiz rahbari Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

“Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘zining betakror iste’dodi, bilim va mahorati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Biz bundan buyon ham sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va texnik xodimlar mehnatini munosib qadrlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilayman”, deyiladi tabrikda.



👉 @abrorhamza 👈
Talaba qanday hollarda oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkin?

JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan.

Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing:

1️⃣ Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 25 foizi va undan ortig‘ini sababsiz qoldirgan bo‘lsa, u ushbu fan bo‘yicha imtihonga qo‘yilmaydi.

❗️Eslatma: Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi.

2️⃣ Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

3️⃣ Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba jarayondan chetlashtiriladi:

🔹 ID-karta yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa;
🔹 Imtihonga telefon, shpagalka yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa;
🔹 Akademik etika qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash).

4️⃣ Akademik qarzdorlik va kursdan qolish:

🔹 3 tagacha fandan qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
🔹 Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular kursdan qoldiriladi.

Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi?

Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab mutlaqo g‘ayriqonuniy.

Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi.

Biroq, muhim bir jihatni unutmang:

Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da, OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya qilaman.


Barcha jarayonlar HEMIS tizimi orqali nazorat qilinishini inobatga olib, dars qoldirish foizini va oraliq ballaringizni doimiy kuzatib borishingizni tavsiya qilaman.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov taʼkidlashicha, oliy taʼlimda talabalar soni ortib ketdi, endilikda asosiy eʼtibor taʼlim sifatiga qaratiladi.

Maʼlumot uchun, hozirda Oʻzbekistonda 1,5 million talaba tahsil olmoqda.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻzbekiston OTMlari diplomlari yaqin yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida tan olinadi

Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipovning aytishicha, hozirda Qirgʻiziston Oʻzbekiston universitetlari diplomlarini tan olishga tayyor. Qozogʻiston bilan ham bu borada jarayonlar boshlangan. Iyun oyida hujjatlashtirish ishlari yakunlanishi kutilmoqda.

Turkmaniston bilan ham kelishuvlarga erishilgan. Asosan, QS reytingida kuchli mingtalikka kirgan universitetlar diplomlari qoʻshni davlatlarda tan olinadi.

Shuningdek, 40 ga yaqin davlat bilan oʻzaro diplomlarni tan olish masalasida muzokaralar olib borilgan.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Ta’limni chet tilida bitirganlar uchun magistratura va doktoranturaga qabulda til sertifikati talab etilmaydi Yangi qabul qilingan Farmonga ko‘ra: Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi farmon bilan bakalavriatni xorijiy tilda (ingliz, nemis, fransuz va hk.) tamomlagan bitiruvchilardan magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab etilmasligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shma ta’lim dasturlarining kelajagi qanday?

Bugungi matbuot anjumanida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov qo‘shma ta’lim dasturlarining kelajagi va ularga qo‘yiladigan yangi talablar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ilgari sifatsiz tashkil etilgan ayrim qo‘shma dasturlar (hatto Iqtisodiyot universitetida ham) talabga javob bermagani uchun yopilgan.

Endilikda faqat dunyoning Top 500 taligiga kirgan universitetlar bilan hamkorlik qilish vazifasi qo‘yilgan. Kelajakda bu chegara Top 300 va Top 100 talikka ko‘tariladi.

Qo‘shma ta’lim xorijiy texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kiruvchi va ta’lim transformatsiyasini ta’minlovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Talabalar va professorlarning xorijga borib malaka oshirishi uchun ketadigan katta xarajatlarni mamlakat ichida tejash imkonini beradi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari dolzarbligini yo‘qotmaydi, aksincha, ularning sifati va hamkor universitetlar darajasiga bo‘lgan talab yanada kuchayadi.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limda kontrakt narxlari oshiriladimi? Vazirning javobi va sohadagi real holat

Bugungi matbuot anjumanida Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar va ota-onalar uchun eng og‘riqli savollardan biriga — kontrakt miqdorlari bo‘yicha tushuntirish berdi.

Real holat qanday?

Ayrim yo‘nalishlarda talaba yiliga 6 mln so‘m kontrakt to‘lamoqda, lekin uning o‘qishi uchun universitet 14 mln so‘m xarajat qilmoqda.
Hozirda 26 ta davlat universiteti zarar (dotatsiya) bilan ishlamoqda.
Agar kontraktlar ish haqi va inflatsiyaga qarab oshirib borilganda edi, hozirgi narxlar ustiga yana 88 foiz qo‘shilgan bo‘lar edi.
Hozircha universitetlar o‘z kamomadini asosan super-kontraktlar hisobidan yopmoqda, biroq xususiy sektor bilan raqobat tufayli bu tushumlar ham kamaymoqda.

Kontrakt 20 foizga oshishi haqidagi xabarlar rostmi?

Vazir bu borada aniq bir to‘xtamga kelinmaganini aytdi:

“Yo‘q, men hozircha 'ko‘tariladi' yoki 'ko‘tarilmaydi' deya olmayman. Bunday qarorlar jamoatchilik fikri va moliyaviy tahlillar asosida qabul qilinadi. Lekin biz universitetlarni saqlab qolishimiz uchun bu masalani o‘ylashimiz kerak”.


Oliy ta’limda “Spin-off” (qo‘shimcha daromad keltiruvchi) kompaniyalar tashkil etishga ruxsat berildi.

🔹 Universitetlar faqat kontraktga qarab qolmasdan, o‘zi pul topishi kerak.
🔹 Misol uchun, Farg‘ona politexnika institutida spin-off loyihalarida ishtirok etayotgan 200 ga yaqin talaba har oyda 5-6 mln so‘mdan daromad topmoqda.

Hozircha rasmiy qaror yo‘q, biroq universitetlarning moliyaviy mustaqilligi va xarajatlarni qoplash masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.


👉 @abrorhamza 👈
🎖️Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotni Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Ko’ksaroy qarorgohida san’atkor tavalludining 80 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan tantanali tadbirda topshirdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining farmoni bilan Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Farrux Zokirov nomi berildi.


👉 @abrorhamza 👈