🏃♂️ Toshkentda an’anaviy VIII xalqaro marafon bo‘lib o‘tmoqda
Sakkiz yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqa bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Marafonning ochilish marosimida hukumat vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
Marafon haqida qisqacha:
➖ Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan mehmonlar tashrif buyurgan.
➖ Jami 15 ming nafarga yaqin yugurish ishqibozlari qatnashmoqda.
➖ Musobaqa “Humo Arena” majmuasidan boshlanib, poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab davom etmoqda.
Yo‘nalishlar va masofalar:
🔹 42 km — to‘liq marafon;
🔹 21 km — yarim marafon;
🔹 10 km va 5 km — yugurish;
🔹 3 km — ommaviy yugurish va skandinavcha yurish;
🔹 2 km — inklyuziv yugurish;
🔹 Kids Run — bolalar uchun (1 km, 600 m, 400 m).
👉 @abrorhamza 👈

❓Abituriyentlarni ro‘yxatga olish: Ma’lumotlar qanday olinadi va kimlar to‘lovdan ozod? #abituriyent
Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish va to‘lov tizimi bo‘yicha aniq tartiblar belgilangan.
❓Ma’lumotlar qayerdan olinadi?
Abituriyentlar haqidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali real vaqt (onlayn) rejimida quyidagi idoralardan olinadi:
🔹 Bitiruvchi haqida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligidan;
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar: Ichki ishlar vazirligidan (pasport, ID-karta va doimiy yashash manzili).
‼️Muhim eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagandan so‘ng, ma’lumotlarga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
💰Test sinovlari uchun to‘lov:
Testda ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida (hozirda 206 ming so‘m) to‘lov undiriladi.
❓Kimlardan to‘lov undirilmaydi (bepul)?
🔹 Joriy yilgi bitiruvchilar (o‘qishni shu yil tugatganlar);
🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
🔹 “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga test sinovlari va ijodiy imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnoma shakllantirilmaydi.

❓Yangi Nizomdagi sirtqi ta’lim masalasi: Aslida qanday? #mulohaza
Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi telegram kanallarda yangi tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3807) bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga oid bandlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Xususan, Nizomda sirtqi ta’lim shakli kunduzgi ta’limga nisbatan 1 yilga ko‘p muddatda tashkil etilishi haqidagi bandni ko‘rib, ko‘pchilik “sirtqi ta’lim yana ochilarkan” yoki “qabul qayta tiklanibdi” deb jar solishmoqda.
❓Aslida vaziyat qanday?
Vahimaga yoki taajjublanishga hojat yo‘q. Bu qoida yangi qabul uchun emas, balki tizimning huquqiy uzviyligini ta’minlash uchun kiritilgan.
Buning bir necha sababi bor:
1️⃣ To‘g‘ri, amalda sirtqi ta’limga qabul to‘xtatilgan bo‘lishi mumkin, lekin ayni damda ushbu shaklda tahsilni davom ettirayotgan minglab talabalar bor. To ular o‘qishni bitirib, diplom olmaguncha, Nizomdan “sirtqi ta’lim” jumlasi chiqarib tashlanmaydi.
2️⃣ Nizom — bu o‘qiyotgan har bir talabaning haq-huquqini himoya qiluvchi asosiy hujjat. Agar sirtqi ta’lim shakli hujjatdan olib tashlansa, hozirda shu shaklda o‘qiyotganlarning huquqiy maqomi so‘roq ostida qoladi.
3️⃣ Sirtqi ta’limda o‘qish muddati kunduzgidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi — bu tizimning fundamental qoidasi. Bu qoidaning hujjatda aks etishi yangi qabuldan darak bermaydi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Global Leaders” hamda “Yosh analitiklar” klublari hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur do‘stona, ammo murosasiz bahsda yurtimizdagi 8 ta nufuzli OTTdan 21 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida JIDU, TDYU, O‘zDJTU kabi kuchli raqiblar bor edi.
Turnir yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlar:
🥇 1-o‘rin: TDIU “Zakovat” klubi;
🥈 2-o‘rin: TIU “Revengers”;
🥉 3-o‘rin: O‘zDJTU “Karyera maktabi”.
👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐾 Hayvonlarga shafqatsizlik qilganlar endi 1 yilgacha qamalishi mumkin
O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Hozirgi jazo choralari:
➖ Jarima: 15-25 BHM yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq
Yangi qonun loyihasidagi o‘zgarishlar:
🔹 Jarima 200 BHMgacha (taxminan 80 million so‘mdan ortiq) oshiriladi;
🔹 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etiladi (hozir 6 oygacha);
🔹 Aybdor shaxslar barcha veterinariya xarajatlarini to‘liq qoplashi shart bo‘ladi;
🔹 Hayvon egalari ularni qarovsiz qoldirmaslik va himoya qilish majburiyatiga ega bo‘ladi.

❓Milliy va xalqaro sertifikatlar: Imtiyozlar qanday qo‘llaniladi? #abituriyent
Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikati bor abituriyentlar uchun bir qator yengilliklar mavjud.
🔹 Sertifikatning amal qilish muddati abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sanaga nisbatan hisoblanadi.
🔹 Imtiyozlarni qo‘llashda Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal o‘tish ballariga qat’iy amal qilinadi.
❓Mutaxassislik fani bo‘yicha (B+, B, C, C+ darajalar):
Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichida abituriyent sertifikatdan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin:
✅ Tasdiqlasa: Ushbu fandan test topshirmaydi va sertifikatdagi foizga mos ravishda ball beriladi.
❌ Rad etsa: Umumiy tartibda test sinovida ishtirok etadi.
❓Majburiy fanlar bo‘yicha:
Agar sertifikat majburiy fanlardan biri bo‘yicha olingan bo‘lsa, abituriyent mutaxassislik fani uchun sertifikatdan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishidan qat’i nazar:
🔹 Tegishli majburiy fandan maksimal ball beriladi;
🔹 Abituriyent ushbu majburiy fandan test topshirmaydi.
‼️ Muhim:
➖ O‘zbek, rus, qoraqalpoq tili va adabiyotidan tashqari boshqa fanlar bo‘yicha sertifikatlar imtihon qaysi tilda topshirilishidan qat’i nazar inobatga olinadi.
➖ Bir toifadagi ikki yoki undan ortiq imtiyoz mavjud bo‘lsa, ularni qo‘llash ketma-ketligi Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-avgust sanasidan beri bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m hisoblanadi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💰 2027-yildan oliygohlar reytingdagi o‘rniga qarab moliyaviy rag‘batlantiriladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Jamshid Halilov tizimga kiritilayotgan yangi iqtisodiy mexanizm haqida ma’lumot berdi. Endilikda oliygohning reytingdagi natijasi uning byudjetiga bevosita ta’sir qiladi.
❓Reyting qanday yuritiladi?
Milliy reyting oliy ta’lim tashkilotlari talabalari soni ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda olib boriladi.
Oliygohlar quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha imtihondan o‘tadi:
1️⃣ Akademik, ilmiy va xalqaro faoliyat;
2️⃣ Raqamlashtirish darajasi;
3️⃣ Bitiruvchilarning bandligi (ish bilan ta’minlangani);
4️⃣ O‘quv jarayoni sifati.
Oliygohning maqomiga qarab rag‘bat miqdori turlicha bo‘ladi:
🔹 Moliyaviy mustaqil oliygohlar uchun:
I daraja (eng yuqori) — 20 foiz qo‘shimcha mablag‘;
II daraja — 10 foiz qo‘shimcha mablag‘.
🔹 An’anaviy moliyalashtiriladigan oliygohlar uchun:
I daraja — 10 foiz qo‘shimcha mablag‘;
II daraja — 5 foiz qo‘shimcha mablag‘.

❗️Universitetlar endi nafaqat ta’lim, balki texnologiya markaziga aylanadi!
Oliy ta’lim tizimida natijaga asoslangan mutlaqo yangi model joriy etilmoqda. Jamshid Halilovning ta’kidlashicha, endi universitetlarda ilm-fan va bozor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘prik o‘rnatiladi.
💡 Spin-off korxonalar va tijoratlashtirish:
Universitetlar qoshida spin-off korxonalar tashkil etiladi. Bu nima degani? Bu — talaba yoki olimning g‘oyasi shunchaki qog‘ozda qolib ketmasdan, mahsulotga aylanadi va bozorga chiqadi degani. Ya’ni, ilm — iqtisodiyotning drayveriga aylanadi.
💰 Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish:
➖ Davlat ilmiy dasturlari mablag‘larining kamida 50 foizi eng ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
➖ Loyihalarni saralashda xalqaro ekspertlar va ilmiy-texnik kengashlar ishtirok etadi. Bu shaffoflik va sifatni kafolatlaydi.
Vazirlik mas’uli Abdusamad Mamanazarov oliy ta’lim tizimidagi yana bir inqilobiy yangilik — “New Uzbekistan Scholarship” grant dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Dasturning asosiy jihatlari:
🔹 Har yili 500 nafar iqtidorli xorijlik talabalarga respublika oliygohlarida o‘qish uchun grantlar ajratiladi;
🔹 Eng muhim yangilik: Shu paytgacha xorijlik talabalar uchun stipendiya berish tizimi mavjud emas edi. Endi esa nafaqat o‘qitish xarajatlari qoplanadi, balki yuqori o‘zlashtirishga ega bo‘lgan xorijliklarga oylik stipendiyalar ham beriladi.

Abror Hamza
Aytishlaricha, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha KATTA o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda, yaxshi yangiliklar kutib qolamiz. 👉 @abrorhamza 👈
Aytishlaricha, bakalavriat bosqichini xorijiy tilda o‘qiyotgan talabalar uchun yengilliklar berilishi kutilmoqda.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
❗️“U10” dasturi: 10 ta oliygoh Milliy tadqiqot universitetiga aylanadi!
Yaqin yillarda O‘zbekiston oliy ta’limida katta o‘zgarish kutilmoqda. Endi universitetlar shunchaki dars o‘tiladigan maskan emas, balki iqtisodiyotning drayveriga aylanadi.
❓Milliy tadqiqot universitetlari qanday aniqlanadi?
Bu maqom shunchaki berilmaydi. Buning uchun yirik ilmiy klasterlar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan oliygohga “Milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi.
G‘olib universitet atrofida bir nechta kuchli ishtirokchilar birlashadi:
➖ Mahalliy boshqa OTMlar;
➖ Ilmiy-tadqiqot institutlari;
➖ Xorijiy nufuzli ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlari.
Bu ishtirokchilar o‘rtasida vazifalar taqsimlanadi va barcha kuch yagona maqsad — yirik ilmiy grantni muvaffaqiyatli amalga oshirish va yangi texnologiya yaratishga qaratiladi.
💰 Ushbu maqomga ega bo‘lgan universitetlarga 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa:
🔹 Universitetni ilm yaratadigan va texnologiya ishlab chiqaradigan markazga aylantiradi.
🔹 Sanoat va ishlab chiqarish bilan real hamkorlik o‘rnatiladi.
🔹 Universitet iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanadi.

👮♀️ Harbiy xizmatchilar va yoshlar uchun mislsiz imtiyozlar belgilanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va askarlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab quyidagilar ko‘zda tutilgan:
➖ Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davrida oliygohlarda masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi. Shartnoma asosida o‘qishga kirgan askarlarga foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;
➖ Namunali xizmat o‘tagan, sport yoki fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan askarlar oliygohlarga test sinovlarisiz qabul qilinadi. O‘qishni tamomlagach, ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;
➖ Xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Xususiy sektorda ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarning o‘qish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi;
➖ Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan sobiq askarlarga test sinovlarida 10 foizlik imtiyozli ballar qo‘shib beriladi;
➖ Har yili o‘tkaziladigan “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining 4 nafar g‘olibi Prezident sovg‘asi — zamonaviy elektromobil bilan taqdirlanadi.

❗️Oliygohlar qoshida “spin-off” korxonalari tashkil etishga ruxsat berildi
Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni bilan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilmoqda.
Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:
➖ Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
➖ 2026-yil 1-maydan boshlab bunday korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;
➖ Korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil davomida uni xususiylashtirish man etiladi;
➖ Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli yuqori tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;
➖ Korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va boshqa qonuniy manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;
➖ Agar korxonalar Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilsa, u venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.

❗️Oliygohlar qoshida “spin-off” korxonalari tashkil etishga ruxsat berildi Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni bilan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilmoqda. Farmonga…
❗️“Spin-off” korxonalarida talaba va professor-o‘qituvchilar faoliyati: Imtiyozlar va yangi tartiblar
Farmonga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:
➖ Korxonalar faoliyatida muassisning professor-o‘qituvchilari, talaba va izlanuvchilari bevosita ishtirok etishi majburiy hisoblanadi;
➖ Investorlar tomonidan investitsiya kiritishda davlat organlarining xulosasini olish talab etilmaydi;
➖ Korxonaning sof foydasini dividendga yo‘naltirmasdan, ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat beriladi;
➖ Bunday korxonalar istiqbolsiz yoki past rentabelli deb topilib, majburiy tugatilmaydi (ularga rivojlanish uchun imkon beriladi);
➖ Investitsiya davri yakunida davlat ulushi birinchi navbatda boshqa ishtirokchilarga sotib olish uchun taklif etiladi.
2026-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:
➖ Muassislarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridan tekin foydalanish;
➖ Bo‘sh yer uchastkalarida 5 yilgacha ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali obyektlar qurish;
➖ Muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.