Oliy ta’lim vaziri Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hudud aholisi va tizim xodimlari bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida 9 nafar fuqaroning masalasi joyida hal etildi. Muloqotda kontrakt to‘lovi, o‘qishni ko‘chirish, diplom olish va o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish kabi masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
👉 @abrorhamza 👈

❗️Magistratura talabalari stajirovkasi: Baholash va apellatsiya tizimidagi yangiliklar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan magistratura talabalari stajirovka o‘tash tartibiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. (Ro‘yxat raqami: 2734-2, 03.04.2026-y.). Jumladan:
🔹 Endilikda stajirovka bilan bog‘liq hujjat almashinuvi va murojaatlar nafaqat yozma, balki elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin;
🔹 Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida 60 va undan kam ball to‘plagan talabalarning bilimi “qoniqarsiz” deb baholanadi;
🔹 Talaba o‘z natijasidan norozi bo‘lsa, adolatni tiklash uchun yangi mexanizm — Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya kamida 5 nafar mutaxassisdan iborat bo‘ladi.
📋 Apellatsiya berish tartibi:
1️⃣ Natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida ariza berish mumkin;
2️⃣ Komissiya arizani 5 kun ichida ko‘rib chiqadi;
3️⃣ Talaba shikoyat ko‘rib chiqilayotgan jarayonda shaxsan ishtirok etish huquqiga ega;
4️⃣ Apellatsiya jarayonida talabaga uni qayta baholashga qaratilgan qo‘shimcha savollar berish taqiqlanadi. Faqat mavjud natija qayta ko‘rib chiqiladi.
✅ Komissiya talabaning natijasini o‘zgarishsiz qoldirishi yoki unga o‘zgartirish kiritib, talabani stajirovkadan o‘tgan deb topishi mumkin.

Kasb-hunar sertifikati.pdf
1.6 MB
❗️Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar sertifikati berish tartibi o‘zgardi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish va ularga elektron sertifikat berish tizimida tahririy va tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
❓Asosiy o‘zgarishlar nimadan iborat?
🔹 Ilgari hujjatlarda qo‘llanilgan “kasbiy ko‘nikmalar markazi” tushunchasi endilikda “kasbiy ta’lim tashkiloti” deb yuritiladi.
🔹 Bitiruvchilarning amaliy imtihonlari hududlardagi tegishli kasbiy ta’lim tashkilotlarida (kollej yoki texnikumlar bazasida) o‘tkaziladi.
🔹 Imtihon o‘tkazish vaqti va tartibi haqidagi ma’lumotlar binolarning kirish qismiga emas, balki maxsus e’lonlar taxtasiga hamma ko‘rishi uchun qulay tarzda joylashtiriladi.
Maktab davridanoq ma’lum bir hunarni egallagan va amaliy imtihondan o‘tgan o‘quvchilarga elektron sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat yoshlarning kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishlari va rasmiy ish faoliyatini boshlashlari uchun asosiy hujjatlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
✅ Mazkur qaror Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan.

❗️6-aprel, dushanba kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalariga start berish marosimi bo‘lib o‘tadi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
👉 @abrorhamza 👈
“Yurtimizda umumiy bahosi taxminan 3 trillion dollarga teng 2 ming 500 dan ortiq konlar aniqlangani O‘zbekiston ulkan qazilma boyliklar bazasiga ega ekanidan dalolat beradi. Siz, jonkuyar va matonatli geologlarning katta bilim va tajribangiz, mustahkam irodangiz hisobidan ko‘zlangan yuksak marralarga albatta erishamiz, deb ishonaman.
Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli ishlaringizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman”, - deyiladi tabrikda.
👉 @abrorhamza 👈
👨🚒 Favqulodda vaziyatlar sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinadi
Prezidentning tegishli qarori bilan FVV Akademiyasi faoliyati kengaytirilib, uning tarkibida yangi muassasalar va ta’lim shakllari joriy etilmoqda.
Akademiya qoshida yagona ta’lim kampusi doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹 Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi;
🔹 Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti.
Akademiyada 2 bosqichli (bakalavriat va magistratura) professional kadrlar tayyorlash tizimi quyidagi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi:
➖ Bakalavriat: Harbiy yo‘nalishlarda — davlat granti (kunduzgi), umumfuqaro yo‘nalishlarida — to‘lov-kontrakt asosida (kunduzgi, kechki, masofaviy);
➖ Magistratura: FVV tizimidagi vazirlik va idoralar uchun harbiy va umumfuqaro mutaxassisliklar bo‘yicha (kunduzgi, kechki, masofaviy).
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida bakalavriatda kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi “2+2” ta’lim shakli joriy etiladi.
🏛 Shuningdek, FVVning Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Akademiya huzuriga o‘tkazilib, qayta tashkil etildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur siymosi milliy oʻzlik, gʻurur timsoli!
Yildan yilga Sohibqiron siymosi milliy o‘zlik, davlatchilik va g‘urur timsoli sifatida yanada yuksalib, davlat siyosatida muhim o‘rin egallab bormoqda.

❗️Qabul boshlanishiga 2 oy qoldi #abituriyent
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
Test savollari soni va baholash mezoni bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5731
Fanlar majmuasi esa bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5397
O‘tgan yilgi kirish ballarini bilish yo‘li bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5506

Abror Hamza
❗️Qabul boshlanishiga 2 oy qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan…
❗️Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun alohida tartib #abituriyent
Ushbu toifaga kiruvchi abituriyentlarni ro‘yxatga olish bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi.
✅ Bunda ko‘zi ojiz abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish davomida quyidagilarni birdaniga tanlaydi:
🔹 oliy ta’lim muassasasi;
🔹 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
🔹 ta’lim shakli va ta’lim tili.
Ya’ni, ushbu toifa vakillari uchun tanlov jarayoni test natijalarini kutmasdan, aynan ro‘yxatdan o‘tish muddatida yakunlanadi.

❓Abituriyent qaysi tillarni chet tili sifatida tanlay oladi? #abituriyent
Agar abituriyent tanlagan yo‘nalishning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lsa, u test sinovini quyidagi tillarning biridan topshirishi mumkin:
🇬🇧 Ingliz, 🇩🇪 nemis, 🇫🇷 fransuz, 🇪🇸 ispan, 🇮🇹 italyan, 🇹🇷 turk, 🇨🇳 xitoy, 🇰🇷 koreys, 🇯🇵 yapon, 🇸🇦 arab, 🇮🇷 fors, 🇦🇫 dariy, 🇵🇰 urdu, uyg‘ur va hindiy.
Abituriyent o‘zi topshirmoqchi bo‘lgan chet tilini ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichida (5-iyundan 25-iyunga qadar) tanlashi lozim.

🏗 Nukusda Innovatsion texnologiyalar universitetining yangi binosi qurilishi boshlandi
Qoraqalpog‘iston poytaxtida zamon talablariga mos keladigan yangi oliy ta’lim majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Loyiha doirasida quyidagilar barpo etiladi:
🔹 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv majmuasi;
🔹 1000 o‘rinli shinam talabalar yotoqxonasi;
🔹 Zamonaviy o‘quv-laboratoriya xonalari;
🔹 Yopiq sport zali va ochiq sport maydonchalari.
Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha hududda nafaqat davlat, balki nodavlat ta’lim maskanlari sonini oshirish hamda yoshlar uchun sifatli ta’lim va qulay sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarning uzviy davomidir.

🏃♂️ Toshkentda an’anaviy VIII xalqaro marafon bo‘lib o‘tmoqda
Sakkiz yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqa bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Marafonning ochilish marosimida hukumat vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
Marafon haqida qisqacha:
➖ Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan mehmonlar tashrif buyurgan.
➖ Jami 15 ming nafarga yaqin yugurish ishqibozlari qatnashmoqda.
➖ Musobaqa “Humo Arena” majmuasidan boshlanib, poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab davom etmoqda.
Yo‘nalishlar va masofalar:
🔹 42 km — to‘liq marafon;
🔹 21 km — yarim marafon;
🔹 10 km va 5 km — yugurish;
🔹 3 km — ommaviy yugurish va skandinavcha yurish;
🔹 2 km — inklyuziv yugurish;
🔹 Kids Run — bolalar uchun (1 km, 600 m, 400 m).

❓Abituriyentlarni ro‘yxatga olish: Ma’lumotlar qanday olinadi va kimlar to‘lovdan ozod? #abituriyent
Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish va to‘lov tizimi bo‘yicha aniq tartiblar belgilangan.
❓Ma’lumotlar qayerdan olinadi?
Abituriyentlar haqidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali real vaqt (onlayn) rejimida quyidagi idoralardan olinadi:
🔹 Bitiruvchi haqida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligidan;
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar: Ichki ishlar vazirligidan (pasport, ID-karta va doimiy yashash manzili).
‼️Muhim eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagandan so‘ng, ma’lumotlarga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
💰Test sinovlari uchun to‘lov:
Testda ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida (hozirda 206 ming so‘m) to‘lov undiriladi.
❓Kimlardan to‘lov undirilmaydi (bepul)?
🔹 Joriy yilgi bitiruvchilar (o‘qishni shu yil tugatganlar);
🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
🔹 “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga test sinovlari va ijodiy imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnoma shakllantirilmaydi.

❓Yangi Nizomdagi sirtqi ta’lim masalasi: Aslida qanday? #mulohaza
Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi telegram kanallarda yangi tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3807) bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga oid bandlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Xususan, Nizomda sirtqi ta’lim shakli kunduzgi ta’limga nisbatan 1 yilga ko‘p muddatda tashkil etilishi haqidagi bandni ko‘rib, ko‘pchilik “sirtqi ta’lim yana ochilarkan” yoki “qabul qayta tiklanibdi” deb jar solishmoqda.
❓Aslida vaziyat qanday?
Vahimaga yoki taajjublanishga hojat yo‘q. Bu qoida yangi qabul uchun emas, balki tizimning huquqiy uzviyligini ta’minlash uchun kiritilgan.
Buning bir necha sababi bor:
1️⃣ To‘g‘ri, amalda sirtqi ta’limga qabul to‘xtatilgan bo‘lishi mumkin, lekin ayni damda ushbu shaklda tahsilni davom ettirayotgan minglab talabalar bor. To ular o‘qishni bitirib, diplom olmaguncha, Nizomdan “sirtqi ta’lim” jumlasi chiqarib tashlanmaydi.
2️⃣ Nizom — bu o‘qiyotgan har bir talabaning haq-huquqini himoya qiluvchi asosiy hujjat. Agar sirtqi ta’lim shakli hujjatdan olib tashlansa, hozirda shu shaklda o‘qiyotganlarning huquqiy maqomi so‘roq ostida qoladi.
3️⃣ Sirtqi ta’limda o‘qish muddati kunduzgidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi — bu tizimning fundamental qoidasi. Bu qoidaning hujjatda aks etishi yangi qabuldan darak bermaydi.