Abror Hamza
969 subscribers
1.06K photos
370 videos
89 files
1.18K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
🏆 ZAKOVAT: TDIU jamoasi “Temur tuzuklari” bilimdoni deb topildi!

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Global Leaders” hamda “Yosh analitiklar” klublari hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur do‘stona, ammo murosasiz bahsda yurtimizdagi 8 ta nufuzli OTTdan 21 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida JIDU, TDYU, O‘zDJTU kabi kuchli raqiblar bor edi.

Turnir yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlar:

🥇 1-o‘rin: TDIU “Zakovat” klubi;
🥈 2-o‘rin: TIU “Revengers”;
🥉 3-o‘rin: O‘zDJTU “Karyera maktabi”.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐾 Hayvonlarga shafqatsizlik qilganlar endi 1 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

Hozirgi jazo choralari:

Jarima: 15-25 BHM yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq

Yangi qonun loyihasidagi o‘zgarishlar:

🔹 Jarima 200 BHMgacha (taxminan 80 million so‘mdan ortiq) oshiriladi;
🔹 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etiladi (hozir 6 oygacha);
🔹 Aybdor shaxslar barcha veterinariya xarajatlarini to‘liq qoplashi shart bo‘ladi;
🔹 Hayvon egalari ularni qarovsiz qoldirmaslik va himoya qilish majburiyatiga ega bo‘ladi.


👉 @abrorhamza 👈
Milliy va xalqaro sertifikatlar: Imtiyozlar qanday qo‘llaniladi? #abituriyent

Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikati bor abituriyentlar uchun bir qator yengilliklar mavjud.

🔹 Sertifikatning amal qilish muddati abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sanaga nisbatan hisoblanadi.
🔹 Imtiyozlarni qo‘llashda Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal o‘tish ballariga qat’iy amal qilinadi.

Mutaxassislik fani bo‘yicha (B+, B, C, C+ darajalar):

Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichida abituriyent sertifikatdan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin:

Tasdiqlasa: Ushbu fandan test topshirmaydi va sertifikatdagi foizga mos ravishda ball beriladi.

Rad etsa: Umumiy tartibda test sinovida ishtirok etadi.

Majburiy fanlar bo‘yicha:

Agar sertifikat majburiy fanlardan biri bo‘yicha olingan bo‘lsa, abituriyent mutaxassislik fani uchun sertifikatdan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishidan qat’i nazar:

🔹 Tegishli majburiy fandan maksimal ball beriladi;
🔹 Abituriyent ushbu majburiy fandan test topshirmaydi.

‼️ Muhim:

O‘zbek, rus, qoraqalpoq tili va adabiyotidan tashqari boshqa fanlar bo‘yicha sertifikatlar imtihon qaysi tilda topshirilishidan qat’i nazar inobatga olinadi.
Bir toifadagi ikki yoki undan ortiq imtiyoz mavjud bo‘lsa, ularni qo‘llash ketma-ketligi Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.


👉 @abrorhamza 👈
Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-avgust sanasidan beri bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m hisoblanadi.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💰 2027-yildan oliygohlar reytingdagi o‘rniga qarab moliyaviy rag‘batlantiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Jamshid Halilov tizimga kiritilayotgan yangi iqtisodiy mexanizm haqida ma’lumot berdi. Endilikda oliygohning reytingdagi natijasi uning byudjetiga bevosita ta’sir qiladi.

Reyting qanday yuritiladi?

Milliy reyting oliy ta’lim tashkilotlari talabalari soni ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda olib boriladi.

Oliygohlar quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha imtihondan o‘tadi:

1️⃣ Akademik, ilmiy va xalqaro faoliyat;
2️⃣ Raqamlashtirish darajasi;
3️⃣ Bitiruvchilarning bandligi (ish bilan ta’minlangani);
4️⃣ O‘quv jarayoni sifati.

Oliygohning maqomiga qarab rag‘bat miqdori turlicha bo‘ladi:

🔹 Moliyaviy mustaqil oliygohlar uchun:

I daraja (eng yuqori) — 20 foiz qo‘shimcha mablag‘;
II daraja10 foiz qo‘shimcha mablag‘.

🔹 An’anaviy moliyalashtiriladigan oliygohlar uchun:

I daraja
10 foiz qo‘shimcha mablag‘;
II daraja5 foiz qo‘shimcha mablag‘.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Universitetlar endi nafaqat ta’lim, balki texnologiya markaziga aylanadi!

Oliy ta’lim tizimida natijaga asoslangan mutlaqo yangi model joriy etilmoqda. Jamshid Halilovning ta’kidlashicha, endi universitetlarda ilm-fan va bozor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘prik o‘rnatiladi.

💡 Spin-off korxonalar va tijoratlashtirish:

Universitetlar qoshida spin-off korxonalar tashkil etiladi. Bu nima degani? Bu — talaba yoki olimning g‘oyasi shunchaki qog‘ozda qolib ketmasdan, mahsulotga aylanadi va bozorga chiqadi degani. Ya’ni, ilm — iqtisodiyotning drayveriga aylanadi.

💰 Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish:

Davlat ilmiy dasturlari mablag‘larining kamida 50 foizi eng ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
Loyihalarni saralashda xalqaro ekspertlar va ilmiy-texnik kengashlar ishtirok etadi. Bu shaffoflik va sifatni kafolatlaydi.

Vazirlik mas’uli Abdusamad Mamanazarov oliy ta’lim tizimidagi yana bir inqilobiy yangilik — “New Uzbekistan Scholarship” grant dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Dasturning asosiy jihatlari:

🔹 Har yili 500 nafar iqtidorli xorijlik talabalarga respublika oliygohlarida o‘qish uchun grantlar ajratiladi;
🔹 Eng muhim yangilik: Shu paytgacha xorijlik talabalar uchun stipendiya berish tizimi mavjud emas edi. Endi esa nafaqat o‘qitish xarajatlari qoplanadi, balki yuqori o‘zlashtirishga ega bo‘lgan xorijliklarga oylik stipendiyalar ham beriladi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️“U10” dasturi: 10 ta oliygoh Milliy tadqiqot universitetiga aylanadi!

Yaqin yillarda O‘zbekiston oliy ta’limida katta o‘zgarish kutilmoqda. Endi universitetlar shunchaki dars o‘tiladigan maskan emas, balki iqtisodiyotning drayveriga aylanadi.

Milliy tadqiqot universitetlari qanday aniqlanadi?

Bu maqom shunchaki berilmaydi. Buning uchun yirik ilmiy klasterlar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan oliygohga “Milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi.

G‘olib universitet atrofida bir nechta kuchli ishtirokchilar birlashadi:

Mahalliy boshqa OTMlar;
Ilmiy-tadqiqot institutlari;
Xorijiy nufuzli ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlari.

Bu ishtirokchilar o‘rtasida vazifalar taqsimlanadi va barcha kuch yagona maqsad — yirik ilmiy grantni muvaffaqiyatli amalga oshirish va yangi texnologiya yaratishga qaratiladi.

💰 Ushbu maqomga ega bo‘lgan universitetlarga 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa:

🔹 Universitetni ilm yaratadigan va texnologiya ishlab chiqaradigan markazga aylantiradi.
🔹 Sanoat va ishlab chiqarish bilan real hamkorlik o‘rnatiladi.
🔹 Universitet iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanadi.


👉 @abrorhamza 👈
👮‍♀️ Harbiy xizmatchilar va yoshlar uchun mislsiz imtiyozlar belgilanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va askarlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab quyidagilar ko‘zda tutilgan:

Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davrida oliygohlarda masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi. Shartnoma asosida o‘qishga kirgan askarlarga foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;

Namunali xizmat o‘tagan, sport yoki fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan askarlar oliygohlarga test sinovlarisiz qabul qilinadi. O‘qishni tamomlagach, ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;

Xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Xususiy sektorda ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarning o‘qish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi;

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan sobiq askarlarga test sinovlarida 10 foizlik imtiyozli ballar qo‘shib beriladi;

Har yili o‘tkaziladigan “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining 4 nafar g‘olibi Prezident sovg‘asi — zamonaviy elektromobil bilan taqdirlanadi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Oliygohlar qoshida “spin-off” korxonalari tashkil etishga ruxsat berildi

Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni bilan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilmoqda.

Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:

Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

2026-yil 1-maydan boshlab bunday korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;

Korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil davomida uni xususiylashtirish man etiladi;

Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli yuqori tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;

Korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va boshqa qonuniy manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;

Agar korxonalar Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilsa, u venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Oliygohlar qoshida “spin-off” korxonalari tashkil etishga ruxsat berildi Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni bilan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilmoqda. Farmonga…
❗️“Spin-off” korxonalarida talaba va professor-o‘qituvchilar faoliyati: Imtiyozlar va yangi tartiblar

Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:

Korxonalar faoliyatida muassisning professor-o‘qituvchilari, talaba va izlanuvchilari bevosita ishtirok etishi majburiy hisoblanadi;

Investorlar tomonidan investitsiya kiritishda davlat organlarining xulosasini olish talab etilmaydi;

Korxonaning sof foydasini dividendga yo‘naltirmasdan, ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat beriladi;

Bunday korxonalar istiqbolsiz yoki past rentabelli deb topilib, majburiy tugatilmaydi (ularga rivojlanish uchun imkon beriladi);

Investitsiya davri yakunida davlat ulushi birinchi navbatda boshqa ishtirokchilarga sotib olish uchun taklif etiladi.

2026-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

Muassislarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridan tekin foydalanish;

Bo‘sh yer uchastkalarida 5 yilgacha ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali obyektlar qurish;

Muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️“Spin-off” korxonalarida talaba va professor-o‘qituvchilar faoliyati: Imtiyozlar va yangi tartiblar Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan: Korxonalar faoliyatida muassisning professor-o‘qituvchilari, talaba va izlanuvchilari bevosita ishtirok etishi…
❗️“Spin-off” korxonalarida talaba va professor-o‘qituvchilar faoliyati: Imtiyozlar va yangi tartiblar

Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:

Korxonalar faoliyatida muassisning professor-o‘qituvchilari, talaba va izlanuvchilari bevosita ishtirok etishi majburiy hisoblanadi;

Investorlar tomonidan investitsiya kiritishda davlat organlarining xulosasini olish talab etilmaydi;

Korxonaning sof foydasini dividendga yo‘naltirmasdan, ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat beriladi;

Bunday korxonalar istiqbolsiz yoki past rentabelli deb topilib, majburiy tugatilmaydi (ularga rivojlanish uchun imkon beriladi);

Investitsiya davri yakunida davlat ulushi birinchi navbatda boshqa ishtirokchilarga sotib olish uchun taklif etiladi.

2026-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

Muassislarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridan tekin foydalanish;

Bo‘sh yer uchastkalarida 5 yilgacha ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali obyektlar qurish;

Muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Oliygohlar qoshida “spin-off” korxonalari tashkil etishga ruxsat berildi Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni bilan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilmoqda. Farmonga…
❗️Tajriba-sinov xarajatlarini qoplash va chet tili markazlari uchun foizsiz ssuda: Yangi imtiyozlar

Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:

2026-yil 1-maydan boshlab olimlar va tadbirkorlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning tajriba-sinov ishlari uchun sarflanadigan xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi;

Ushbu mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratiladi;

Tajriba-sinov jarayonlari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida, Innovatsion rivojlanish agentligi o‘tkazadigan tanlovlar asosida moliyalashtiriladi;

C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslarga olis hududlarda o‘quv markazi ochish uchun beriladigan foizsiz ssuda (BHMning 320 baravarigacha) endilikda 30 yoshdan oshganlarga ham beriladi;

Mazkur ssuda 6 oylik imtiyozli davr bilan, 3 yil muddatga taqdim etiladi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Diplom ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha qo‘llanma

Bitiruvchilar orasida ko‘p beriladigan savollardan biri — diplom ma’lumotlarini diplom.edu.uz tizimiga kiritish va ularni boshqa platformalarda (masalan, my.gov.uz) aks ettirish tartibidir.

Ushbu jarayon bo‘yicha qisqa va tushunarli qo‘llanmani e’tiboringizga havola etaman:

Jarayon qanday amalga oshiriladi?

1️⃣ diplom.edu.uz saytiga kirasiz va “Ta’lim ma’lumotini qo‘shish” bo‘limini tanlaysiz;
2️⃣ Diplomingizdagi kerakli ma’lumotlarni kiritib, ariza yuborasiz;
3️⃣ Yuborilgan ariza siz diplom olgan ta’lim muassasasiga boradi. O‘quv yurti ma’lumotlarni arxiv bilan solishtirib, 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
4️⃣ Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, diplom ma’lumotlaringiz avtomatik ravishda my.gov.uz va boshqa davlat axborot tizimlarida ko‘rina boshlaydi.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon viloyati hokimi o’rinbosari davlat zaxirasidagi 20 sotix yerni auksionda fuqaroga yutib berib, kelgusida bu yerda qurilish qilishga ruxsatnoma olib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlanibdi.


👉 @abrorhamza 👈
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


👉 @abrorhamza 👈