Abror Hamza
994 subscribers
1.07K photos
377 videos
89 files
1.19K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni yuqori baholandi

Poytaxtimizdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida Shayx hazratlari tavalludining 74 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Anjumaning asosiy mazmuni:


Yoshlarga sof Islom maʼrifatini tanitish va ularni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashda Shayx hazratlari asarlarining ahamiyati muhokama qilindi;

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning diniy-maʼrifiy bilimlarni yuksaltirish, ummatni birlik va hamjihatlikka chorlash hamda tafriqaga barham berish yoʻlidagi xizmatlari alohida qayd etildi;

Hazrat qoldirgan boy ilmiy maktab yosh avlodni sogʻlom eʼtiqod, vatanparvarlik va moʻtadillik ruhida tarbiyalashda asosiy manba ekani taʼkidlandi;

Tadbir doirasida ekstremizmga qarshi maʼrifat bilan kurashish va tinchlikni asrashga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqildi;

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan oʻzbek, turk, ingliz, arab va rus tillarida taqdim etilgan maqolalar jamlangan maxsus ilmiy toʻplam nashr etilishi rejalashtirildi.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda

Jamg‘arma tomonidan 500 ta kvota ajratilgan. Xususan:

🔹 bakalavriat – 167 ta;
🔹 magistratura – 232 ta;
🔹 doktorantura – 38 ta;
🔹 Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qoʻshimcha 63 ta.

📥 Nomzodlarning hujjatlari 24-aprelga qadar (shu kuni ham) onlayn platforma orqali 24/7 rejimida qabul qilinadi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
PF-58.pdf
❗️Texnikumlarga qabul qilishda “avval test, so‘ng tanlov” tizimi joriy etilmoqda

Prezidentning PF-58-son Farmoni bilan oliy va kasbiy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmonining 5-bandida yangi tartiblar joriy etildi.

⬇️ Mazkur 5-bandning “g” kichik bandiga ko‘ra:

Davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi, ya’ni abituriyentlar avval test topshirib, to‘plagan ballari aniq bo‘lgandan keyingina yo‘nalish tanlaydilar.

Texnikum, mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlash OTM qabul natijalari e’lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida amalga oshiriladi. Bu abituriyentlarga oliygohga kira olmagan taqdirda, o‘z ballariga mos texnikumni aniq tanlash imkonini beradi.

Agar qabul parametrlariga nisbatan bo‘sh (vakant) o‘rinlar qolsa, ularga abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda) amalga oshiriladi.


👉 @abrorhamza 👈
Tadbirkorlar uchun jarimalar miqdori 50 foizgacha kamaytirilishi va yangi imtiyozlar joriy etilishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni liberallashtirish va sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

2026-yil 1-oktabrdan boshlab bu borada mutlaqo yangi va yagona tartib o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

⬇️ Asosiy yangiliklar va kutilayotgan o‘zgarishlar:

Agar tadbirkor vakolatli organ qarori berilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;

Jarimani olti oy davomida teng ulushlarda to‘lash tizimi yaratiladi. Buning uchun birinchi oyda jarima summasining oltdan bir qismi to‘lansa kifoya, qolgan qismlari avtomatik ravishda bo‘lib beriladi;

Agar sud jarimani bekor qilsa, undirilgan mablag‘lar 15 kun ichida qaytarilishi shart. Muddat buzilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank stavkasida foiz to‘lanadi;

Jarimalar Biznes-ombudsmanning “Yagona davlat nazorati” tizimiga kiritilishi shart.

• Tizimga kiritilmagan va elektron imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tadbirkor shaxsiy kabineti orqali jarima ustidan onlayn shikoyat berishi mumkin va shikoyat berilishi bilan qaror ijrosi avtomatik to‘xtatiladi.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanmoqchi bo‘lgan bo‘ydoqlar uchun layfxak ekan.

🔗 Video manbasi


👉 @abrorhamza 👈
❗️Ertaga, 15-aprel kuni soat 10:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

Tadbirda vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda soha rahbarlari ishtirokida yangi PF-58-son farmonining mazmun-mohiyati, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda innovatsion iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Anjuman yakunida jurnalistlar va blogerlar soha mutasaddilaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishlari mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Abror Hamza
❗️O‘quv rejasida 7 kunlik haftalik tizim joriy etildi #hemis

HEMIS tizimida o‘quv reja semestrlari haftalarining muddatini 7 kunlikka moslashtirish funksionali ishlab chiqildi. Endilikda yakshanba kuniga ham dars qo‘yish va dars jadvalini to‘liq generatsiya qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

1️⃣ O‘quv reja haftalari sahifasiga kiriladi

Tegishli o‘quv reja tanlanib, haftalar ro‘yxati ko‘rib chiqiladi.

2️⃣ Muddatlarni to‘g‘rilash

Agar haftalar ro‘yxati avvaldan yaratib bo‘lingan bo‘lsa, “7 kunlikka moslash” tugmasini bosish orqali haftalarning kalendar muddatlari avtomatik tarzda tuzatiladi.

3️⃣ Dars jadvalini shakllantirish

Muddatlar moslashtirilgandan so‘ng, tizim yakshanba kunini ham ishchi kun sifatida qabul qiladi va dars jadvalini shu tartibda generatsiya qilish imkonini beradi.

‼️ Muhim eslatma!

🔹 Agar OTTda 7 kunlik ish (o‘qish) haftasiga ehtiyoj bo‘lmasa, haftalar muddatini asl holicha qoldirib, odatdagidek foydalanishni davom ettirish lozim.
🔹 Ushbu funksiya haftalar oralig‘ini kalendar bo‘yicha aniq taqsimlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etadi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Ertaga, 15-aprel kuni soat 10:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Tadbirda vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda soha rahbarlari ishtirokida…
❗️Matbuot anjumani davomida quyidagi savollarga batafsil javob olishingiz mumkin:

Bakalavriatni xorijiy tilda tamomlaganlardan magistratura va doktorantura uchun til sertifikati soʻramaslik tartibi amaliyotda qanday ishlaydi?

Magistraturaga qabul imtihonlarini OTMlarning oʻzi mustaqil oʻtkazishi qanday tashkil etiladi?

Xorijlik talabalar uchun ajratiladigan grantlar qanday taqsimlanadi?

2027-yildan boshlab OTMlarni milliy reyting asosida moliyaviy ragʻbatlantirishda aynan qanday mezonlarga tayaniladi?

Taʼlim xizmatlarini bir joyga jamlash koʻzda tutilgan my.edu.uz platformasi orqali yana qanday xizmatlar koʻrsatilishi rejalashtirilmoqda?


👉 @abrorhamza 👈
❗️Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Abror Hamza
SAT sertifikatidan beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lganlar nima qilishlari kerak #abituriyent

JAVOB: 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab SAT bo‘yicha yuqori natija (eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori) olgan abituriyentlar, agar SAT sertifikati berilgan fan bakalavriat yo‘nalishidagi kirish fanlari bilan mos bo‘lsa, qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar SAT sertifikatlarini albatta elektron tarzda, ya’ni 35787 DI kodi orqali Bilimni baholash agentligiga yuborishlari shart.

Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori asosida belgilangan.

❗️Eslatma: faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, arxitektura va loyihalashda kreativ muhitni shakllantirish hamda oliy ta’lim tizimini soha ehtiyojlariga moslashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha muhim yangiliklar:

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi yangi OTM faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Ushbu oliygoh tarkibida amaliy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan texnikum ham tashkil etiladi;
Toshkent shahrida arxitektor, loyihachi va urbanistika mutaxassislari uchun birinchi kreativ park tashkil etiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi soni 38 milliondan oshgan, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar tizimga yuqori texnologik bilimlarga ega mutaxassislarni jalb etishni talab etmoqda.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Sindorov — Nomzodlar turniri chempioni!

🇺🇿
Hamyurtimiz bugun turnirda asosiy raqibi 🇳🇱Anish Giri bilan durang o’ynab, muddatidan avval chempionga aylandi hamda o’zbek va jahon shaxmati tarixiga kirdi!

U endi butunjahon shaxmat toji uchun 🇮🇳Gukesh Dommarajju bilan bahs olib boradi.

💵 Bu yilgi Nomzodlar turnirining eng yosh ishtirokchisi bo’lgan Javohir Sindorov musobaqa g’olibiga beriladigan 70 ming dollarni ham qo’lga kiritdi.

Barakalla, Javohir! Butun xalqimiz sen bilan faxrlanadi!


👉 @abrorhamza 👈
Ushbu izohda jon bor. :)


👉 @abrorhamza 👈
❗️Bugundan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi

Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, Phd) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.

📥 Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali jo‘natishingiz mumkin.

Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Noto‘g‘ri talqin: Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati talabi bekor bo‘lgani yo‘q. Aslida bunday gap chiqqani ham yo‘q edi.

Lekin yangi farmon bilan bakalavriatni xorijiy tilda (ingliz, nemis, fransuz va hk.) tamomlagan bitiruvchilardan magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab etilmaydi.


👉 @abrorhamza 👈