Abror Hamza
🏃♂️ Bugun Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda sport sohasiga oid bir qator yangiliklar e'lon qilindi Jumladan: 🔹 Endi Prezident olimpiadasi parasport bo‘yicha ham o‘tkaziladi; 🔹 Har bir tuman, viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil…
❗️Maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi
Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni kross-fit ommalashayotgani ta’kidlandi.
Shu sababli, 1-maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish topshirildi.
Ushbu yo‘nalish yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi hamda kelgusi yildan “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi.
👉 @abrorhamza 👈

❗️Oliy ta'lim tashkilotlarida davomatni yuritish jarayonida talabalarning darsda ishtirok etmaganligini sababli qilish bo'yicha aniq mezonlar.
Tegishli hujjat topshirgan taqdiringizda ham “NB” qoʻyiladi. Hujjat orqali oʻsha “NB” sababli qilinadi.
1️⃣ O‘qishga vaqtincha layoqatsizlik (kasallik) sababli
095\x shakldagi tibbiy ma’lumotnoma — eng ko‘p muddati: 30 kungacha;
2️⃣ Nogironligi mavjud talabalarning mavsumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi sababli
Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi ma’lumotnomasi — ko‘rikdan o‘tish muddati davomida;
3️⃣ Talabaning nikoh to‘yi sababli
💍 Nikoh to‘yidan oldin bergan ariza va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma — 10 kungacha;
4️⃣ Yaqin (birinchi darajali) qarindoshining to‘yi yoki vafoti sababli
Talaba arizasi + asoslovchi hujjat — 5 kungacha;
5️⃣ Homiladorlik davrining og‘ir kechishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi ta’til sababli
Talaba doimiy ro‘yxatdan o‘tgan tibbiy muassasa ma’lumotnomasi yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — 30 kungacha;
6️⃣ Turli xil musobaqalar va tadbirlarda ishtirok etishi sababli
Vazirlik yoki oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i — Tadbir muddati davomida, 30 kundan oshmagan holda;
7️⃣ Tabiiy ofatlar yoki baxtsiz hodisalar sababli
Tegishli idoralar ma’lumotnomasi — ma’lumotnomada belgilangan muddatga ko‘ra, 30 kundan oshmagan holda;
8️⃣ Xorijlik talabalar vizasi muddati tugashi sababli
Pasport nusxasi va xalqaro bo‘lim bildirgisi — viza olish muddati davomida, 30 kundan oshmagan holda.
Bundan boshqa barcha holatlarda nima olib kelishingizdan qatʼiy nazar sababsiz hisoblanadi.
‼️ESLATMA:
🔹 qoldirilgan darslar bir semestr davomida 30 kundan oshsa, sababidan qat’i nazar, talaba akademik ta’tilga chiqariladi yoki talabalar safidan chetlashtiriladi;
🔹 sababli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan kunidan 10 kun ichida topshirilishi shart.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Farosat — muvaffaqiyatning kalitidir — Abduqodir Toshqulov Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asaridagi Ayoz qissasi orqali idrok va mas’uliyat haqida muhim dars beribdi
👉 @abrorhamza 👈
“Sulton Mahmuddan nega xizmatkori Ayozga 30 baravar ko‘p haq to‘lashini so‘rashganda, u buni amaliy misol bilan isbotladi. Oddiy bir karvon haqida ma’lumot keltirish uchun 30 ta bek necha bor qatnab aniqlay olmagan barcha tafsilotlarni — karvon qayerdan kelayotgani, qayerga borayotgani, nima yuk olib ketayotgani va qachon yo‘lga chiqqanini Ayoz bir urinishda aniqlab keldi.
Bu xislatning nomi — farosat. Inson bir topshiriqni bajarganda shoshqaloqlik qilmay, uni har tomonlama puxta va oldindan o‘ylab ado etishi kerak.
Hayotdagi kichik e’tiborsizliklar — masalan, yo‘lda yotgan bir piyolaga befarq o‘tib ketish — vaqt o‘tib katta ishlardagi mas’uliyatsizlikka va xavflarni ko‘ra olmaslikka olib keladi. Shuning uchun har bir ishga idrok bilan yondashish kelajakdagi katta g‘alabalarning poydevori bo‘lib xizmat qiladi”.
👉 @abrorhamza 👈
❓HEMIS tizimiga kirish uchun parolni unutdingizmi? Qanday tiklash mumkin?
1️⃣ HEMIS mobil ilovasining kirish qismida “Parolni unutdingizmi?” tugmasini tanlang.
2️⃣ Tahsil olayotgan OTTingizni va Talaba ID raqamingizni kiriting.
3️⃣ Elektron pochta yoki SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting va yangi parol o‘rnating.
❓HEMIS ID (Talaba ID) raqamini qayerdan olish mumkin?
✅ JAVOB: kontrakt.edu.uz axborot xizmatidagi ta’lim ma’lumotlaringizdan yoki fakultetingiz dekanatidan.
❓Telefon raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa nima qilish kerak?
Agar tizimda eski raqamingiz saqlanib qolgan bo‘lsa, dekanatga murojaat qiling. Shuningdek, profilingizga kirgach, sozlamalar bo‘limi orqali raqamni o‘zingiz ham yangilashingiz mumkin.

❓Talaba almashinuvi: Akademik mobillik haqida bilasizmi? #talaba
✅ JAVOB: Akademik mobillik — bu talaba yoki o‘qituvchining ma’lum muddat davomida boshqa bir (mahalliy yoki xorijiy) oliygohda ta’lim olishi yoki dars berishidir.
Unga ko‘ra, talaba almashinuvining ikki asosiy turi mavjud:
1️⃣ Erkin harakatlanuvchilar — talaba o‘z tashabbusi va xohishi bilan boshqa hudud yoki mamlakatdagi universitetni tanlab, o‘qishni tashkil qiladi.
2️⃣ Dastur doirasidagi almashinuv — universitetlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro kelishuv (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Talaba o‘qiyotgan OTT va qabul qiluvchi OTT o‘rtasida hamkorlik shartnomasi bo‘lishi lozim va o‘qish davomida to‘plangan kreditlar (fanlar) o‘z universiteti tomonidan tan olinishi va hisobga olinishi shart.
❓Almashinuv dasturlari muddati qancha?
🔹 Qisqa muddatli: 1 haftadan 3 oygacha;
🔹 Uzoq muddatli: 6 oydan 1 yilgacha (bir yoki ikki semestr).

PQ-134.pdf
2.2 MB
❗️Oliygohga o’qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi
Bu to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
➖ Askarlarga xizmat davrida oliygohlarning masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga kirish va tahsil olishga ruxsat beriladi. Bunda kontrakt asosida kirganlarga imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
➖ OTMga o‘qishga qabul qilingan askarlar oliygohlarning harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari talabalariga tenglashtiriladi va o‘qishni bitirgach, ularga zaxiradagi leytenant unvoni beriladi;
➖ Namunali xizmat o‘tagan, sport yoki fan olimpiadalarida 1-o‘rinni olgan 100 nafar askar har yili oliy harbiy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz (kvota doirasida) qabul qilinadi;
➖ Harbiy qismlarda askarlarni kamida bitta kasbga o‘rgatish bo‘yicha 6 oygacha bo‘lgan kurslar tashkil etiladi va yakunda davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
➖ Xizmatni o‘tab bo‘lgan yoshlarning xorijiy til va fan sertifikati xarajatlari "Yoshlar daftari" jamg‘armasidan, xususiy sektorda kasb-hunar o‘rganish xarajatlari esa vaucher asosida davlat tomonidan qoplab beriladi;
➖ Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi sobiq askarlarning olingan kredit foizi xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

❗️2026-yildan askarlar uchun kasb va ta’lim imkoniyatlari kengaytiriladi
Qarorga muvofiq, qo‘shimcha tartiblar joriy etiladi:
➖ 2026-yil may oyidan boshlab askarlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning kasb egallash va oliy ta’limga kirish istagi aniqlanadi;
➖ Askarlarni kasbga o‘qitishni samarali tashkil etish maqsadida harbiy qismlarga yaqin hududlardagi texnikumlarga biriktiriladi. Mashg‘ulotlarga texnikum pedagoglari jalb qilinadi;
➖ 2026-yil 1-maydan boshlab askarlarni kasbga o‘qitishga jalb etilgan pedagoglarga soatbay asosda ish haqi to‘lanadi;
➖ Askarlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun test sinovlari umumiy tartibda o‘tkaziladi va har yili belgilangan muddatlarda tashkil etiladi. Sinovlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun kasb-hunar o‘rgatish va xarajatlarni qoplashning yangi tartibi belgilandi
⬇️ Qarorga ko’ra, amalga oshiriladigan ishlar:
➖ 2026-yil 1-maydan boshlab askarlarni ular tanlagan kasblar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun bir oy muddatda kasblar ro‘yxati, ikki oyda esa o‘quv dasturlari tasdiqlanadi;
➖ Kasbga o‘qitish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga davlat namunasidagi sertifikat berilishi ta’minlanadi;
➖ Askarlarga oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun harbiy qismlarda zarur shart-sharoitlar yaratiladi;
➖ 2026-yil 1-maydan boshlab askarlarni harbiy qismlarda kasbga o‘qitish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
➖ 2026-yil 1-iyuldan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va OTMda o‘qish istagini bildirgan yoshlarning xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

❗️Muddatli harbiy xizmatchilarning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralari belgilandi
⬇️ Qarorga ko’ra, amalga oshiriladigan ishlar:
➖ Harbiy xizmat davrida kasb o‘rganib, sertifikat olgan askarlar haqidagi ma’lumotlar xizmat tugashidan kamida bir oy oldin Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etiladi. Ularning doimiy bandligini ta’minlash choralar ko‘riladi;
➖ Migratsiya agentligi xizmatni tamomlagan va sertifikatga ega yoshlarni xususiy bandlik agentliklari orqali xorijiy ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish choralarini ko‘radi;
➖ 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab harbiy xizmat davrida kontrakt asosida o‘qishga kirgan askarlarga o‘qishning birinchi yili uchun Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan kredit ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Harbiy xizmatni tamomlagandan so‘ng bir yil davomida tadbirkorlik boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan kreditlarning foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilinadi. Bunda:
🔹 Kreditning 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
🔹 Kichik tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidan qat’i nazar, “2+1” tamoyili asosida (dastlabki ikki yilga) kompensatsiya taqdim etiladi.
➖ Hokimliklar bir oy muddatda harbiy qismlarni askarlarni kasbga o‘qitish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, jihozlar va xomashyo bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

❗️Toshkent viloyati kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8-aprel kuni Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini poytaxt darajasiga yetkazish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
⬇️ Unga ko‘ra, 2025–2026-yillarda viloyatda quyidagi yirik loyihalar va o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
➖ 2026-yilda viloyat iqtisodiyoti 9,1 foizga, sanoat 8,8 foizga o‘sishi rejalashtirilgan. Buning uchun 6,2 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi;
➖ Tumanlar salohiyatini tahlil qilish uchun “Raqamli taraqqiyot – sun’iy intellekt markazi” tashkil etiladi. Sanoatni boshqarishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniladi;
➖ Joriy yilda 883 ta mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. 84,7 ming aholi doimiy ishga joylashtiriladi va 13,3 ming ishsiz fuqaro kasbga o‘qitiladi;
➖ Parkentda “Parkent Pharm” erkin iqtisodiy zonasi, O‘rta Chirchiqda mebelchilik klasteri va Angrenda yirik keramika zavodi ishga tushiriladi. Toshkent shahridan viloyatga ko‘chirilayotgan korxonalar hisobiga minglab ish o‘rinlari yaratiladi;
➖ Ohangaronda Qo‘ychilik va echkichilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, 50 ming bosh naslli chorva olib kelinadi. Oqqo‘rg‘on va Ohangaronda yiliga 30 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish quvvatlari yaratiladi;
➖ Parkentda yangi tog‘-chang‘i kurort zonasi, Ohangaronda “Moviy tog‘lar” turizm majmuasi, Angrenda esa “turizm qishloqlari” barpo etiladi. Turizm eksportini 600 million dollarga yetkazish maqsad qilingan;
➖ Yuqori Chirchiqda 5 milliard dollarlik “Tashkent Medical Smart City” innovatsion tibbiyot shaharchasi hamda Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markazi barpo etiladi.

❗️Jamoat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning yangi “dual ta’lim” tizimi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini ta’minlash va profilaktika inspektorlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, sohada quyidagi muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
➖ Profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan xalos etilib, bor e’tibori mahalla xavfsizligi va aholi muammolari bilan manzilli ishlashga yo‘naltiriladi;
➖ “Mening inspektorim” elektron tizimi joriy etiladi, kunlik onlayn yo‘riqnomalar o‘tkaziladi hamda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari bilan elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilga;
➖ Inspektorlarga ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi va 6 ta kam ahamiyatli qilmish bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish tizimi joriy etiladi;
➖ Mahalla darajasida profilaktika inspektori, maktab psixologi va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarni o‘zaro bog‘laydigan yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi;
➖ Kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unlashadi. O‘qishning 1-kursida 80/20, 2-kursda 60/40 va 3-kursda 50/50 nisbatda amaliyot tashkil etiladi;
➖ Talabalar stajyor lavozimiga tayinlanib, murabbiy nazorati ostida mustaqil ish yuritish vakolatiga ega bo‘ladi. Bitiruvdan keyin 5 yil davomida ularning faoliyati monitoring qilinadi.

Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:
🔹 Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi.

Namunaviy shtatlar.pdf
792.9 KB
❗️Oliy ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qo‘shma qarori bilan OTM xodimlarining namunaviy shtatlariga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur hujjat bilan kiritilgan asosiy o‘zgarishlar:
➖ Namunaviy shtatlardagi XXI bob nomi endilikda “Ta’lim sifati nazorati bo‘limi” deb yuritiladi;
➖ Shtat birliklariga oid texnik xizmat ko‘rsatish qismida “kanalizatsiya” tushunchasi o‘rniga “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar kiritildi;
➖ Hujjatning XVI bobidan 5-pozitsiya chiqarib tashlandi (bu ma'lum bir shtat birligining optimallashtirilganini anglatadi).
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

❗️“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (152-son, 08.04.2026 y.) bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi.
Nizomga koʻra, Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.
✅ Tanlovda:
1️⃣ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;
2️⃣ 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari;
3️⃣ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi.
Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi.
💵 Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-oʻrin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;
🥈 2-oʻrin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;
🥉 3-oʻrin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.
Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi.

📦 Bond omborlari: O‘zbekiston elektron tijoratida “inqilobiy” yangilik bo‘ladimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev sohada bojxona va soliq yukini keskin kamaytiruvchi hamda xalqaro marketpleyslar kirib kelishini tezlashtiruvchi yangi tizim bilan tanishdi.
⬇️ Kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar va ko‘rsatkichlar:
➖ 2026–2028-yillarda tajriba tariqasida “import – bond ombori – platforma – iste’molchi” zanjiri joriy etiladi. Bunda tadbirkor tovar omborga kirganida emas, balki u sotilgan vaqtdagina boj to‘laydi. Bu aylanma mablag‘ni tejashda katta imkoniyatdir;
➖ Yirik xalqaro platformalarni jalb qilish orqali chakana savdodagi onlayn ulushni hozirgi 4 foizdan 11 foizga chiqarish mo‘ljallanmoqda. Bu kamida 500 million dollar investitsiya deganidir;
➖ Oxirgi 8 yilda elektron tijorat hajmi 20 barobar o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Sohada hozirning o‘zida 750 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilgan;
➖ Kelgusi besh yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlar qurish zarurligi belgilandi. Hozirda mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub;
➖ Bond omborlari nafaqat import, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishini ham osonlashtiradi, logistika xarajatlarini pasaytiradi.