❗️Diplom ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha qo‘llanma
Bitiruvchilar orasida ko‘p beriladigan savollardan biri — diplom ma’lumotlarini diplom.edu.uz tizimiga kiritish va ularni boshqa platformalarda (masalan, my.gov.uz) aks ettirish tartibidir.
Ushbu jarayon bo‘yicha qisqa va tushunarli qo‘llanmani e’tiboringizga havola etaman:
❓Jarayon qanday amalga oshiriladi?
1️⃣ diplom.edu.uz saytiga kirasiz va “Ta’lim ma’lumotini qo‘shish” bo‘limini tanlaysiz;
2️⃣ Diplomingizdagi kerakli ma’lumotlarni kiritib, ariza yuborasiz;
3️⃣ Yuborilgan ariza siz diplom olgan ta’lim muassasasiga boradi. O‘quv yurti ma’lumotlarni arxiv bilan solishtirib, 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
4️⃣ Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, diplom ma’lumotlaringiz avtomatik ravishda my.gov.uz va boshqa davlat axborot tizimlarida ko‘rina boshlaydi.
👉 @abrorhamza 👈

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon viloyati hokimi o’rinbosari davlat zaxirasidagi 20 sotix yerni auksionda fuqaroga yutib berib, kelgusida bu yerda qurilish qilishga ruxsatnoma olib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlanibdi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
Taqiqlangan manbalar.pdf
4.6 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.
(2026-yil 6-aprel holatiga).
👉 @abrorhamza 👈
(2026-yil 6-aprel holatiga).
👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Photo
❗️Prezident maktablarda tashkil qilingan sport to‘garaklarini keskin tanqid qildi
Jumladan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani qayd etildi.
Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagani ta’kidlandi.
Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

❗️Sport oliygohlarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi
Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuboriladi.
Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.
Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.
Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

❗️Markaziy bank: 500 ming so‘mlik banknota chiqarilishi haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
❓Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun joriy yilda ham qo’shimcha kvota beriladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, beriladi.
2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonining 10-a-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta‘lim tashkilotlarini tamomlagan 6 ming 500 nafar yoshlarga viloyatlardagi davlat oliygohlari uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Mazkur qo‘shimcha kvota to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi va talabalarga ajratilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Mazkur kvota joriy yilda ham ajratiladi. Buni Oliy ta’lim vazirligi mas’ullari ham tasdiqlashdi.
Ma’lumot uchun, ushbu kvota mandat chiqib bo‘lgandan keyin e’lon qilinadi.

🏃♂️ Bugun Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda sport sohasiga oid bir qator yangiliklar e'lon qilindi
Jumladan:
🔹 Endi Prezident olimpiadasi parasport bo‘yicha ham o‘tkaziladi;
🔹 Har bir tuman, viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi. Ushbu musobaqalar g‘oliblari Prezident olimpiadasiga yo‘llanma oladi;
🔹 Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi;
🔹 Toshkentdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, o‘rniga Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham markazning boshqaruviga o‘tadi;
🔹 Endi o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi;
🔹 O‘zbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasi tashkil qilinadi;
🔹 Endilikda olimlarning sport bo’yicha ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi;
🔹 Sport yo‘nalishidagi oliygohlar 2 va 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kursdagilarning esa barchasi murabbiylik qilish uchun maktablardagi to‘garaklarga yuboriladi;
🔹 Ularga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi. Ularga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 Vazirlik, idora va tashkilotlarda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanadi, bu kunda ularda sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?
✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.
➖ o‘z xohishiga ko‘ra;
➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;
➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);
➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
➖ vafot etganligi sababli.
Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbarlari 2025-yilda xizmat safarlariga 3,3 mlrd soʻm sarflabdi
Yillik hisobotga koʻra, vazirlik rahbarlarining xizmat safarlari uchun katta miqdorda mablagʻ yoʻnaltirilgan.
➖ Yil davomida 24 ta davlatga 120 marta xizmat safari amalga oshirilib, bunga jami 2 mlrd 447 mln soʻm sarflangan (har bir safar oʻrtacha 20,4 mln soʻm);
➖ Eng koʻp mablagʻ Fransiyaga (15 marta, 427 mln soʻm) sarflangan. Shuningdek, roʻyxatda Xitoy (18 marta), Turkiya (12 marta) va Buyuk Britaniya (5 marta) kabi davlatlar bor;
➖ Ayrim rahbarlar, jumladan Hilola Umarovaning safarlari uchun 173,8 mln soʻm, boshqarma boshliqlari A. Abdulhayevga 230,8 mln soʻm va O. Rahmatillayevga 213 mln soʻm ajratilgan;
➖ Ayrim safarlar narxi 70-85 mln soʻmgacha yetgan (masalan, AQSH va Braziliya safarlari). Vazirlik xalqaro safarlar byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanganini bildirdi;
➖ Oʻzbekiston boʻylab 383 ta safar uchun 875,8 mln soʻm sarflangan. Eng koʻp tashrif Samarqand viloyatiga (105 ta), eng kami Qashqadaryoga (14 ta) toʻgʻri kelgan.

Shodiyev Umid Rustamovich O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Turizm qo‘mitasi raisi edi.
👉 @abrorhamza 👈
U bunga qadar Turizm qo‘mitasi raisi edi.
👉 @abrorhamza 👈
❗️DXX: Poytaxtda nodavlat OTT talabasi va o‘qituvchisi noqonuniy “hujra” tashkil qilgani aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish va ularga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq mudhish holatlar fosh etildi.
🔹 Universitet o‘qituvchisining qilmishi:
Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tadbirda nodavlat oliy ta’lim tashkilotining o‘qituvchisi (1987-y.t.) va uning turmush o‘rtog‘i ijara xonadonda 5 nafar bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotgani aniqlandi. Ularning orasida Tojikiston Respublikasi fuqarosining ham farzandi bo‘lgan.
🔹 Talabaning “saboqlari”:
Shu universitetning 2-bosqich talabasi (1992-y.t.) ijaraga olingan xonadonda 9 nafar voyaga yetmagan bolaga moddiy manfaat evaziga noqonuniy ta’lim berib kelgan. Bolalarga majburiy saboq berilgan va ayrim hollarda ularga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. 6 nafar bola bir necha oy davomida umumta’lim maktabiga yuborilmagan, uyda majburan saqlanib, ko‘chaga chiqishi taqiqlangan.
Hozirda qonunbuzar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 229²-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.