❗️Oliy ta’lim va ilm-fanda yangi davr: “U10” dasturi va milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishga qaratilgan strategik takliflar bilan tanishdi.
Bildirilgan takliflarga ko‘ra:
🔹 “U10 – O‘zbekistonning ilg‘or universitetlari” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliygohga “milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi va ularda ilmiy klasterlar tashkil etiladi;
🔹 Mazkur universitetlarga ilmiy klasterlar tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi;
🔹 2027-yildan boshlab universitetlarni milliy reytingdagi natijalariga (ta’lim sifati, raqamlashtirish, bitiruvchilar bandligi) qarab moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi joriy etilib, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grantlar ajratiladi;
🔹 “Spin-off” korxonalari tashkil etilib, “tarmoq – korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” zanjiri asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 Davlat grantlari uchun mablag‘ ajratishda endilikda ta’lim yo‘nalishining murakkabligi va mehnat bozori ehtiyojlari kabi yangi mezonlar inobatga olinadi.
👉 @abrorhamza 👈

❗️Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Prezidentning tegishli qarori bilan sohaga oid ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar belgilandi.
2026-yil 1-maydan boshlab “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida o‘qish jarayoni 6 oy muddatga nazariy ta’limdan ajralgan holda bevosita ish joyida o‘taladigan dual ta’lim asosidagi malakaviy amaliyot hamda yil davomida nazariya bilan to‘liq uyg‘unlashgan “4+2” tizimidagi amaliyot shakllarida tashkil etiladi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra:
➖ Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi etib biriktiriladi;
➖ Talabalarning sayyor darslari soha tashkilotlari va hududlardagi “Suvchilar maktabi” bazasida o‘tkaziladi;
➖ Universitetda Istiqbolli loyihalar ofisi tashkil etiladi.

Abror Hamza
❗️Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi Prezidentning tegishli qarori bilan sohaga oid ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar belgilandi. 2026-yil 1-maydan boshlab “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida o‘qish jarayoni…
❗️Universitet tarkibida Umummuhandislik fakulteti va maxsus tayyorlov kurslari tashkil etiladi
Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida xalqaro standartlarga asoslangan bir qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra:
🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Universitet huzurida mahalliy va xorijiy talabalar uchun maxsus tayyorlov kursi (STEAM, akademik yozish va til bilimlari) tashkil etiladi. O‘qish bir yil davom etadi;
🔹 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab ushbu kursni “a’lo” va “yaxshi” baholar bilan tamomlagan bitiruvchilar Universitetga imtihon asosida to‘lov-kontrakt bilan qabul qilinadi;
🔹 “Texnikum–oliygoh” tamoyili asosida Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi bazasida Universitet tarkibiga kiruvchi Umummuhandislik fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 “Suv diplomatiyasi” magistratura yo‘nalishi nomi “Xalqaro suv diplomatiyasi”ga o‘zgartirilib, bitiruvchilarga xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis kvalifikatsiyasi beriladi.

Aytishlaricha, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha KATTA o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda, yaxshi yangiliklar kutib qolamiz. 👉 @abrorhamza 👈
Bugun davlatimiz rahbari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Sanoqli kunlardan so‘ng sohadagi katta o‘zgarishlarning huquqiy asosi e’lon qilinadi.
Barcha tafsilotlarni birinchilardan bo‘lib kanalimda yoritishga harakat qilaman.
👉 @abrorhamza 👈
Barcha tafsilotlarni birinchilardan bo‘lib kanalimda yoritishga harakat qilaman.
👉 @abrorhamza 👈
Ro‘yxat raqami-3807.pdf
788.9 KB
❗️Oliy ta’lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan butunlay yangicha yondashuv va xalqaro standartlarga moslashtirilgan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Mazkur hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni (3807-raqam bilan) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
❓Nizom nimalarni belgilaydi?
🔹 Oliy ta’lim jarayoni va tizimini tashkil etish tartibi;
🔹 Oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va mulkiy munosabatlari;
🔹 Xalqaro hamkorlik va yuqori malakali kadrlar tayyorlash mexanizmlari;
🔹 Talabalar va xodimlarning huquq hamda majburiyatlari.
Muhim jihatlar:
➖ Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi;
➖ O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi;
➖ Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun mazkur qoidalar tavsiyaviy xarakterga ega.

❗Talabalar uchun yangi imkoniyatlar va kafolatlangan huquqlar
Yangi Nizomda talabalarning haq-huquqlari aniq belgilab qo‘yildi. Endilikda har bir talaba quyidagilarga haqli:
🔹 Davlat standartlariga mos yuqori sifatli bilim olish;
🔹 O‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga o‘z takliflarini kiritish;
🔹 OTM kutubxonasi, axborot resurslari va tibbiy xizmatlaridan bepul foydalanish;
🔹 Xalqaro va ichki akademik mobillik hamda qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish;
🔹 Talabaga an’anaviy guvohnoma o‘rniga ID-karta berilishi mumkin.
‼️Muhim taqiq: Talabalarni o‘qishdan tashqari, ta’limga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.

❗Qo‘shma diplomlar va yangi imkoniyatlar: Oliy ta’limda xalqaro standartlar mustahkamlandi
Yangi tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tizimi Milliy malakalar ramkasiga to‘liq muvofiqlashtirildi:
🟢 6-daraja — bakalavriat;
🟢 7-daraja — magistratura;
🟢 8-daraja — oliy ta’limdan keyingi ta’lim (PhD/DSc).
OTMlar uchun yangi vakolatlar:
Hamkorlik va integratsiya:
➖ xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini (Double Degree — ikkita diplom beruvchi) amalga oshirish;
➖ mustaqil ravishda yangi qo‘shma oliy ta’lim tashkilotlarini yaratish;
➖ integratsiyalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash.
Xalqaro almashinuv va chet ellik talabalar:
🔹 chet el fuqarolarini O‘zbekistonda o‘qitish va malakasini oshirish;
🔹 talaba va professorlarning xorijda malaka oshirishi hamda ilmiy tadqiqotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tizimli yo‘lga qo‘yiladi.
Ilmiy-ishlab chiqarish integratsiyasi:
OTMlar nafaqat ta’lim berish, balki xorijiy korxonalar bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish va ishlanmalarni tijoratlashtirish vakolatiga ega bo‘ldi.

Oliy ta’lim vaziri Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hudud aholisi va tizim xodimlari bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida 9 nafar fuqaroning masalasi joyida hal etildi. Muloqotda kontrakt to‘lovi, o‘qishni ko‘chirish, diplom olish va o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish kabi masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

❗️Magistratura talabalari stajirovkasi: Baholash va apellatsiya tizimidagi yangiliklar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan magistratura talabalari stajirovka o‘tash tartibiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. (Ro‘yxat raqami: 2734-2, 03.04.2026-y.). Jumladan:
🔹 Endilikda stajirovka bilan bog‘liq hujjat almashinuvi va murojaatlar nafaqat yozma, balki elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin;
🔹 Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida 60 va undan kam ball to‘plagan talabalarning bilimi “qoniqarsiz” deb baholanadi;
🔹 Talaba o‘z natijasidan norozi bo‘lsa, adolatni tiklash uchun yangi mexanizm — Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya kamida 5 nafar mutaxassisdan iborat bo‘ladi.
📋 Apellatsiya berish tartibi:
1️⃣ Natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida ariza berish mumkin;
2️⃣ Komissiya arizani 5 kun ichida ko‘rib chiqadi;
3️⃣ Talaba shikoyat ko‘rib chiqilayotgan jarayonda shaxsan ishtirok etish huquqiga ega;
4️⃣ Apellatsiya jarayonida talabaga uni qayta baholashga qaratilgan qo‘shimcha savollar berish taqiqlanadi. Faqat mavjud natija qayta ko‘rib chiqiladi.
✅ Komissiya talabaning natijasini o‘zgarishsiz qoldirishi yoki unga o‘zgartirish kiritib, talabani stajirovkadan o‘tgan deb topishi mumkin.

Kasb-hunar sertifikati.pdf
1.6 MB
❗️Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar sertifikati berish tartibi o‘zgardi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish va ularga elektron sertifikat berish tizimida tahririy va tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
❓Asosiy o‘zgarishlar nimadan iborat?
🔹 Ilgari hujjatlarda qo‘llanilgan “kasbiy ko‘nikmalar markazi” tushunchasi endilikda “kasbiy ta’lim tashkiloti” deb yuritiladi.
🔹 Bitiruvchilarning amaliy imtihonlari hududlardagi tegishli kasbiy ta’lim tashkilotlarida (kollej yoki texnikumlar bazasida) o‘tkaziladi.
🔹 Imtihon o‘tkazish vaqti va tartibi haqidagi ma’lumotlar binolarning kirish qismiga emas, balki maxsus e’lonlar taxtasiga hamma ko‘rishi uchun qulay tarzda joylashtiriladi.
Maktab davridanoq ma’lum bir hunarni egallagan va amaliy imtihondan o‘tgan o‘quvchilarga elektron sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat yoshlarning kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishlari va rasmiy ish faoliyatini boshlashlari uchun asosiy hujjatlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
✅ Mazkur qaror Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan.

❗️6-aprel, dushanba kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalariga start berish marosimi bo‘lib o‘tadi.
👉 @abrorhamza 👈
👉 @abrorhamza 👈
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
👉 @abrorhamza 👈
“Yurtimizda umumiy bahosi taxminan 3 trillion dollarga teng 2 ming 500 dan ortiq konlar aniqlangani O‘zbekiston ulkan qazilma boyliklar bazasiga ega ekanidan dalolat beradi. Siz, jonkuyar va matonatli geologlarning katta bilim va tajribangiz, mustahkam irodangiz hisobidan ko‘zlangan yuksak marralarga albatta erishamiz, deb ishonaman.
Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli ishlaringizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman”, - deyiladi tabrikda.
👉 @abrorhamza 👈
👨🚒 Favqulodda vaziyatlar sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinadi
Prezidentning tegishli qarori bilan FVV Akademiyasi faoliyati kengaytirilib, uning tarkibida yangi muassasalar va ta’lim shakllari joriy etilmoqda.
Akademiya qoshida yagona ta’lim kampusi doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹 Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi;
🔹 Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti.
Akademiyada 2 bosqichli (bakalavriat va magistratura) professional kadrlar tayyorlash tizimi quyidagi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi:
➖ Bakalavriat: Harbiy yo‘nalishlarda — davlat granti (kunduzgi), umumfuqaro yo‘nalishlarida — to‘lov-kontrakt asosida (kunduzgi, kechki, masofaviy);
➖ Magistratura: FVV tizimidagi vazirlik va idoralar uchun harbiy va umumfuqaro mutaxassisliklar bo‘yicha (kunduzgi, kechki, masofaviy).
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida bakalavriatda kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi “2+2” ta’lim shakli joriy etiladi.
🏛 Shuningdek, FVVning Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Akademiya huzuriga o‘tkazilib, qayta tashkil etildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur siymosi milliy oʻzlik, gʻurur timsoli!
Yildan yilga Sohibqiron siymosi milliy o‘zlik, davlatchilik va g‘urur timsoli sifatida yanada yuksalib, davlat siyosatida muhim o‘rin egallab bormoqda.

❗️Qabul boshlanishiga 2 oy qoldi #abituriyent
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
Test savollari soni va baholash mezoni bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5731
Fanlar majmuasi esa bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5397
O‘tgan yilgi kirish ballarini bilish yo‘li bu yerda: https://t.me/abrorhamza/5506

❗️Qabul boshlanishiga 2 oy qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan…
❗️Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun alohida tartib #abituriyent
Ushbu toifaga kiruvchi abituriyentlarni ro‘yxatga olish bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi.
✅ Bunda ko‘zi ojiz abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish davomida quyidagilarni birdaniga tanlaydi:
🔹 oliy ta’lim muassasasi;
🔹 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
🔹 ta’lim shakli va ta’lim tili.
Ya’ni, ushbu toifa vakillari uchun tanlov jarayoni test natijalarini kutmasdan, aynan ro‘yxatdan o‘tish muddatida yakunlanadi.