Abror Hamza
972 subscribers
1.06K photos
370 videos
89 files
1.18K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
❗️Jamoat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning yangi “dual ta’lim” tizimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini ta’minlash va profilaktika inspektorlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, sohada quyidagi muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

Profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan xalos etilib, bor e’tibori mahalla xavfsizligi va aholi muammolari bilan manzilli ishlashga yo‘naltiriladi;

“Mening inspektorim” elektron tizimi joriy etiladi, kunlik onlayn yo‘riqnomalar o‘tkaziladi hamda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari bilan elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilga;

Inspektorlarga ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi va 6 ta kam ahamiyatli qilmish bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish tizimi joriy etiladi;

Mahalla darajasida profilaktika inspektori, maktab psixologi va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarni o‘zaro bog‘laydigan yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi;

Kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unlashadi. O‘qishning 1-kursida 80/20, 2-kursda 60/40 va 3-kursda 50/50 nisbatda amaliyot tashkil etiladi;

Talabalar stajyor lavozimiga tayinlanib, murabbiy nazorati ostida mustaqil ish yuritish vakolatiga ega bo‘ladi. Bitiruvdan keyin 5 yil davomida ularning faoliyati monitoring qilinadi.


👉 @abrorhamza 👈
Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:

🔹 Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi;

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi.


👉 @abrorhamza 👈
Namunaviy shtatlar.pdf
792.9 KB
❗️Oliy ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qo‘shma qarori bilan OTM xodimlarining namunaviy shtatlariga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur hujjat bilan kiritilgan asosiy o‘zgarishlar:

Namunaviy shtatlardagi XXI bob nomi endilikda “Ta’lim sifati nazorati bo‘limi” deb yuritiladi;

Shtat birliklariga oid texnik xizmat ko‘rsatish qismida “kanalizatsiya” tushunchasi o‘rniga “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar kiritildi;

Hujjatning XVI bobidan 5-pozitsiya chiqarib tashlandi (bu ma'lum bir shtat birligining optimallashtirilganini anglatadi).

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (152-son, 08.04.2026 y.) bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi.

Nizomga koʻra, Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Tanlovda:

1️⃣ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;
2️⃣ 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari;
3️⃣ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi.

Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi.

💵 Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-oʻrin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;
🥈 2-oʻrin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;
🥉 3-oʻrin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi.


👉 @abrorhamza 👈
📦 Bond omborlari: O‘zbekiston elektron tijoratida “inqilobiy” yangilik bo‘ladimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev sohada bojxona va soliq yukini keskin kamaytiruvchi hamda xalqaro marketpleyslar kirib kelishini tezlashtiruvchi yangi tizim bilan tanishdi.

⬇️ Kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar va ko‘rsatkichlar:

2026–2028-yillarda tajriba tariqasida “import – bond ombori – platforma – iste’molchi” zanjiri joriy etiladi. Bunda tadbirkor tovar omborga kirganida emas, balki u sotilgan vaqtdagina boj to‘laydi. Bu aylanma mablag‘ni tejashda katta imkoniyatdir;

Yirik xalqaro platformalarni jalb qilish orqali chakana savdodagi onlayn ulushni hozirgi 4 foizdan 11 foizga chiqarish mo‘ljallanmoqda. Bu kamida 500 million dollar investitsiya deganidir;

Oxirgi 8 yilda elektron tijorat hajmi 20 barobar o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Sohada hozirning o‘zida 750 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilgan;

Kelgusi besh yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlar qurish zarurligi belgilandi. Hozirda mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub;

Bond omborlari nafaqat import, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishini ham osonlashtiradi, logistika xarajatlarini pasaytiradi.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi va ulug‘ ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


👉 @abrorhamza 👈
🏔 So‘x tumani iqtisodiy o‘sish va turizm markaziga aylanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va hududning turizm salohiyatini ishga solish bo‘yicha yangi rejalar bilan tanishdi.

⬇️ So‘xda amalga oshiriladigan asosiy o‘zgarishlar va ko‘rsatkichlar:

Joriy yilda tumanga 40 million dollar investitsiya jalb qilinadi va 15 million dollarlik eksport ta’minlanadi. Natijada xizmatlar sohasida 17,1 foiz, sanoatda 9 foiz o‘sish kutilmoqda;

So‘x daryosi qirg‘oqlarida (Sarikanda, Rovon, Istiqlol) yangi dam olish maskanlari barpo etiladi. Shuningdek, hududda reabilitatsiya va fizioterapiyani jamlagan Tibbiy xizmatlar klasteri tashkil etiladi;

Har bir mahallada 10 tadan, jami 300 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 8,6 ming aholi kasb-hunarga o‘qitiladi. Buning uchun banklar tomonidan 64 milliard so‘m kredit ajratiladi;

Ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun qo‘shimcha 74,5 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Transport-logistika masalalari hal etilib, chegaradan o‘tish tartiblari yanada soddalashtiriladi;

Qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlar:

• Qayroq massivida 425 gektar mevali bog‘lar;
• Chashma mahallasida 60 gektar za’faron plantatsiyalari;
• Navobodda 30 ta hovuzdan iborat forel baliqchiligi (har biridan 50 tonna mahsulot);
8 kilometr o‘zi oqar sug‘orish tarmog‘i qurilib, 800 gektar yangi yer o‘zlashtiriladi.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tashrif asnosida muzeyning mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.


👉 @abrorhamza 👈