❗️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi belgilandi
Mazkur farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
✅ Unga ko‘ra:
➖ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlari har yili 1-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
➖ Davlat granti asosidagi tanlovda ishtirok etishga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarga ruxsat etiladi.
➖ Tanlov boʻyicha saralash imtihoni bakalavriat taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda Vazirlik har yili 1-iyulga qadar klassifikatorda mavjud boʻlmagan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim sohalariga muvofiqligini belgilaydi hamda fanlar majmuasini eʼlon qiladi.
➖ Tanlov boʻyicha saralash imtihonlari har yili sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkaziladi. Bunda:
🔹 test sinovlari – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan;
🔹 kasbiy (ijodiy) imtihonlar – Vazirlik tomonidan belgilangan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
➖ Davlat grantlari belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplaganlarga ballar ketma-ketligida taʼlim sohasi boʻyicha ajratilgan qabul koʻrsatkichlari doirasida taqdim etiladi.
➖ Davlat grantini olgan talabalar bilan oʻqishini tamomlagandan soʻng davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarda uch yil davomida ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.
➖ Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlarini taqsimlash va tanlov oʻtkazish mazkur tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
👉 @abrorhamza 👈

❗️Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda
Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:
🔹 davlat oliygohining prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;
🔹 oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
🔹 kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;
🔹 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;
🔹 oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;
🔹 xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;
🔹 chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;
🔹 xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

Abror Hamza
❗️Ta’limni chet tilida bitirganlar uchun magistratura va doktoranturaga qabulda til sertifikati talab etilmaydi Yangi qabul qilingan Farmonga ko‘ra: ✅ Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi…
❓Kimlar magistraturaga til sertifikatisiz qabul qilinadi?
Prezident Farmoni bilan bakalavriatni chet tilida bitirganlarga magistratura va doktoranturaga qabulda til sertifikati talab etilmasligi haqidagi yangilik ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar buni faqat ingliz tili filologiyasi kabi yo‘nalish bitiruvchilariga tegishli deb o‘ylashmoqda.
Asosiy farqni tushunib oling:
➖ Imtiyoz diplomdagi yo‘nalishga emas, balki ta’lim tiliga bog‘liq. Masalan, siz iqtisodiyot, davolash ishi yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qigan bo‘lsangiz-u, barcha darslaringiz ingliz tilida o‘tilgan bo‘lsa — sizga sertifikat kerak emas.
➖ Agar talaba xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishini bitirgan bo‘lsa-yu, lekin uning guruhida ta’lim tili o‘zbek yoki rus tili bo‘lsa, u baribir til sertifikatini taqdim etishi shart. Chunki u tilni o‘rgangan, lekin yo‘nalish fanlarini chet tilida o‘zlashtirmagan.
➖ Faqatgina ta’lim dasturi (o‘quv jarayoni) to‘liq chet tilida olib borilgan va diplomida ta’lim tili: ingliz tili (yoki boshqa chet tili) deb ko‘rsatilgan bitiruvchilar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi.

❗️Buxgalterlar uchun muhim yangilik!
Adliya vazirligi “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari” (2-sonli MHMS) boʻyicha idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3810, 11.04.2026 y.).
Mazkur hujjat yuridik shaxslar (bundan jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va budjet tashkilotlari mustasno) tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari hamda quyidagi asosiy masalalarni tartibga soladi:
▪️ hisob siyosatini tanlash va qoʻllash;
▪️ hisob siyosati va hisob baholaridagi oʻzgarishlar;
▪️ oldingi davr xatolarini tuzatish.
📝 Hisob siyosati – tashkilot tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda qoʻllaniladigan aniq tamoyillar, asoslar, umumqabul qilingan shartlar, qoidalar va amaliy yondashuvlar majmuasi.
✅ Hisob siyosati quyidagicha qoʻllanilishi mumkin:
🔹 retrospektiv qoʻllash – yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va vaziyatlarga nisbatan ushbu hisob siyosati har doim qoʻllangandek tatbiq etish;
🔹 perspektiv qoʻllash – hisob siyosati oʻzgartirilgan sanadan keyin sodir boʻlgan operatsiyalarga nisbatan yangi hisob siyosatini qoʻllash hamda hisob baholaridagi oʻzgarishning taʼsirini ushbu oʻzgarish taʼsir koʻrsatadigan joriy va kelgusi davrlarda tan olish.
📑 Hisob siyosatini quyidagi holatlarda oʻzgartirish mumkin:
➖ tegishli MHMSlarda talab etilsa;
➖ ushbu oʻzgartirish tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisida yanada ishonchli maʼlumotlar aks ettirilishiga olib kelsa.

PF-58.pdf
16.1 MB
❗️Tarixiy farmon: “U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “U 10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturi joriy etiladi va uning doirasida oliy ta’lim tashkilotlariga milliy tadqiqot universiteti maqomini berish yo‘lga qo‘yiladi.
🏛 Milliy tadqiqot universiteti maqomi davlat ilmiy dasturlari doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda g‘olib bo‘lgan 10 ta oliy ta’lim tashkilotiga beriladi.
💰 2027-yil 1-yanvardan oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🗒 Milliy reyting natijalariga ko‘ra, har bir toifa guruhiga mansub oliy ta’lim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi.
📙 2027-yil 1-yanvardan davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim olayotgan 1 nafar talabani o‘qitish xarajatlari miqdorini quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:
➖ 1 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha talabalar soni nisbati;
➖ ta’lim sohasi murakkabligi, shu jumladan, ta’lim yo‘nalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;
➖ ta’lim sohasi oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;
➖ oliy ta’lim tashkilotining maqomi va (yoki) toifasiga ko‘ra ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilganligi va boshqalar.

❗️Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilish tartibi soddalashtiriladi
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va unda tahsil olish jarayonlariga bir qator muhim yengilliklar kiritilmoqda.
Bunda quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:
1️⃣ Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilishda o‘qitish olib boriladigan chet tilidan (Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan) kirish imtihoni topshirish tartibi bekor qilinadi.
2️⃣ Qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan homilador talabalar va 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotining roziligi asosida, xorijga bormasdan turib o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

❗️“Karyera” platformasi va bitiruvchilar sifati indeksi joriy etiladi
Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida bitiruvchilar bandligini oshirish va ta’lim sifatini baholashga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy qilinadi.
🔹 Oliy ta’lim bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun “Karyera” elektron platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma orqali bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bog‘lanish osonlashadi.
🔹 Davlat OTMlarida “Karyera markazi” uchun qo‘shimcha shtat birligi ajratish bo‘yicha taklif kiritiladi.
🔹 “Bitiruvchi sifati indeksi” joriy etiladi va unga qarab oliy ta’lim muassasalari baholanadi.
🔹 Ushbu indeks yuqori bo‘lgan kamida 20 ta OTMga har yili 500 mlrd so‘mdan budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

❗️Akademik litseylar faoliyati yanada takomillashtiriladi
Farmonga ko‘ra, akademik litseylar tizimida bir qator muhim yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.
🔹 Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom bilan birga xalqaro darajadagi diplom (sertifikat) beriladi.
🔹 Xalqaro tan olingan yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi (IT, tibbiyot, ekologiya, muhandislik va boshqa yo‘nalishlarda).
🔹 Akademik litseylar zamonaviy o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va raqamli kontent bilan ta’minlanadi.
🔹 Litseylar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va laboratoriya jihozlari bilan jihozlanadi.

❓Yaqin yillarda talabalarni qanday raqamli o‘zgarishlar kutmoqda?
Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida ikkita yirik loyiha amalga oshirilishi belgilangan:
1️⃣ “Talabaning raqamli pasporti” joriy etiladi
Bu tizimda talabaning barcha ko‘rsatkichlari — o‘zlashtirish reytingi, shaxsiy yutuqlari (portfoliosi) hamda ijtimoiy holati haqidagi ma’lumotlar jamlanadi.
2️⃣ my.edu.uz portali to‘liq ishga tushadi
Ta’lim sohasidagi barcha elektron xizmatlarni bir nuqtada birlashtiruvchi Yagona ta’lim xizmatlari portali ishlab chiqiladi.
❗️Ushbu loyihalarni moliyalashtirish Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

PQ-135.pdf
10 MB
❗️Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati takomillashtiriladi
“Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–135-son, 11.04.2026-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko‘ra, 2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini (Universitet) rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top 500 talik oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga erishish;
🔹 ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;
🔹 xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish.
✅ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
🔹 agrar oliy ta’lim muassasalarida belgilangan ro‘yxatda keltirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘quv jarayonlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi:
▪️ 1-kursda – 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
▪️ 2-kursda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
▪️ 3-kursda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi;
🔹 talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida o‘qish nazariy ta’limdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual ta’lim (talabalar amaliyoti) asosida tashkil etiladi.

❓Magistraturaga imtihonlar yana qaytadimi?
Prezident farmonidagi 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichiga qabul qilishda imtihon olish vakolati oliygohlarning o‘ziga berilishi haqidagi band ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Farmonda 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab imtihon tartibini belgilash huquqi oliygohlarga berilishi ko‘zda tutilgan. Ammo bu birdaniga hamma oliygohlar imtihon olishni boshlaydi degani emas.
Har bir oliygoh o‘z imtihon tizimini joriy qilishi uchun aniq mexanizm va tartib ishlab chiqilishi kerak. Bu esa oliy ta’lim muassasasi uchun qo‘shimcha mas’uliyat va yuklama hisoblanadi. Shu sababli, ko‘plab oliygohlar hozircha amaldagi (diplom bali va til sertifikati) tizimda qolishni afzal ko‘rishlari ehtimoli yuqori.
Amaldagi tartib butunlay bekor bo‘lar ekan deb tushunish noto‘g‘ri. Hozircha mavjud tartib saqlanib qoladi, faqatgina oliygohlarga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, qo‘shimcha saralash o‘tkazish huquqi berilmoqda.

❗️Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Markaz maydoni — 10 gektar, binoning uzunligi — 161 metr, kengligi — 118 metr, gumbazning balandligi — 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Aynan shu xususiyatlar jahon rekordiga asos bo‘ldi.

❗️Buxoroda prezidentlar xavfsizligini taʼminlashda foydalanilgan noodatiy qurilma nima edi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning Buxoroga tashrifi davomida olingan video keng muhokamaga sabab boʻldi. Unda xavfsizlik xizmati xodimining qoʻlidagi noodatiy qurilma koʻpchilikning eʼtiborini tortgan.
Maʼlum boʻlishicha, bu — antidron qurilma (dronlarga qarshi miltiq) boʻlib, u dronning boshqaruv signali va sunʼiy yoʻldosh (GPS) bilan aloqasini masofadan uzishga qodir. Natijada dron “koʻr” holatga tushib, operator buyruqlarini bajara olmaydi — u havoda muallaq qolishi yoki majburiy ravishda yerga qoʻndirilishi mumkin.
Bunday texnologiyalar yuqori darajadagi tashriflar va tadbirlarda havo xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonda ham bu kabi zamonaviy vositalar xavfsizlik tizimining ajralmas qismiga aylangan.

👨🌾 Yangi agronomlarni tayyorlash jamg‘armasi tashkil etiladi
✅ Qarorga ko‘ra 2026-2027-o‘quv yilidan:
Universitet tomonidan belgilanadigan mos ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda:
➖ 1-kurs bitiruvchilariga “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;
➖ 2-kurs bitiruvchilariga (“A”, “B”, “C” va “D” toifasidagi traktorchi-mashinist guvohnomasi mavjud) “E” va “F” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi.
🟢 Universitet huzurida Yangi agronomlarni tayyorlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
🟠 Yoshlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi tomonidan “Yosh fermerlar savdo maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.
🟡 Universitet talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusi joriy etiladi.

🇺🇿🇵🇱Oʻzbekiston va Polsha oliy taʼlim hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
Samarqandda oʻtayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” doirasida ikki mamlakat masʼullari oʻrtasida muhim kelishuvlarga erishildi.
Jumladan:
➖ Universitetlararo toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish va ilmiy tadqiqotlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi;
➖ Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda Yevropaning ilgʻor tajribasini hamda innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi;
➖ Polsha universitetlari Oʻzbekiston bilan ilmiy konsorsiumlar va innovatsion loyihalarni kengaytirishdan manfaatdorligi, hozirda Polshada tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston top 10 davlatlar qatoriga kirishi qayd etildi;
➖ Kasbiy taʼlim sohasida dual taʼlim elementlarini joriy etish, oʻquv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash va ish beruvchilarning jarayondagi ishtirokini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi;
➖ Markaziy Osiyo va Yevropa oʻrtasidagi tarixiy munosabatlarni zamonaviy formatda davom ettirish hamda amaliy sheriklikni mustahkamlash uchun yangi platformalar yaratishga kelishib olindi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni yuqori baholandi
Poytaxtimizdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida Shayx hazratlari tavalludining 74 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Anjumaning asosiy mazmuni:
➖ Yoshlarga sof Islom maʼrifatini tanitish va ularni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashda Shayx hazratlari asarlarining ahamiyati muhokama qilindi;
➖ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning diniy-maʼrifiy bilimlarni yuksaltirish, ummatni birlik va hamjihatlikka chorlash hamda tafriqaga barham berish yoʻlidagi xizmatlari alohida qayd etildi;
➖ Hazrat qoldirgan boy ilmiy maktab yosh avlodni sogʻlom eʼtiqod, vatanparvarlik va moʻtadillik ruhida tarbiyalashda asosiy manba ekani taʼkidlandi;
➖ Tadbir doirasida ekstremizmga qarshi maʼrifat bilan kurashish va tinchlikni asrashga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqildi;
➖ Konferensiya ishtirokchilari tomonidan oʻzbek, turk, ingliz, arab va rus tillarida taqdim etilgan maqolalar jamlangan maxsus ilmiy toʻplam nashr etilishi rejalashtirildi.