Abror Hamza | Rasmiy
68 subscribers
1 photo
1 video
4 files
6 links
Iqtisodchi-bloger Abror Turdiqulovning kanaliga xush kelibsiz!

instagram.com/abrorhamza - hozircha nofaol.

youtube.com/@abrorhamza

x.com/abrorhamza

facebook.com/abroriy.uz

Murojaat uchun: @abroriychatbot
Download Telegram
Fanlar majmuasi.pdf
649.9 KB
‼️Yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati #abituriyent

2026-2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi ro‘yxati.

Fanlar majmuasida 227 ta yo‘nalish ro‘yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: Ta’lim yo‘nalishlari nomi o‘zgarganda, shuningdek, yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.


👉 @abrorhamza 👈
Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

🔴 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔹
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
🔹 O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

🟢
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

🔹
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
🔹 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2026-2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.


👉 @abrorhamza 👈
Taqiqlangan manbalar.pdf
4.6 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.

(2026-yil 6-aprel holatiga).


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident vaqt topadi, hokimlar-chi?”

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bundan buyon kichik biznes orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalasi Markaziy bank raisi T. Ishmetov hamda tijorat banklari rahbarlaridan qatʼiy soʻralishi aytildi.

Shuningdek, davlat rahbari viloyat hokimlarini tanqid qilib, agar ular oʻz kelajagini oʻylasa, har haftada kamida bir marta tuman banklarini yigʻib, “Bu hafta nima qilding?”, “Loyihalar fabrikasi nima boʻldi?”, “Sunʼiy intellekt tuman haqida nima deyapti?” kabi savollarni berishi kerakligi taʼkidlandi.

“Nimaga Prezident tikka turib, 3 soatlab hammani eshitishga vaqt topadi, nimaga tuman va viloyat hokimlari eshitmaydi? Nimaga?” — dedi Prezident.



👉 @abrorhamza 👈
❗️Qabul boshlanishiga 41 kun qoldi #abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

Test savollari soni va baholash mezoni bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/11

Fanlar majmuasi esa bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/10


👉 @abrorhamza 👈
Ingliz tili imtihonidan ozod qilish uchun B1 sertifikati o‘tadimi (IELTS 4.0-4.5-5.0)? #abituriyent

JAVOB: Ha, endilikda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan barcha ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi (IELTS 4.0-5.0) milliy yoki xalqaro sertifikatlar ham imtiyoz beradi.

Yangi tartibga ko‘ra:

🔹 B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
🔹 B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball (100 foiz) beriladi.

Bunda fanlar majmuasida chet tili fani nechanchi o‘rinda bo‘lishidan qat’i nazar (birinchi yoki ikkinchi fan), B1 sertifikati uchun 75 foiz ball hisoblanadi. Ilgari faqat B2 va undan yuqori daraja uchun imtiyoz berilar edi.


👉 @abrorhamza 👈
Spetsifikatsiya.rar
391.7 MB
❗️Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga! #spetsifikatsiya

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar ushbu spetsifikatsiyalardan kelib chiqib, attestatsiyaning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Loyiha.pdf
316.5 KB
❗️O‘zbekistonda “yashil” texnikumlar tarmog‘i tashkil etilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining texnikumlar tarmog‘ini qayta tashkil etishga oid yangi buyruq loyihasi e’lon qilindi. Mazkur hujjat bilan kasbiy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar kutilmoqda.

🔹 Respublikamizning deyarli barcha hududlarida maxsus “yashil” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 Nurafshon shahrida — Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Toshkent shahrida — Yuridik ta’lim va zamonaviy kasblar texnikumi va Toshkent shahrida — Media va texnologiyalar texnikumi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 Jizzax, Paxtakor, Kosonsoy, Urganch hamda Toshkent shahrining tumanlaridagi bir qator texnikumlar Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan yangi nomlar va tartib raqamlariga ega bo‘ladi.

📝 Ushbu buyruq loyihasi hozirda muhokama bosqichida. Siz 4-mayga qadar regulation.gov.uz portali orqali o‘z takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Toshkent shahrida “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” joriy etildi

Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilm-fan, kasb-hunar va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” joriy etildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarining (kollej va texnikumlar) kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Eslatma, tanlov tartibi va talablari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan maxsus tasdiqlangan Nizom orqali tanishishingiz mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Kelajak muhandislari xalqaro festivali boshlanishiga 2 kun qoldi

Toshkent shahrida ilm-fan va texnologiya ixlosmandlarini birlashtiruvchi yirik “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berilmoqda. Mazkur tadbirda siz nafaqat festival muhitini, balki haqiqiy muhandislik olamini hamda kelajak texnologiyalari qanday yaratilayotganini his qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

📅 Sana: 28-aprel kuni;
🕙 Vaqt: Soat 10:00 da;
📍 Manzil: “Alpomish” muz saroyi.

Dasturda sizni nimalar kutmoqda?

Innovatsion maydonda dronlar futbol o‘ynaydigan, robotlar o‘zaro bellashadigan va zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladigan shiddatli hamda hayajonli bahslar kutmoqda.


👉 @abrorhamza 👈