Abror Hamza
969 subscribers
1.06K photos
370 videos
89 files
1.18K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
MMTV 1-sinf buyrug‘i.pdf
403.7 KB
❗️2026/2027-oʻquv yilida maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi belgilandi

Mazkur hujjatga koʻra, 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati orqali amalga oshiriladigan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy oʻrta ta’lim maktablari soni 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.

Buyruqqa ilova sifatida 2026–2027-oʻquv yilida maktablarining 1-sinfiga qabul boʻyicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Qabul jarayoni my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali 2026-yilning 20-iyunidan – 31-iyuliga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida hamda 1-31-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlardan amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi. Yaʼni, 2026–2027-oʻquv yilida 2019-yil 31-dekabrga qadar tugʻilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.


👉 @abrorhamza 👈
Top 100 talikdagi xorijiy oliygohlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga imtiyozli ipoteka krediti beriladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

🏡 Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 ming 150 baravarigacha (5 mlrd 508 ming so‘m) 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.

🧮 Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

📝 Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

📋 Buning uchun kredit oluvchi quyidagi shartlarning barchasiga javob berishi kerak:

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan reytingda yuqori 100 talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan bo‘lishi;
kredit oluvchining xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi.


📄 Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish bo‘yicha Yagona portal (My.gov.uz) orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

kredit olish to‘g‘risida ariza;
kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.

⏭️ Tijorat banki 3 ish kuni ichida uning to‘lovga layoqatini o‘rganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdori to‘g‘risida bank xulosasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

⚠️ Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇰🇿Qosim-Jo‘mart Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ertaga, 11-aprel kuni Buxoro shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazishadi.

Bugun esa davlatimiz rahbari Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Bank kartalariga ham “chiroyli raqam” tanlash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda bir qator tijorat banklari mijozlarga chiroyli, noyob va oson esda qoladigan raqamlar kombinatsiyasiga ega kartalarni taklif qilmoqda. Xizmat narxi tanlangan raqamga qarab 300 ming so‘mdan 10 million so‘mgacha belgilangan.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (161-son, 09.04.2026-y.) “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

📝 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

📋 Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▪️ ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
▪️ dissertatsiyaning nusxasi.

💰 Hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.


👉 @abrorhamza 👈
Talabalar berilayotgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilyaptimi?

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida hayotga tatbiq etilmoqda. Talabalar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar ko‘lamini o‘zingiz ko‘rib turibsiz.

Ilgari kontrakt asosida o‘qiydigan talaba yoki uning ota-onasi o‘quv yili boshlanmasidan butun boshli summani to‘lashga majbur edi. Hozir-chi? Sharoitlar tubdan o‘zgardi:

• Kontrakt miqdorini to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati;
• Kontraktda o‘qiydiganlar uchun grantda o‘qish imkoniyati;
• Imtiyozli va uzoq muddatli ta’lim kreditlari va boshqalar.

Biroq, shuncha qulayliklar yaratilishiga qaramay, talabalar orasida kontrakt to‘lovi bo‘yicha e’tirozlar kamaymayapti. Eng achinarlisi — mas’uliyatning yetishmasligi. Talaba shartnomada belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaydi, lekin qonuniy chora sifatida o‘qishdan chetlatish masalasi ko‘tarilsa, darrov ijtimoiy tarmoqlarda “haq-huquq” haqida jar sola boshlaydi.

Keling, tafakkur qilib ko‘raylik: berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, to‘lovlarni o‘z vaqtida yopish shunchalik qiyinmi? Albatta, hayotda kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda universitet rahbariyatiga (rektorga) yozma ariza bilan murojaat qilib, sababini tushuntirgan holda muddatni uzaytirish mumkin-ku.

Lekin negadir bu vaqtda talabaga “haq-huquqlar" kerak bo‘lmaydi. Faqat universitet majburiyatini eslatishni bilamiz, o‘zimizning majburiyatimizga kelganda esa jimlik. Qonunchilik va shartnoma talablariga ko‘ra universitet choralar ko‘ra boshlasa, darrov ta’lim muassasasi “yomon” va “aybdor”ga chiqadi.

Azizlar, keling, faqat huquqlarimizni emas, mas’uliyatimizni ham unutmaylik. Imkoniyat bor joyda majburiyat ham bo‘lishi shart. Ozgina mas’uliyatli bo‘laylik, o‘rtoqlar!


👉 @abrorhamza 👈
❗️“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

Innovatsion rivojlanish agentligi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tanlovni e’lon qiladi.

📋 Tanlovning asosiy shartlari va talablari:

🔹 davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar;
🔹 talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi;
🔹 sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi;
🔹 tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi — Hududiy bosqich — Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi;
🔹 energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi.

Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi. Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni onlayn ixtiro.ilmiy.uz platformasi orqali hududiy bosqichga yuboradilar.

Muhim: Platformaning majburiy (*) kataklari to‘ldirilmagan yoki muallif bo‘lmagan shaxslar tomonidan yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun loyiha rahbari shaxsan javobgar.

📞 Ma’lumot uchun: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 244).


👉 @abrorhamza 👈
❗️Qulaylik: Endilikda elchixona qabuliga onlayn navbat olsangiz bo‘ladi

Xorijda yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun my.gov.uz portalida juda muhim qulaylik mavjud. Endi konsullik xizmatlaridan foydalanishda soatlab navbat kutish shart emas!

Ilgari elchixonaga borib navbat kutilgan bo‘lsa, endi barchasini onlayn hal qilish mumkin.

3 ta qadamda elchixona qabuliga yoziling:

1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring va “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmatini tanlang;

2️⃣ Sizga kerakli bo‘lgan konsullik okrugini va xizmat turini belgilang;

3️⃣ Taqvimdan o‘zingizga mos bo‘sh kun va soatni tanlab, navbat varaqasini oling.

Muhim: Qabulga yozilish xizmati mutlaqo bepul.

Xorijda bo‘lsangiz ham masofadan turib vaqtingizni tejang va davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Buxoro shahrida qurilayotgan yangi aeroport qanday ko’rinishda bo’lishi namoyish qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha yangi aeroport loyihasi bilan tanishdi.

Aeroport va unga tutash infratuzilmani barpo etish uchun shahar tashqarisidan jami 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyiha doirasida aeroportga olib boruvchi avtomobil yoʻli ham qurilmoqda. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etib, shundan 2,7 kilometri mutlaqo yangi yoʻl, 21,1 kilometri esa rekonstruksiya qilinadi.

Shuningdek, yoʻl boʻyida 2 ta yoʻl oʻtkazgich, 9 ta yerosti piyodalar oʻtish joyi va 8 ta koʻprik barpo etilishi nazarda tutilgan.

Loyihaga koʻra, yangi aeroportda uzunligi 3,3 kilometr boʻlgan, barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega uchish-qoʻnish yoʻlagi, shuningdek, soatiga 1 ming 200 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega aerovokzal majmuasi quriladi.


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇰🇿O’zbekiston va Qozog’iston “Toza havo” ekologik loyihalarini hamkorlikda amalga oshiradi

Ikki mamlakat yetakchilari o’zaro muzokara o’tkazib, bir qator masalalarni muhokama qildi.

Jumladan:

Kimyo, geologiya, energetika, avtomobillar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi yangi tashabbuslar koʻrib chiqildi;

Chegaraoldi infratuzilmani modernizatsiya qilish, toʻsiqlarni bartaraf etish va tashqi bozorlarga chiqishni taʼminlaydigan samarali transport yoʻlaklarini yaratish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi;

Shuningdek, tomonlar “Qambarota” GES qurilishi kabi yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo’yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildilar;

Suv resurslaridan oqilona foydalanish va mintaqaviy ekologik tashabbuslarni ilgari surish, shu jumladan chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ishlash muhimligi qayd etildi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
🇺🇿🇰🇿O’zbekiston va Qozog’iston “Toza havo” ekologik loyihalarini hamkorlikda amalga oshiradi Ikki mamlakat yetakchilari o’zaro muzokara o’tkazib, bir qator masalalarni muhokama qildi. Jumladan: Kimyo, geologiya, energetika, avtomobillar uchun butlovchi…
🇰🇿Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev:

“Toza havo borasidagi tashabbusingizni alohida qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Toshkentning ekologik ahvoli yuzasidan xavotirlaringizga to‘la sherikman.

Bizda, Olmaotada ham vaziyat juda murakkab. Afsuski, Olmaota dunyoning eng ifloslangan yirik shaharlari ro‘yxatiga kirdi va zudlik bilan chora ko‘rish zarur.

Shu bois, agar e’tirozingiz bo‘lmasa, bugun prezidentlar homiyligida ikki mamlakat hukumatlari ijrosida “Toza havo” tashabbusini birgalikda amalga oshirishni taklif qilgan bo‘lardik.

O‘ylaymanki, davlatlarimiz jamoatchiligi va xalqaro hamjamiyat buni ijobiy qabul qiladi. Darhaqiqat, ushbu tashabbus doirasida juda ko‘p ishlarni amalga oshirish mumkin.

Bu mahalliy hokimiyat organlarini ham, tadbirkorlarni ham ekologiya va umuman tabiatni muhofaza qilishda mas’uliyatliroq bo‘lishga undaydi”.



👉 @abrorhamza 👈
Oliy ta’lim vaziri xizmat safarini Samarqandda davom ettiradi

Xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 13–14-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Central Asia – European Union University Congress 2026” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun xizmat safarini Samarqand shahrida davom ettiradi.


👉 @abrorhamza 👈