❓SAT sertifikatidan beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lganlar nima qilishlari kerak #abituriyent
✅ JAVOB: 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab SAT bo‘yicha yuqori natija (eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori) olgan abituriyentlar, agar SAT sertifikati berilgan fan bakalavriat yo‘nalishidagi kirish fanlari bilan mos bo‘lsa, qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar SAT sertifikatlarini albatta elektron tarzda, ya’ni 35787 DI kodi orqali Bilimni baholash agentligiga yuborishlari shart.
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori asosida belgilangan.
❗️Eslatma: faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.
👉 @abrorhamza 👈

❓Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun joriy yilda ham qo’shimcha kvota beriladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, beriladi.
2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonining 10-a-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta‘lim tashkilotlarini tamomlagan 6 ming 500 nafar yoshlarga viloyatlardagi davlat oliygohlari uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Mazkur qo‘shimcha kvota to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi va talabalarga ajratilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Mazkur kvota joriy yilda ham ajratiladi. Buni Oliy ta’lim vazirligi mas’ullari ham tasdiqlashdi.
Ma’lumot uchun, ushbu kvota mandat chiqib bo‘lgandan keyin e’lon qilinadi.

❗️O‘zbekistondagi 4 ta universitet “THE” Osiyo universitetlari reytingiga kiritildi #reyting
Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti o‘zining Asia University Rankings-2026 natijalarini e’lon qildi. Mazkur nufuzli reytingdan O‘zbekistondagi to‘rtta oliygoh o‘rin oldi.
Reytingdan o‘rin olgan OTMlar:
🔹 “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rin;
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti — 501–600-o‘rin;
🔹 O‘zbekiston milliy universiteti — 601–800-o‘rin;
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601–800-o‘rin.
Bundan tashqari, yana 58 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Fanlar majmuasi.pdf
649.9 KB
‼️Yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati #abituriyent
2026-2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi ro‘yxati.
Fanlar majmuasida 227 ta yo‘nalish ro‘yxati tasdiqlangan.
❗️Eslatma: Ta’lim yo‘nalishlari nomi o‘zgarganda, shuningdek, yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
🔴 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔹 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
🔹 O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
🟢 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
🔹 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
🔹 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2026-2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

❓mandat.uzbmb.uz orqali 2025-yil o‘tish ballarini qanday bilish mumkin? #abituriyent
✅ JAVOB: 2025-yilgi o‘tish ballari hanuz e’lon qilinmagan.
Lekin siz 2025-yilgi o‘tish ballarini mandat.uzbmb.uz sayti orqali bilishingiz mumkin. Buning uchun saytga kirib, ID raqam orqali qidiruvdan foydalanasiz. Masalan, sizga iqtisodiyot yo‘nalishi kirish balli kerak bo‘lsa, o‘tgan yili shu yo‘nalishga hujjat topshirgan tanishingiz yoki yaqiningizning abituriyent ID raqamini so‘raysiz.
ID raqamni saytdagi tegishli maydonga kiritganingizda, o‘sha abituriyent tanlagan yo‘nalishlar va ular bo‘yicha kirish ballari ko‘rinadi. Shu orqali kerakli ma’lumotni aniqlashingiz mumkin.
Hozircha bundan boshqa osonroq yo‘l mavjud emas. Ushbu usul sizga foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.

Taqiqlangan manbalar.pdf
4.6 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.
(2026-yil 6-aprel holatiga).
👉 @abrorhamza 👈
(2026-yil 6-aprel holatiga).
👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident vaqt topadi, hokimlar-chi?”
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bundan buyon kichik biznes orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalasi Markaziy bank raisi T. Ishmetov hamda tijorat banklari rahbarlaridan qatʼiy soʻralishi aytildi.
Shuningdek, davlat rahbari viloyat hokimlarini tanqid qilib, agar ular oʻz kelajagini oʻylasa, har haftada kamida bir marta tuman banklarini yigʻib, “Bu hafta nima qilding?”, “Loyihalar fabrikasi nima boʻldi?”, “Sunʼiy intellekt tuman haqida nima deyapti?” kabi savollarni berishi kerakligi taʼkidlandi.

“Nimaga Prezident tikka turib, 3 soatlab hammani eshitishga vaqt topadi, nimaga tuman va viloyat hokimlari eshitmaydi? Nimaga?” — dedi Prezident.
👉 @abrorhamza 👈
❗️Qabul boshlanishiga 41 kun qoldi #abituriyent
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
Test savollari soni va baholash mezoni bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/11
Fanlar majmuasi esa bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/10
O‘tgan yilgi kirish ballarini bilish yo‘li bu yerda:
https://t.me/abrorhamza/13