Abror Hamza
995 subscribers
1.14K photos
394 videos
91 files
1.24K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
Talabalar TTJ qarori VMQ-32 28.01.2026.pdf
903.6 KB
❗️Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. To‘lovlar talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.


👉 @abrorhamza 👈
🇺🇿🇹🇷Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo’nab ketdi

Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Hukumatning tegishli (28.01.2026-yildagi 31-sonli) qaroriga muvofiq, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash hamda malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra:

2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;

o‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi;

chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklida, statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Schienche & Analytichs) yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar:

🔹 bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;
🔹 magistratura bosqichi talabalari.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

1️⃣ Birinchi bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi);
2️⃣ Ikkinchi bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);
3️⃣ Uchinchi bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat.

1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:

📧 sto1@stat.uz

📋 Taqdim etiladigan hujjatlar:

maʼlumotnoma (CHV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan);
motivation letter;
akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma);
xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa).

Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998-71-203-80-00 (ichki raqam: 1531).

Eslatma: Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” nizomida batafsil keltirilgan.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul…
Tuzatish, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Bunda fanlar majmuasida chet tili fani birinchi bo’ladimi, ikkinchi bo’ladimi, farqi yo’q.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Vakant o‘rinlarga o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi

Hukumat qarori bilan amaldagi tartibga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ballni to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tiladi;
abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda, bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
agentlik tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.

Amaldagi tartibga muvofiq, 74-band quyidagicha o‘zgartirildi:

🔹 avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni, mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi;
🔹 74-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, ya’ni u endi amalda qo‘llanilmaydi;
🔹 oldingi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar endilikda mos ravishda — ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi”…
“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovida xususiy yoki xorijiy oliygoh filiallari talabalari ham ishtirok eta oladimi?

JAVOB: Ha, ishtirok eta oladi, tanlov talablariga to‘g‘ri kelgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari(davlat, nodavlat va xorijiy oliygoh filiallari) talabalari ishtirok etishlari mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️Prezident davlat stipendiyalari natijalari bir hafta ichida chiqar ekan.

Bakalavriat bosqichi talabgorlari o‘z natijalarini shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilar ekan. Magistratura bosqichi talabgorlari ayni damda vazirlik binosida suhbat bosqichida ishtirok etishyapti va natijalar joyida e’lon qilinadi ekan.

Bakalavriat bosqichi natijalari bo‘yicha buyruq hafta yakunida imzoga kiritilib, tasdiqlangandan so‘ng rasman e’lon qilinar ekan.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Tuzatish, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Bunda fanlar majmuasida chet tili fani birinchi…
Qo‘shimcha: B1 daraja ikkinchi fanga ham amal qiladi va u quyidagicha hisoblanadi — ikkinchi fandan maksimal 63 ball to‘plash mumkin, agar sizda B1 darajada chet tili sertifikati mavjud bo‘lsa, sizga 47,25 ball avtomatik qo‘shib beriladi.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇷Prezidentimiz Anqarada.

Turk harbiy orkestri delegatsiyamizni “To’ylar muborak” musiqasi bilan kutib oldi.


👉 @abrorhamza 👈
Anqarada yuksak hurmat ifodasi: Shavkat Mirziyoyevni shaxsan Rejep Tayyip Erdogʻanning oʻzi kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Anqaraga yetib bordi. “Esenbogʻa” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston yetakchisi va birinchi xonimni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va rafiqasi kutib oldi.

Diplomatik protokolga koʻra, rasmiy tashriflarda odatda mehmonni yuqori martabali amaldorlar kutib oladi. Davlat rahbarining aeroportga chiqishi esa majburiy emas. Biroq Prezident Shavkat Mirziyoyevni shaxsan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning oʻzi aeroportga chiqib kutib oldi.

Bu esa rasmiy tashrif doirasidan tashqari alohida eʼtibor va yuksak hurmat belgisi sifatida baholanadi. Bunday kutib olish, odatda, eng yaqin va strategik sherik davlatlar rahbarlariga nisbatan qoʻllanadi.


👉 @abrorhamza 👈
Forwarded from Edu.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida shu yil bahorda Buxoroda toʻrtinchi Rektorlar forumini oʻtkazishga kelishib olindi.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #kengash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston–Turkiya Strategik hamkorligi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida Strategik hamkorlik kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Ramazon oyi va Abadiy do‘stlik shartnomasining 30 yilligi arafasida o‘tgani ramziy ahamiyatga ega.

Siyosiy muloqot jadal, xalqaro masalalarda pozitsiyalar mushtarak. BMT, TDT, IHT va boshqa tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash davom etadi.

🔹 savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda, tovar ayirboshlash hajmi 5 mlrd dollarga yetkaziladi;
🔹 sanoat kooperatsiyasi, hududlararo hamkorlik va qo‘shma loyihalar rivojlantiriladi;
🔹 qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik kuchayadi;
🔹 ta’lim yo‘nalishida Buxoroda 4-Rektorlar forumi o‘tkaziladi;
🔹 qarorlar ijrosi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi;
🔹 Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonga tashrif bilan taklif etildi.


👉 @abrorhamza 👈
Uzliksiz ta’lim tizimi.pdf
1.4 MB
Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori chiqarildi.

Unga koʻra, barcha taʼlim tashkilotlarida har dushanba “Kelajak soati” darsi oʻtiladi.


👉 @abrorhamza 👈