Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari tashrif asnosida muzeyning mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.
👉 @abrorhamza 👈

Men ham shu iqtisodiyot universitetida o‘qiyman, forma bular aytganchalik majburiy emas-e.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi (v1.8.6) foydalanishga topshirildi! #hemis
Tizimning 2026-yil 10-apreldagi yangilanishida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt integratsiyasi va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:
1️⃣ Talabalar harakatiga oid yangi buyruqlar
Tizimda talaba o‘qishini tiklash, o‘qishni bekor qilish, talabalarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash va shaxsiy grafik asosida ta’lim olish bo‘yicha buyruqlar funksionali ishga tushirildi.
2️⃣ Dars jadvali va kalendar rejalashtirish
O‘quv reja haftalarini 7 kunlik tizimga moslashtirish imkoniyati yaratildi. Endilikda yakshanba kuniga ham dars qo‘yish va dars jadvalini avtomatik generatsiya qilish funksiyalari takomillashtirildi.
3️⃣ Transkript bo‘yicha kengaytirilgan qidiruv
Transkript bo‘limiga talabalarni familiyasi, ID raqami va pasport ma’lumotlari bo‘yicha tezkor topish imkonini beruvchi filtrlar qo‘shildi.
4️⃣ Ma’lumotlarni Excelga eksport qilish
Akademik yozuvlardagi fanlar va baholar ro‘yxatini, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘limida guruhlar kesimidagi baholarni Excel formatida yuklab olish funksiyasi yaratildi.
5️⃣ O‘quv reja yaratishdagi unikallik
O‘quv rejalarini shakllantirishda xatoliklarning oldini olish maqsadida fakultet, mutaxassislik, ta’lim turi, shakli va o‘quv yili bo‘yicha takrorlanmaslik (unikallik) nazorati o‘rnatildi.
6️⃣ Rahbariyat uchun monitoring tizimi
“Rahbar” roli ostida tyutorlar faoliyatini masofadan kuzatib borish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Tyutor monitoringi” bo‘limi ishga tushdi.
7️⃣ Shaxsiy qaydnomalar nazorati
Shaxsiy qaydnoma qo‘shish jarayoni takomillashtirildi. Endi ro‘yxatda faqatgina tegishli ruxsat berish buyrug‘ida qayd etilgan talabalargina ko‘rinadi.
8️⃣ Plagiatga qarshi kurash (Antiplag.uz)
Tizim Antiplag.uz platformasi bilan integratsiya qilindi. Endilikda talabalar tomonidan yuklangan ilmiy va ijodiy ishlar (kontentlar) ko‘chirmachilikka qarshi tekshiriladi.
9️⃣ Sun’iy intellekt (AI) integratsiyasi
HEMIS tizimi zamonaviy AI texnologiyalari — Gemini va Ollama modellari asosida ishlovchi aqlli chatbotlar bilan bog‘landi.
🔟 Qayta aloqa va qo‘llab-quvvatlash
Tizimni baholash moduli hamda yuzaga kelgan savollarga tezkor javob olish uchun Tiket (murojaat) tizimi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi.

Abror Hamza
❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi (v1.8.6) foydalanishga topshirildi! #hemis Tizimning 2026-yil 10-apreldagi yangilanishida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt integratsiyasi va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga…
❗️O‘quv rejasida 7 kunlik haftalik tizim joriy etildi #hemis
HEMIS tizimida o‘quv reja semestrlari haftalarining muddatini 7 kunlikka moslashtirish funksionali ishlab chiqildi. Endilikda yakshanba kuniga ham dars qo‘yish va dars jadvalini to‘liq generatsiya qilish imkoniyati yaratildi.
Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1️⃣ O‘quv reja haftalari sahifasiga kiriladi
Tegishli o‘quv reja tanlanib, haftalar ro‘yxati ko‘rib chiqiladi.
2️⃣ Muddatlarni to‘g‘rilash
Agar haftalar ro‘yxati avvaldan yaratib bo‘lingan bo‘lsa, “7 kunlikka moslash” tugmasini bosish orqali haftalarning kalendar muddatlari avtomatik tarzda tuzatiladi.
3️⃣ Dars jadvalini shakllantirish
Muddatlar moslashtirilgandan so‘ng, tizim yakshanba kunini ham ishchi kun sifatida qabul qiladi va dars jadvalini shu tartibda generatsiya qilish imkonini beradi.
‼️ Muhim eslatma!
🔹 Agar OTTda 7 kunlik ish (o‘qish) haftasiga ehtiyoj bo‘lmasa, haftalar muddatini asl holicha qoldirib, odatdagidek foydalanishni davom ettirish lozim.
🔹 Ushbu funksiya haftalar oralig‘ini kalendar bo‘yicha aniq taqsimlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etadi.

❗️Rahbariyat uchun “Tyutor faoliyati monitoringi” bo‘limi ishga tushirildi #hemis
HEMIS tizimining “Rahbar” (Rektor, prorektor, dekan) rollariga tyutorlar ish faoliyatini masofadan turib tahlil qilish va nazorat qilish imkonini beruvchi yangi funksional qo‘shildi.
Ushbu bo‘limga o‘tish: Xodimlar/tyutor monitoringi
Monitoring orqali quyidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish mumkin:
1️⃣ Talabalar kontingenti:
Tyutorga biriktirilgan talabalarning umumiy soni va tarkibi.
2️⃣ O‘zlashtirish va davomat:
Talabalarning fanlar bo‘yicha baholari hamda darslardagi ishtiroki.
3️⃣ Intizomiy choralar:
Talabalarga nisbatan qo‘llanilgan ogohlantirish yoki choralar qaydi.
4️⃣ Ijtimoiy holat:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan ishlash va ularning yashash joylariga (ijara/TTJ) tashriflar monitoringi.
5️⃣ Moliyaviy ko‘rsatkichlar:
Talabalarning shartnoma to‘lovlari holati (raqamlar ustiga bosilganda batafsil ro‘yxat shakllanadi).
6️⃣ Vazifalar nazorati:
Tizim orqali tyutorlarga yuklatilgan vazifalar va ularning ijro holati.
7️⃣ Faollik:
Tyutorlarning HEMIS tizimiga kirish va undan foydalanish chastotasi.
‼️ Muhim eslatma!
🔹 Kerakli hisobotlarni shakllantirish uchun sahifadagi tegishli filtrlardan (fakultet, guruh, tyutor ismi) foydalanish zarur.
🔹 Mazkur tahliliy hisobotlar va monitoring ma’lumotlari yaqin kunlarda tyutorlarning o‘z profillarida ham aks etadi.

❗️Talabalarga shaxsiy qaydnoma ochish funksionali takomillashtirildi #hemis
HEMIS tizimida talabalarga shaxsiy qaydnoma yaratish jarayoni yanada tartibga solindi. Endilikda shaxsiy qaydnomalar faqat “Ta’lim buyruqlari” orqali rasman ruxsat berilgan talabalar uchungina shakllantiriladi.
Shaxsiy qaydnoma bilan ishlashning yangi tartibi:
1️⃣ Buyruqni rasmiylashtirish
Dastlab Ta’lim buyruqlari bo‘limi orqali shaxsiy qaydnoma berish to‘g‘risida buyruq loyihasi tayyorlanadi, unga tegishli talabalar biriktiriladi va buyruq mas’ullar tomonidan imzolanadi.
2️⃣ Talabani tanlash
O‘zlashtirish/shaxsiy qaydnoma bo‘limiga kiriladi. Yangi qaydnoma qo‘shish sahifasida faqatgina yuqoridagi bosqichda buyrug‘i imzolangan va tasdiqlangan talabalar ro‘yxati ko‘rinadi.
3️⃣ Qaydnoma yaratish
Ro‘yxatdan kerakli talaba tanlanadi va shaxsiy qaydnoma bilan ishlash jarayoni avvalgi tartibda davom ettiriladi.
‼️ Muhim eslatma!
🔹 Agar bir talaba uchun bir nechta alohida buyruq rasmiylashtirilgan bo‘lsa, talaba ismi ro‘yxatda bir necha bor chiqadi va har bir buyruq uchun alohida shaxsiy qaydnoma yaratish imkoni bo‘ladi.
🔹 Agar biror buyruq asosida talabaga allaqachon shaxsiy qaydnoma ochilgan bo‘lsa, tizim aynan shu buyruq bo‘yicha ikkinchi marta qaydnoma yaratishga ruxsat bermaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifidan oʻziga xos, ajoyib kadr
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
MMTV 1-sinf buyrug‘i.pdf
403.7 KB
❗️2026/2027-oʻquv yilida maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi belgilandi
Mazkur hujjatga koʻra, 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati orqali amalga oshiriladigan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy oʻrta ta’lim maktablari soni 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.
Buyruqqa ilova sifatida 2026–2027-oʻquv yilida maktablarining 1-sinfiga qabul boʻyicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Qabul jarayoni my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali 2026-yilning 20-iyunidan – 31-iyuliga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida hamda 1-31-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlardan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi. Yaʼni, 2026–2027-oʻquv yilida 2019-yil 31-dekabrga qadar tugʻilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

❗Top 100 talikdagi xorijiy oliygohlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga imtiyozli ipoteka krediti beriladi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
🏡 Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 ming 150 baravarigacha (5 mlrd 508 ming so‘m) 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.
🧮 Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.
📝 Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
📋 Buning uchun kredit oluvchi quyidagi shartlarning barchasiga javob berishi kerak:
📄 Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish bo‘yicha Yagona portal (My.gov.uz) orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
➖ kredit olish to‘g‘risida ariza;
➖ kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.
⏭️ Tijorat banki 3 ish kuni ichida uning to‘lovga layoqatini o‘rganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdori to‘g‘risida bank xulosasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
⚠️ Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

▪ O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
▪ kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
▪ kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan reytingda yuqori 100 talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan bo‘lishi;
▪ kredit oluvchining xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi.
📄 Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish bo‘yicha Yagona portal (My.gov.uz) orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
➖ kredit olish to‘g‘risida ariza;
➖ kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.
⏭️ Tijorat banki 3 ish kuni ichida uning to‘lovga layoqatini o‘rganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdori to‘g‘risida bank xulosasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
⚠️ Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.
👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇰🇿Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ertaga, 11-aprel kuni Buxoro shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazishadi.
Bugun esa davlatimiz rahbari Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

❗️Bank kartalariga ham “chiroyli raqam” tanlash yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda bir qator tijorat banklari mijozlarga chiroyli, noyob va oson esda qoladigan raqamlar kombinatsiyasiga ega kartalarni taklif qilmoqda. Xizmat narxi tanlangan raqamga qarab 300 ming so‘mdan 10 million so‘mgacha belgilangan.

❗️Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (161-son, 09.04.2026-y.) “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.
📝 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.
📋 Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪️ ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
▪️ dissertatsiyaning nusxasi.
💰 Hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
⏳ Ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.
✅ Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.

❓Talabalar berilayotgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilyaptimi?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida hayotga tatbiq etilmoqda. Talabalar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar ko‘lamini o‘zingiz ko‘rib turibsiz.
Ilgari kontrakt asosida o‘qiydigan talaba yoki uning ota-onasi o‘quv yili boshlanmasidan butun boshli summani to‘lashga majbur edi. Hozir-chi? Sharoitlar tubdan o‘zgardi:
• Kontrakt miqdorini to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati;
• Kontraktda o‘qiydiganlar uchun grantda o‘qish imkoniyati;
• Imtiyozli va uzoq muddatli ta’lim kreditlari va boshqalar.
Biroq, shuncha qulayliklar yaratilishiga qaramay, talabalar orasida kontrakt to‘lovi bo‘yicha e’tirozlar kamaymayapti. Eng achinarlisi — mas’uliyatning yetishmasligi. Talaba shartnomada belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaydi, lekin qonuniy chora sifatida o‘qishdan chetlatish masalasi ko‘tarilsa, darrov ijtimoiy tarmoqlarda “haq-huquq” haqida jar sola boshlaydi.
Keling, tafakkur qilib ko‘raylik: berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, to‘lovlarni o‘z vaqtida yopish shunchalik qiyinmi? Albatta, hayotda kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda universitet rahbariyatiga (rektorga) yozma ariza bilan murojaat qilib, sababini tushuntirgan holda muddatni uzaytirish mumkin-ku.
Lekin negadir bu vaqtda talabaga “haq-huquqlar" kerak bo‘lmaydi. Faqat universitet majburiyatini eslatishni bilamiz, o‘zimizning majburiyatimizga kelganda esa jimlik. Qonunchilik va shartnoma talablariga ko‘ra universitet choralar ko‘ra boshlasa, darrov ta’lim muassasasi “yomon” va “aybdor”ga chiqadi.
Azizlar, keling, faqat huquqlarimizni emas, mas’uliyatimizni ham unutmaylik. Imkoniyat bor joyda majburiyat ham bo‘lishi shart. Ozgina mas’uliyatli bo‘laylik, o‘rtoqlar!