Abror Hamza | Rasmiy
51 subscribers
5 photos
1 video
3 files
6 links
Iqtisodchi-bloger Abror Turdiqulovning kanaliga xush kelibsiz!

instagram.com/abrorhamza - hozircha nofaol.

youtube.com/@abrorhamza

x.com/abrorhamza

facebook.com/abroriy.uz

Murojaat uchun: @abroriychatbot
Download Telegram
Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

🔴 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔹
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
🔹 O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

🟢
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

🔹
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
🔹 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2026-2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.


👉 @abrorhamza 👈
mandat.uzbmb.uz orqali 2025-yil o‘tish ballarini qanday bilish mumkin? #abituriyent

JAVOB: 2025-yilgi o‘tish ballari hanuz e’lon qilinmagan.

Lekin siz 2025-yilgi o‘tish ballarini mandat.uzbmb.uz sayti orqali bilishingiz mumkin. Buning uchun saytga kirib, ID raqam orqali qidiruvdan foydalanasiz. Masalan, sizga iqtisodiyot yo‘nalishi kirish balli kerak bo‘lsa, o‘tgan yili shu yo‘nalishga hujjat topshirgan tanishingiz yoki yaqiningizning abituriyent ID raqamini so‘raysiz.

ID raqamni saytdagi tegishli maydonga kiritganingizda, o‘sha abituriyent tanlagan yo‘nalishlar va ular bo‘yicha kirish ballari ko‘rinadi. Shu orqali kerakli ma’lumotni aniqlashingiz mumkin.

Hozircha bundan boshqa osonroq yo‘l mavjud emas. Ushbu usul sizga foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.


👉 @abrorhamza 👈
Taqiqlangan manbalar.pdf
4.6 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.

(2026-yil 6-aprel holatiga).


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident vaqt topadi, hokimlar-chi?”

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bundan buyon kichik biznes orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalasi Markaziy bank raisi T. Ishmetov hamda tijorat banklari rahbarlaridan qatʼiy soʻralishi aytildi.

Shuningdek, davlat rahbari viloyat hokimlarini tanqid qilib, agar ular oʻz kelajagini oʻylasa, har haftada kamida bir marta tuman banklarini yigʻib, “Bu hafta nima qilding?”, “Loyihalar fabrikasi nima boʻldi?”, “Sunʼiy intellekt tuman haqida nima deyapti?” kabi savollarni berishi kerakligi taʼkidlandi.

“Nimaga Prezident tikka turib, 3 soatlab hammani eshitishga vaqt topadi, nimaga tuman va viloyat hokimlari eshitmaydi? Nimaga?” — dedi Prezident.



👉 @abrorhamza 👈
❗️Qabul boshlanishiga 41 kun qoldi #abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

Test savollari soni va baholash mezoni bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/11

Fanlar majmuasi esa bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/10

O‘tgan yilgi kirish ballarini bilish yo‘li bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/13


👉 @abrorhamza 👈
Ingliz tili imtihonidan ozod qilish uchun B1 sertifikati o‘tadimi (IELTS 4.0-4.5-5.0)? #abituriyent

JAVOB: Ha, endilikda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan barcha ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi (IELTS 4.0-5.0) milliy yoki xalqaro sertifikatlar ham imtiyoz beradi.

Yangi tartibga ko‘ra:

🔹 B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
🔹 B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball (100 foiz) beriladi.

Bunda fanlar majmuasida chet tili fani nechanchi o‘rinda bo‘lishidan qat’i nazar (birinchi yoki ikkinchi fan), B1 sertifikati uchun 75 foiz ball hisoblanadi. Ilgari faqat B2 va undan yuqori daraja uchun imtiyoz berilar edi.


👉 @abrorhamza 👈
Spetsifikatsiya.rar
391.7 MB
❗️Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga! #spetsifikatsiya

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar ushbu spetsifikatsiyalardan kelib chiqib, attestatsiyaning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Diqqat, firibgarlardan ogoh bo‘ling! #abituriyent

Ijtimoiy tarmoqlarda Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tgan yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Aslida, agentlik tomonidan o‘tgan yilgi o‘tish ballari rasman e’lon qilinmagan va mandat.uzbmb.uz saytida bunday funksiya hali qo‘shilmagan. Tarqalayotgan havolalar shubhali loyiha ekanligi botdagi imloviy xatolar va foydalanuvchidan shaxsiy telefon raqamini talab qilayotganidan ham ko‘rinib turibdi.

Bu usul orqali abituriyentlarning telefon raqamlari bazasini yig‘ib, keyinchalik turli xususiy universitetlarga pullash ko‘zda tutilgan. Natijada sizga o‘qishga kirdingiz yoki shunga o‘xshash mazmundagi turli reklama SMS-xabarlari kelaveradi.


👉 @abrorhamza 👈